221
tomonidan sotib olinadi.
Qorongʻu auksion –
barcha xaridorlar bir paytda qimmatli qogʻozlarni sotib
olish uchun oʻzlarining narxlarini taklif qilishadi va eng yuqori narx taklif qilgan
shaxs qimmatli qogʻozlarni sotib oladi. Ayrim rivojlangan mamlakatlar qisqa
muddatli davlat obligatsiyalarini
–
uch oyli, olti oyli, bir yillik
–
“qorongʻi” auksion
orqali joylashtiradi.
Murakkab auksion
(uzluksiz, “chaqiriqli” yoki “olomonli”). Auksionning
bunday turi sotuvchilar va xaridorlar raqobatining yuqori boʻlishini taqozo etadi.
Birja savdosini tashkil etish shakli sifatida murakkab auksionlar fond bozori
xususiyatiga boshqa auksionlarga nisabatan mos ravishligi bilan ajralib turadi.
Murakkab auksionlar quyidagicha farqlanadi.
Chaqiriqli bozor
(on call market). Fond bozorida
bitimlar kamdan kam
tuzilsa, sotuvchi va xaridor narxlari oʻrtasida katta farq yuzaga keladi va u birja
kotirovkasida spred, deb nomlanadi. Buning natijasida, bitimlardagi narxlar
tebranishi yuqori va muntazam xarakterga boʻladi, bunday bozor likvid emas, birja
savdolari uzluksiz auksion shaklida tashkil etilishi umuman, murakkab hisoblanadi.
Chaqiriqli bozorda birja savdosini tashkil etilishi kam kuzatiladi,
bozor likvidligi
past boʻlganligi sababli, qimmatli qogʻozlar savdosida qatnashish uchun arizalar
tushish muddati uzaytiriladi va tashkil etilgan birja savdosida deyarli barcha
qimmatli qogʻozlar savdosi boʻlib oʻtadi.
Uzluksiz auksion.
Broker muqaddam bergan arizasini oʻzgartirishi mumkin
emas, shuning uchun vaqt mezoni yozma auksionda muhim element hisoblanadi.
Natijada, qimmatli qogʻozning kliring narxi aniqlanadi va shu narxda sotuvchi va
xaridorlar bitim tuzadilar. Shunday holat bozorni katta hajmda yigʻilib qolgan
moliyaviy aktivlarga boʻlgan buyurtmalarni barobariga sotib turadi. Likvid bozorda
bunday “barobariga sotishlar” bir birja kunida bir necha marotaba sodir boʻlib turadi.
Jahonda barobariga sotish amaliyotidan keng foydalanadigan yirik bozorlar
–
Avstriya, Belgiya, Germaniya va Isroil davlati birjalaridir. Bunday barobariga sotish
savdolari
–
qimmatli qogʻozlarga doimiy talab va taklif, bozor likvidligi, uzluksiz
auksionga oʻtish imkoniyati mavjudligini bildiradi. Oʻz navbatida, uzluksiz auksion
222
uch turga ega.
Birinchi turi
– buyurtmalar kitobidan foydalanish,
unga brokerlardan kelib
tushgan ogʻzaki arizalar kiritiladi, keyin klerk (birja vakili) arizalarni kelib tushish
muddati va qimmatli qogʻozlarni sotib olish hajmi boʻyicha ajratadi.
Ikkinchi turi
– tablo,
unda qimmatli qogʻozlarga nisbatan tanlangan eng
yaxshi ikkita narx (eng yuqori
–
sotib olish uchun va eng past
–
sotish uchun narxlar)
koʻrsatiladi. Makler kelib tushgan arizalarni narxlar boʻyicha guruhlaydi va har bir
qimmatli qogʻozga kurs taklifini belgilaydi. Ushbu narxlar broker ish joyi ekraniga
yoki tabloga chiqariladi. Misol uchun, Nyu York fond birjasida biror bir
korporatsiya aksiyalari boʻyicha quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi “17 va 3/8 17 va
3/4 nisbatan” yoki “3/8, 3/4”. Bu 17 va 3/8
–
talabning eng yaxshi narxi, 17 va 3/4
–
taklifning eng yaxshi narxini bildiradi. Bunday narxlar birja savdosi jarayonida
savdo oʻyinlari strategiyasini belgilash va arizalar korrektirovkasini
qilish uchun
asos boʻlib xizmat qiladi. Vaziyatni tahlil qilib, savdo zalidagi treyderlar koʻrishi
uchun brokerlar oʻzlari tabloga aktivlar narxini chiqaradi. Buyurtmalar tabloga
xronologik tarzda joylashtiriladi shuning uchun vaqt omili hal qiluvchi rolni
oʻynaydi. Agar oʻxshash buyurtmalar xuddi shunday narxlarda avvalroq kelib tushsa
va bozorning qarshi tomonidagi buyurtmalar bajarilishiga yoʻl qoʻymasa,
buyurtmalar bajarilmaydi. Ushbu buyurtmaning bajarilmaslik sababi aksiyaga
“avvalroq” ariza kelib tushgani boʻlishi mumkin. Agar “avvalroq” arizalarning
narxlari diapazoni bozor taklif qilinayotgan narxlar bilan keskin farq qilsa,
savdo
jarayonida makler “avvalroq” kelib tushgan arizalarni chiqarib tashlab, birja
savdosiga korrektirovkalar kiritishi mumkin. Birja savdosi tashkil etilishining oʻzi
chegaraviy spred oʻrnatish yoʻli orqali bozor likvidligini oshirishga imkon beradi.
Uzluksiz auksionning uchinchi turi
– olomon.
Treyderlar faqat savdoga kelib
tushayotgan aksiyalarni eʼlon qiluvchi klerk (birja vakili) atrofida toʻplanishadi va
kontragentga oʻzlari taklif qilayotgan narxlarni ovoza qilishadi. “Olomon”dagi
savdolar turli narxlarda amalga oshadi va koʻp hollarda bitta xaridor aniq narxni
belgilamagan holda bir nechta sotuvchilar bilan turli narxlarda aksiyalarni xarid
qiladi. Zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlangan yirik birjalarda “olomon”
223
shaklida birja savdosi tashkil qilinishini tasavvur qilish qiyin, ayniqsa, jahon yirik
kompaniyalar tomonidan aktiv emissiyalar oshirilganda. Lekin, bunday uzluksiz
birja savdosining
yarim ijobiy jihatlari mavjud, qarz bozoridagi buyurtmalarni
birlashtiradi va shu orqali ushbu bozorni qimmatli qogʻozlardan “tozalab”
bajarilayotgan buyurtmalar sonini maksimal darajaga koʻtaradi.
Birjada savdolarni tashkil qilish uchun operatsion zalga alohida talablar
belgilanadi:
-
har bir savdo ishtirokchisi uchun zarur sharoitlar yaratib berish;
-
har bir savdo tovari uchun alohida zal, unda xona tagi amfiteatr shaklida
boʻlishi kerak. Shuning uchun, bitimlar amalga oshadigan joyni “pol”, “chuqurlik”
yoki “birja xalqasi” deyiladi;
-
zal
markazida, balandlikda joylashgan maxsus joyda savdoni olib
boruvchilar, operatsiya va narxlarni roʻyxatga oluvchilar boʻlishi darkor;
-
zal atrofida (400 gacha ... 500) birja savdolarida qatnashish huquqi mavjud
boʻlgan, maxsus jihozlangan kabinalarda brokerlar joyi boʻladi;
-
axborot tablo mavjudligi;
-
axborot agentliklar vakillari uchun maxsus ish joylari tashkil etish;
-
birja zali yonida axborotlari roʻyxatga olish va ombor xodimlari uchun
boʻlimlar boʻlishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: