215
juda qimmatligiga qaramasdan, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar keng jamoatchilik
mulki bo‘lib qoladi,
Shu bilan birga, reytinglarning ahamiyatini o‘ta yuqori baholab yubormaslik
kerak. Reytinglar qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari
xayotiga singib kirib
borgan bo‘lishiga qaramasdan, ular sub’ektiv baholarga asoslanadi va ularning
ahamiyati mutlaq emas, balki extimoliy, taxminiy kattaliklar sifatida qaralishi
mumkin. Ularni u yoki bu qimmatli qog‘ozlarni sotib
olish yilida berilayotgan
tavsiyalar sifatida baholamaslik kerak. Odatda, ularni aniqlashda kurslar hisobga
olinmaydi. Reyting kompaniyalari qimmatli qog‘ozlar emitentlarining katta soniga
reyting berishi tufayli, ushbu kattalikdagi massiv sifatli ishlab chiqilgan bo‘lishi
mumkin emas, degan fikrlar ham bor. Masalan, "Moody’s" kompaniyasi qimmatli
qog‘ozlarning 5000 dan ortiq,, " Standard & Roor's " – 2000 dan ortiq, " Duff &
Phelps " – 1287 nomiga reyting beradi.Yana shuni ham qayd etish kerakki, reytinglar
ko‘proq emitentning o‘tgan davrdagi ahvolini baholaydigan statistik ma’lumotlarga
asoslanadi.
Masalan, ma’lumki, o‘tgan davrda anchayin salmoqli va ko‘p foyda ko‘rgan
bir qancha kompaniyalar bugungi kunda unchalik barqaror bo‘lmagan ahvolga
tushib qolgan. Va aksincha, hozirgi yilda eng istiqbolli bo‘lgan tarmoqlarning kelib
chiqishi aniq emas.
Qimmatli qog‘ozlar reytingini belgilash yuzasidan ish olib borish jarayonida
reyting kompaniyalari an’anaviy materiallar: emitentlarning yillik va choraklik
hisobotlari, qimmatli qog‘ozlarni boshqarish organlaridagi mavjud ma’lumotlar,
shuningdek, qonfidentsial (yashirin, maxfiy) yo‘llar bilan olinib,
faqat ularning
o‘zigagina ma’lum bo‘lgan ayrim manbaalardan foydalanadi. Ko‘pgina reyting
firmalarining, standart (andoza) formulalar bo‘yicha hisoblangan reytinglar – to‘g‘ri
bo‘lmasligi mumkin, degan fikrlari reytinglar – sof mexaniq usul bilan olinadigan
baho emas, deb hisoblash uchun asos bo‘la oladi. Ularni aniqlash yilida uzoq
muddatli tarmoq yo‘nalishlari e’tiborga olinadi, emitentning mo/shyaviy amaliyoti
va siyosati, tarmoq davriy o‘zgarishlari oraliridagi tebranishlarda o‘rganiladi,
216
litsenziyalar va patentlar mavjudligi, emitentlar bilan sarmoyadorlar o‘rtasida
tuzilgan shartnomalar mazmuni ham hisobga olinadi.
Qimmatli qog‘ozlar reytingini aniqlash yilida kompaniyaning joriy yilgi
daromadi va o‘tgan
yillardagi daromadlari, turli moliyaviy koeffitsientlar,
kompaniya rentabelligi istiqbollari, kompaniya va u ishlab chiqarayotgan
mahsulotning mashhurligi, tarmoq xususiyatlari,
uning daromadlari statistikasi,
maxsulot sotilishi sohasidagi yo‘nalishlar kabi ko‘rsatkichlardan ko‘proq
foydalaniladi.
Qimmatli qog‘ozlar reytinglari ahamiyati yana shundan iboratki, ular
tajribasiz sarmoyadorga dastlabki bosqichda pullarni qimmatli qog‘ozlarga
qo‘yilma qilishni mo‘ljallab olish uchun imkoy beradi, Reytinglar sarmoyadorlarga
emitentning moliyaviy xisoq botini jiddiy tahliliy tadqiqotlar o‘tkazmay turib,
tanlovny amalga oshirishiga yordam beradi. Agar kompaniya reytingi yomoy
bo‘lmasa, sarmoyador, odatda, o‘z qo‘yilmalarini etarlicha ishonchly deb
hisoblaydi, chunki u mazkur reytingni belgilagan taniqli kompaniyalarga ishonadi.
Reyting – nafaqat emitentning qarzni to‘lash qobiliyati belgisi (indikatori)dir.
To‘lovga qobillik reytingi obligatsiyalarning yangi kursiga kirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Obligatsiya reytingy qanchalik yuqori bo‘lsa, dividend shunchalik past bo‘ladi.
Yuqori reytingli obligatsiyalar emitentlariga o‘ta yuqori foizlar taklif etish talab
qilinmaydi, chunki ularning to‘lovga qobilligi o‘z–o‘zidan
sarmoyadorlarni jalb
etadi. Past reytingli obligatsiyalar emitentlariga esa, o‘rtacha darajadan yuqoriroq
foizlar to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Dunyodagi kompaniyalarning aksariyat qismi o‘z qimmatli qog‘ozlarining
reytingini nihoyatda katta e’tibor bilan kuzatib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: