119
2.
Tabiat va insonning bog`liqligi.
3.
Tabiatni asraylik, do`stlar!
Tayanch tushunchalar
: Tabiat, inson, ekologiya, jonli borliq, jonsiz borliq,
“ikkinchi tabiat”, madaniyat.
Tabiat keng ma'noda
bu dunyo, olam, koinot, jonli va jonsiz borliqdir. Tor
ma'noda tabiat fanlari o`rganadigan obyekt. Tabiat odamga, jamiyatga bog`liq
bo`lmagan qonuniyatga bo`ysunadi. Odam tabiatning bir qismi.
Odam tabiat
qonunlarini o`zgartira olmaydi, faqat qonunlardan foydalanadi. Ana shu qonunlarga
asoslanib tabiat qismlarini o`zlashtirishi mumkin. Tabiat tushunchasi insoniyat jamiyati
yashashi tabiiy sharoitlarining majmui sifatida ham qaraladi. Inson yashashi uchun
mehnat qiladi. Mehnat tabiatning bazi jihatlarini o`zgartiradi. Odam tomonidan, yani
ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklar shartli ravishda “ikkinchi
tabiat” deyiladi. Odamning tabiatga munosabati tarixda o`zgarib va rivojlanib bordi.
Antik falsafada tabiatga stixiyali kuchlar (Demokrat), ideal dunyoning inikosi (Platon),
uyg`un jarayon (Pifagor), mukammallik (Aristotel) deb qaraganlar. Diniy ta'limotlarga
ko`ra tabiat ruhiy ibtidoning moddiy gavdalanishi deb hisoblangan.
Yaratgan esa
tabiatdan yuqori deb baholangan. Uyg`onish davrida tabiatga hamma tabiiy uyg`unlik
va mukammallikning yuzaga chiqishi deb qaralgan. Yangi davrda tabiatga bo`lgan
munosabat tabiatning ilmiy o`rganish obyektiga aylanishida katta rol o`ynadi. Tabiat
odamning, jamiyatning vatanidir, uni avaylab asrashimiz kerak.
Tabiatni onaga qiyoslaymiz. Murg`ak jon ona vujudida yaralgandan boshlab,
tashqi olamning nodirliklarini o`ziga singdira boshlaydi.
Bizni inson sifatida
shakllantiruvchi omillarni o`rganamiz-u, o`sha onaga qiyoslaganimiz —tabiatning bir
bo`lagi ekanligimizni mas'uliyat bilan his etishga, chuqurroq o`ylashga ko`pincha
e"tibor bermaymiz. Texnik taraqqiyotning yutuqlaridan qanchalik sarmast bo`lmaylik,
ona tabiatning mo`jizalaridan tuyadigan zavq-u shavqning o`rnini
hech narsa bosa
olmaydi.
Bugungi kunda tabiatni avaylash — o`zimizni, borlig`imizni asrashdek muhim
ekanligini farzandlarimiz ongiga singdira bilish shart va zarur. Tabiat deganda butun bir
yaxlit mavjudlikni tushunmoq kerak. Biz anglay oladigan va ayrim hollarda idrok eta
ololmaydigan, jamiki borliq butun tabiatning alohida-alohida bo`laklari sifatida
namoyon bo`ladi. Shunday ekan, inson ham tabiatning ongli, tafakkurli bir bo`lagi va
hosilasi hisoblanadi. Shuning uchun ham uni ona tabiat deydilar. Inson har doim shu
ona tabiatning sir-asrorlarini o`rganishga va tabiat qonunlarini o`z ehtiyojlariga xizmat
qildirishga intiladi. Shu o`rinda bir misol keltirishni lozim topaman: Yer osti boyliklari:
120
neft, gaz, ko`mir, temir va boshqa elementlarning hosil bo`lishi bir necha million yillarni
o`z ichiga oladigan jarayon hisoblanadi.
XIX
asr boshiga kelib, texnika katta taraqqiyot cho`qqisiga ko`tarildi. Inson
tabiat
qonunlaridan foydalanib, o`z ongining mahsuli bo`lgan qudratli texnikalarni
yaratdi, Eynshteynning nisbiylik
nazariyasi dunyoga keldi, takomillashgan qurol-
yarog`lar, atom energiyasidan foydalanish mumkinligi kashf etildi.
Achinarlisi
shundaki, inson ongining mahsuli bo`lgan kashfiyotlardan noo`rin foydalanildi. Yuz
million yillar mobaynida hosil bo`lgan mavjud yerosti boyliklarining deyarli ko`p foizi
Ikkinchi jahon urushi davrida isrof qilindi. Bugungi kunda esa zamon taraqqiyoti,
texnika rivoji, albatta, turmushimiz farovonligini yuksaklarga ko`taradi, og`ir qo`l
mehnatlarini yengillashtiradi, ammo bu o`rinda ona tabiatimizga jarohat yetkazmagan
holda fanimiz yutuqlaridan foydalanishimiz kerak va uning ekologik tozaligini saqlab
qolish
ham burchimiz, ham madaniyatimiz belgisiga aylanib qolishi shart. Xalqimiz
atrof-muhitga ijobiy munosabatda bo`lish, atrofni toza-ozoda, pokiza saqlashni milliy
tarbiyaning bir bo`lagi sifatida qaraydi.
Odoblilik uyi, hovlisi, kucha-yu mahallasi ozodaligi, orastaligi bilan belgilanadi.
Bu xislatlar bugun keksa avlod vakillari tomonidan yoshlar qalbiga, shuuriga singdirib
borilmoqda. Ta'lim muassasalarida tabiatni asrash, ekologik madaniyatni shakllantirish
maqsadida «Gullar va qushlar bayrami», «Tabiatni asrash-burchimiz!» kabi tadbirlarni
o`tkazishdan ko`zlangan maqsad ham aslida o`quvchi-yoshlarning tabiat va ekologiya
haqidagi bilimlarini boyitishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: