217
Eng yirik reyting agentliklarini kredit reyting koʻrsatkichlari
64
Qarz
majburiyati
emitentini ishon-
chlilik darajasi
Moody's
S&P
Fitch IBC
Reyting
darajasining
raqamdagi
ifodasi
Eng yuqori
ishonchlilik
daraja
Aaa
AAA
AAA
100
Yuqori daraja
Aa1
AA+
AA+
95
Aa2
AA
AA
90
Aa3
AA-
AA-
85
Yuqori oʻrta
daraja
A1
A+
A+
80
A2
A
A
75
A3
A-
A-
70
Past oʻrta daraja
Baa1
BBB+
BBB+
65
Baa2
BBB
BBB
60
Baa3
BBB-
BBB-
55
Spekulyativli
daraja
Ba1
BB+
BB+
50
Ba2
BB
BB
45
Ba3
BB-
BB-
40
Yuqori
spekulyativli
daraja
B1
B+
B+
35
B2
B
B
30
B3
B-
B-
25
Katta riskka ega
Caa1
CCC+
CCC
20
Juda yuqori
spekulyativli
daraja
Caa2
CCC
15
Defolt holat:
biroz
sogʻlomlashtirish
umidi mavjud
Caa3
CCC-
10
Ca
CC
C
C
5
Defolt holat
/
D
DDD
0
7.5
Fond birja savdolari mexanizmi. Birja auksioni turlari
64
Mamadiyarov Z.
T.
Xalqaro reyting agentliklari va ularning tijorat banklari
faoliyatini baholash
koʻrsatkichlari. // Iqtisodiyot va ta’lim. – Toshkent, 2017. - №1. - B. 21.
218
Fond birja savdosi mexanizmi birja ustavida alohida belgilanadi. Fond birja
ustavida savdo qoidalari keng yoritiladi va savdoni amalga oshirish tartib qoidalari
koʻrsatiladi. Odatda, savdo mexanizmi qoidalari birja tomonidan mustaqil yoki
chetdan mutaxassislar yoki ixtisoslashgan tashkilotlarni jalb qilgan holda ishlab
chiqilishi mumkin.
Fond birja savdo qoidalarini ishlab chiqishda birja xodimlaridan ishchi guruhi
tuziladi hamda boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar
mutaxassislarini shartnoma
asosida jalb qiladi. Savdo mexanizmi qoidalarini ishlab chiqish jarayonida qimmatli
qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi vakillari ishtirok
etishi talab qilinadi. Savdo mexanizmi qoidalarini ishlab chiqishda birjaning yuridik
xizmati, birja savdolarini oʻtkazishga hamda birja savdo tizimi dasturiy-texnik
majmuasi qatnashadi.
Fond birjasi savdo mexanizmini ishlab chiqish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
-
savdo mexanizmi qoidalari matnini ishlab chiqish;
-
savdo mexanizmi qoidalarini birja aʼzolari yigʻilishida kelishishi;
-
savdo mexanizmi qoidalarining birja
Kuzatuv kengashi tomonidan
tasdiqlanishi;
-
birja savdolari elektron tizimining dasturiy taʼminotini ishlab chiqish;
-
birjaning ichki meʼyoriy hujjatlariga tegishli oʻzgartishlar kiritish.
Birja savdosi mexanizmi qoidalarida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
-
birjada amalga oshiriladigan birja bitimlarining turlari;
-
birja bitimlari qatnashchilarining tarkibi va ularga nisbatan qoʻyiladigan
talablar yigʻindisi;
-
birja savdolarini amalga oshirish va ularning natijalarini roʻyxatga olish
tartibi;
-
birja bitimlari va ularning rasmiylashtirish tartibi;
-
qimmatli qogʻozlarni kotirovka qilish tartibi;
-
qimmatli qogʻozlarni birja savdolariga qoʻyishni
amalga oshirish tartibi
(listing);
219
-
birja bitimlari ishtirokchilari oʻrtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish
tartibi;
-
birja savdosida muomalada boʻlgan standart kontraktlarning taʼrifi;
-
savdo maydonchalari va seksiyalarining roʻyxati va nomlari, agar ular birja
tomonidan tashkil etilgan boʻlsa;
-
birja savdolarini oʻtkazish tartibi;
-
birja aʼzolariga axborot xizmati koʻrsatish tartibi;
-
birjada narx-navoning yuzaga kelish jarayoni ustidan nazorat qilish tartibi;
-
birjadagi nizolarni hal etish tartibi;
-
birja savdolari qoidalarini buzganligi uchun birja aʼzolari va xodimlarining
javobgarligi toʻgʻrisidagi qoidalar.
Ishlab chiqilgan fond birjasi savdo mexanizmi qoidalari birja aʼzolarining
umumiy yigʻilishida kelishilib, birjaning
Kuzatuv Kengashi tomonidan
tasdiqlangandan soʻng qabul qilinishi lozim. Birja aʼzolarining umumiy yigʻilishida
qoidalar kelishiladi va fond birja kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Agar fond birja savdo mexanizmi qoidalarining matni birja aʼzolari bilan keliishish
yoki Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanish jarayonida qabul qilinmasa,
qoidalarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganidan soʻng kelishish va
tasdiqlash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fond birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat quyidagi talablar bajarilganda
beriladi:
-
qimmatli qogʻozlar prospekti roʻyxatga olinishi;
-
emissiya natijalari hisobotini davlat roʻyxatidan oʻtish;
-
qimmatli qogʻozlar emitenti tomonidan Oʻzbekiston
Respublikasi
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” qonunining toʻliq bajarilishi.
Savdoni tashkillashtiruvchi savdoni birja nizomi talabi va hujjatlariga binoan
tashkil etishi lozim. Savdoni oʻtkazish vaqti savdo tashkilotchisi tomonidan erkin
belgilanishi mumkin, lekin savdoni oʻtkazish qoidalari boʻyicha savdoni oʻtkazish
vaqti asosiy savdo sessiyasi mobaynida belgilanishi kerak. Savdolar qoʻshimcha
savdo sessiyalarda ham oʻtkazilishi mumkin, kun tartibidagi savdolarga kiritilgan
220
qimmatli qogʻozlar savdosi asosiy savdo sessiyasiga kiritilishi talab etiladi.
Savdolar amalga oshishi va bajarilishi tartibi tegishli talablar bajarilganidan
keyin savdoni tashkil etuvchi tomonidan belgilanadi. Savdolarda bitimlar kelib
tushgan arizalar asosida kelishiladi. Kliring tashkiloti
tomonidan amalga oshgan
bitimlar natijalarini aniqlashtirish savdoni tashkil etuvchi majburiyatlari boʻyicha
amalga oshadi.
Savdoda qatnashuvchi nomi yozilmagan arizalar boʻyicha bitimlar tuzish
market meyker tomonidan qilinadi.
Fond birja savdolari turli shakllarda tashkil etilishi mumkin.
Oʻtkazish shakli boʻyicha savdolar:
a) doimiy va sessiya shaklida;
b) kontakt (anʼanaviy) va kontaksiz (elektron).
Amalga oshish shakli boʻyicha:
a) ishonchnoma asosida birja savdosi (brokerlar);
b) mustaqil birja savdolari (dilerlar).
Tashkil etish shakli boʻyicha savdo auksionlari
oddiy va murakkab
auksionlarga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: