I adabiyot p65



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/20
Sana14.07.2022
Hajmi2,03 Mb.
#797757
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
I Adabiyot

ilmli bo‘lsa, uni siz maqtang, deb aytdi.
Ilm o‘rganish haqida
Biliklik bilikni adragan bo‘lur,
Bilik tatg‘in, ey do‘st, biliklik bilur.
Bilik bildrur erga bilik qadrini,
Bilikni biliksiz udun ne qilur.
Bilimli kishi ilmni farqlaydi, ey do‘st, bilim qadrini bilimli 
odam biladi. Bilimning qadrini kishiga ilm bildiradi, bilimni nodon, 
tuban kishi nima qiladi.
Biliksizga haq so‘z tatiqsiz erur,
Anga pand-nasihat osig‘siz erur.
Ne turluk ariqsiz arir, yuv desa,
Johil yub arimas arig‘siz erur.
Ilmsizga to‘g‘ri so‘z ma’nosizdir, unga o‘git-nasihat foydasizdir. 
Bir qancha yuviqsizlarga yuvinish uchun buyurilsa toza bo‘lur, 
ammo johil qancha yuvinmasin, pok bo‘lmaydi.
90


Bilikli kishi ko‘r bilur ish o‘zin,
Bilib etar ishni o‘kunmas kendin.
Ne turluk ish ersa biliksiz o‘ngi,
O ‘kunch ul anga yo‘q unga anda o‘din.
Bilim li kishi o‘z ishini bilib qiladi, bilib qilgan ishiga keyin 
o‘kinmaydi. Qanday ish bo‘lmasin, bilimsiz nazdida o‘ng ko‘rinadi, 
unga tashvish, qayg‘udan boshqa chora yo‘q.
Biliklik keraklik so‘zin so‘zlayur,
Keraksiz so‘zini ko‘mub kezlayur.
Biliksiz ne aysa ayur uqmayin,
Aning o‘z tili o‘z bashini yeyur.
Bilim li kishi kerakli so‘zni so‘zlaydi, keraksiz so‘zni ko‘mib 
yashiradi. Bilimsiz kishi nima gapirsa, nodonligi sababli so‘zlaydi, 
shuning uchun uning tili o‘z boshini yeydi.
Bilik birla bil(a)nur to‘ratkan idi,
Biliksizlik ichra xayr yo‘q tedi.
Bilik bilmagandin bir ancha budun,
O ‘z elgin but etib idim bu tedi.
Yaratgan tangri ilm bilan taniladi, ilmsizlik yaxshilik keltirmaydi, 
degan. Ilmsizlikdan ko‘p kishilar o‘z qo‘lini but qilib, tangrim bu 
dedi.
Biliklik so‘zi pand-nasihat, adab,
Biliklikni o‘gdi Ajam ham Arab.
Tavorsizg‘a bilgi tuganmas tavor,
Hisobsizg‘a bilgi yorilmas hisob.
Bilim li kishining so‘zi o‘git-nasihat, adabdir, shuning uchun 
ilmlilarni Arab, A jam olqishladi. Molsiz faqir kishiga uning ilmi
91


tuganmas boylikdir, hisobsizga uning bilimi yechilmas (ochilmas) 
hisobdir.
Ikkinchi bo‘lim: tilni tiyish va 
adab-axloq haqida
Eshitgil biliklik negu deb ayur,
Adablar boshi til kudazmak turur.
Tiling bekta tutg‘il tishing sinmasun,
Qali chiqsa bekta tishingni siyur.
Bilimli kishi nimalarni so‘zlaydi, sen unga quloq sol, adablar 
boshi tildir, uni tiymoq zarur. Tilingni tiy, tishing sinmasin, agar 
(so‘zlab yuborsang) (tiling ) chiqib qolsa, tishingni sindiradi.
Sonip so‘zlagan er so‘zi so‘z sog‘i,
O ‘kush yangshag‘on til ay olmas yog‘i 
So‘zung bushlug‘ esma yig‘a tut tiling,
Yetar boshqa bir kun bu til bo‘shlug‘i.
O ‘ylab so‘zlagan kishining so‘zi to‘g‘ridir, o‘rinsiz ko‘p vaysagan 
til shafqatsiz yovdir.
So‘zingni bo‘sh qo‘yma, tilingni tiyib tut, erk berilgan til bir 
kun boshingga yetadi.
Xiradliqmu(v) bo‘lur tili bo‘sh kishi,
Telim boshni yedi bu til so‘z bushi.
O ‘chukturma erni tilin bil bu til,
Boshoq tursa butmas butar o‘q boshi.
Tili bo‘sh, zahar kishi yetuk bo‘ladimi? Til va so‘z bo‘shi 
ko‘p kishilarning boshini yedi.
Kishini o‘chakishtirma ( o ‘chashtirma), (u n in g ) tilini bil, bu 
til yaralansa (buzilsa) tuzalmaydi, yarasi esa bitib ketadi.
92


O ‘q yarasi, aqldan ozish, til jarohati va 
uni tiyish haqida
Safih er tili o‘z boshi dushmani,
Tilindin to‘kuldi telim er qani.
O ‘kush so‘zlaganda o‘kungan telim,
Tilin beklaganda o‘kungan qani.

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish