Yo‘l-yo‘riq bilmas kishiga bilim o‘rgatadi, yo‘l ko‘rsatadi,
uning vujudi ehsonga to‘la, himmati balanddir. U aql, hush,
yaxshi xislat makonidir, bilim manbai ham fazilat konidir.
Bu kitobning yozilish sababi va
zarurati haqida
Dod Sipohsolorbek uchun bu kitob,
Chiqartim ochunda1 oti qolsu(n) tep.
1 ochun — olam, dunyo
87
Kitobimni ko‘rgan, eshitgan kishi,
Shohimg‘a duo birla yod qilsu(n) tep.
Kedingi keligli kishilar aro,
Aning, zikri tongsuq ediz qolsu tep.
Aning, vuddi birla ko‘ngullar to‘lub,
Aning yodi birla ochun to‘lsu tep.
Bezadim kitobi mavoiz1 masal,
Boqig‘li, o‘qug‘li osig‘2 olsu(n) tep.
Belak ettim ani shohimga men-o‘k,
Havodorlig‘imni tugal bilsu tep.
Dunyoda nomi qolsin deb, Sipohsolorbek uchun bu kitobni
yozdim. Kitobimni o‘qigan, ko‘rgan, eshitgan kishi shohimni duo
bilan yod qilsin deb (yozdim ). Kelgusi avlodlar uchun uning
nomi mangu esdalik bo‘lsin deb (yozdim ). Uning muhabbati
bilan ko‘ngillar to‘lib, yodi bilan dunyo to‘lsin deb (yozdim ).
O ‘qimishli, savodli (kishilar) undan foydalansin, deb qo‘llanma
uchun kitob bezadim (yozdim) . Men buni muhabbatimni yaxshi
(tu gal) bilsin deb shohimga tortiq qildim.
Birinchi bo‘lim: ilm manfaati, jaholatning
zarari haqida
Biliktin ayurmon so‘zumga ula,
Biliklikka, yo do‘st o‘zungni ula.
Bilik birla bil(i)nur saodat yo‘li,
Bilik bil saodat yo‘lini bula.
1 mavoiz — o‘git, nasihat
2 osig‘ — naf, foyda
88
Baholik dinar ul biliklik kishi,
Bu johil biliksiz bahosiz bishi.
Biliklik biliksiz qachon teng bo‘lur,
Biliklik tishi er johil er tishi.
So‘ngakka tek eranga bilik,
Eran ko‘rki aql o‘l, so‘ng‘akning yilik.
Biliksiz yiliksiz so‘ngak tek xoli,
Yiliksiz so‘ngakka sunulmas elik.
Bilik bilti bo‘lti eran belguluk,
Biliksiz tirik-la yituk ko‘rguluk.
Biliklik er o‘lti oti o‘lmatu,
Biliksiz eson erkan oti o‘luk.
Biliklik biringa biliksiz mingin,
Tengakli tengadi bilikning tengin.
Boqa ko‘rgil emti uqa sinayu,
Ne neng bor biliktin osig‘liq o‘ngin.
Bilik birla olim yuqor yo‘qladi,
Biliksizlik erni cho‘kardi qo‘di.
Bilik bil o‘sanma bil ul haq rasul,
Bilik kimda ersa siz arqang tedi.
Bilim haqida so‘zlayman, so‘zimga quloq sol, ilmli kishiga
o‘zingni yaqin tut. Bilim bilan saodat yoli ochiladi, shunga ko‘ra,
ilmli bo‘l, baxt yo‘lini izla. Bilimli kishi (qimmat) baholik dinordir,
ilmsiz, johil kishi qimmatsiz yemishdir (mevadir). Bilimlik kishi
89
bilan bilimsiz odam qachon teng bo‘ladi, bilimlik xotin kishi —
er kishidir, bilimsiz erkak — xotin kishidir. So‘ngakda ilik bo‘lishi
lozim ekanligi kabi er kishiga bilim kerakdir, er kishining ko‘rki
aqldir, so‘ngakning ko‘rki esa ilikdir. Ilmsiz iliksiz so‘ngak kabi
bo‘shdir, iliksiz so‘ngakka esa qo‘l urilmaydi. Ilm li kishilarning
(n o m i) mashhur bo‘ldi, bilimsiz (kishilar) esa tiriklayin o‘ldi
hisob va bu unga ko‘rgulikdir.
Bilimli kishi o‘lsa ham, uning nomi o‘chmaydi, ilmsiz kishining
o‘zi hayot bo‘lsa ham, oti o‘likdir. Bilimlining biri bilimsizning
mingiga teng, ilmli kishilar ilmning qadriga yetadi. Endi o‘zing
sinab, o‘qib, boqib ko‘r, bilimdan foydaliroq qanday narsa bor.
Bilim bilan olim ko‘tarildi, ilmsizlik esa kishini tubanlashtirdi.
Bilim li bo‘l, hesh qachon erinma, haq rasuli (payg‘ambar) kim
Do'stlaringiz bilan baham: |