O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Internet saytlari 
1.
http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель 
узбекского языка. 
2.
http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик. 
3.
http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
18 — MAVZU: TABIAT VA INSON 
Og`zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o`qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma'nosini 
izohlash. Matnni ijodiy so`zlash.
Yozma nutq: 
Dunyoda va O`zbekistonda mavjud ekologik muammolar haqida esse yozish. “Orol 
fojiasi” mavzusida taqdimot tayyorlash. O`zbekiston ekologik harakatining faoliyati 
to`g`risida ma'lumot tayyorlash. 
Grammatika: 
 
Intervyu olish va intervyu berish qoidalari. 
Reja: 
1.
Tabiat tushunchasi haqida ma'lumot. 


119 
2.
Tabiat va insonning bog`liqligi. 
3.
Tabiatni asraylik, do`stlar! 
Tayanch tushunchalar
: Tabiat, inson, ekologiya, jonli borliq, jonsiz borliq, 
“ikkinchi tabiat”, madaniyat. 
Tabiat keng ma'noda bu dunyo, olam, koinot, jonli va jonsiz borliqdir. Tor 
ma'noda tabiat fanlari o`rganadigan obyekt. Tabiat odamga, jamiyatga bog`liq 
bo`lmagan qonuniyatga bo`ysunadi. Odam tabiatning bir qismi. Odam tabiat 
qonunlarini o`zgartira olmaydi, faqat qonunlardan foydalanadi. Ana shu qonunlarga 
asoslanib tabiat qismlarini o`zlashtirishi mumkin. Tabiat tushunchasi insoniyat jamiyati 
yashashi tabiiy sharoitlarining majmui sifatida ham qaraladi. Inson yashashi uchun 
mehnat qiladi. Mehnat tabiatning bazi jihatlarini o`zgartiradi. Odam tomonidan, yani 
ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklar shartli ravishda “ikkinchi 
tabiat” deyiladi. Odamning tabiatga munosabati tarixda o`zgarib va rivojlanib bordi. 
Antik falsafada tabiatga stixiyali kuchlar (Demokrat), ideal dunyoning inikosi (Platon), 
uyg`un jarayon (Pifagor), mukammallik (Aristotel) deb qaraganlar. Diniy ta'limotlarga 
ko`ra tabiat ruhiy ibtidoning moddiy gavdalanishi deb hisoblangan. Yaratgan esa 
tabiatdan yuqori deb baholangan. Uyg`onish davrida tabiatga hamma tabiiy uyg`unlik 
va mukammallikning yuzaga chiqishi deb qaralgan. Yangi davrda tabiatga bo`lgan 
munosabat tabiatning ilmiy o`rganish obyektiga aylanishida katta rol o`ynadi. Tabiat 
odamning, jamiyatning vatanidir, uni avaylab asrashimiz kerak. 
Tabiatni onaga qiyoslaymiz. Murg`ak jon ona vujudida yaralgandan boshlab, 
tashqi olamning nodirliklarini o`ziga singdira boshlaydi. Bizni inson sifatida 
shakllantiruvchi omillarni o`rganamiz-u, o`sha onaga qiyoslaganimiz —tabiatning bir 
bo`lagi ekanligimizni mas'uliyat bilan his etishga, chuqurroq o`ylashga ko`pincha 
e"tibor bermaymiz. Texnik taraqqiyotning yutuqlaridan qanchalik sarmast bo`lmaylik, 
ona tabiatning mo`jizalaridan tuyadigan zavq-u shavqning o`rnini hech narsa bosa 
olmaydi. 
Bugungi kunda tabiatni avaylash — o`zimizni, borlig`imizni asrashdek muhim 
ekanligini farzandlarimiz ongiga singdira bilish shart va zarur. Tabiat deganda butun bir 
yaxlit mavjudlikni tushunmoq kerak. Biz anglay oladigan va ayrim hollarda idrok eta 
ololmaydigan, jamiki borliq butun tabiatning alohida-alohida bo`laklari sifatida 
namoyon bo`ladi. Shunday ekan, inson ham tabiatning ongli, tafakkurli bir bo`lagi va 
hosilasi hisoblanadi. Shuning uchun ham uni ona tabiat deydilar. Inson har doim shu 
ona tabiatning sir-asrorlarini o`rganishga va tabiat qonunlarini o`z ehtiyojlariga xizmat 
qildirishga intiladi. Shu o`rinda bir misol keltirishni lozim topaman: Yer osti boyliklari: 


120 
neft, gaz, ko`mir, temir va boshqa elementlarning hosil bo`lishi bir necha million yillarni 
o`z ichiga oladigan jarayon hisoblanadi.
XIX asr boshiga kelib, texnika katta taraqqiyot cho`qqisiga ko`tarildi. Inson 
tabiat qonunlaridan foydalanib, o`z ongining mahsuli bo`lgan qudratli texnikalarni 
yaratdi, Eynshteynning nisbiylik nazariyasi dunyoga keldi, takomillashgan qurol-
yarog`lar, atom energiyasidan foydalanish mumkinligi kashf etildi. Achinarlisi 
shundaki, inson ongining mahsuli bo`lgan kashfiyotlardan noo`rin foydalanildi. Yuz 
million yillar mobaynida hosil bo`lgan mavjud yerosti boyliklarining deyarli ko`p foizi 
Ikkinchi jahon urushi davrida isrof qilindi. Bugungi kunda esa zamon taraqqiyoti, 
texnika rivoji, albatta, turmushimiz farovonligini yuksaklarga ko`taradi, og`ir qo`l 
mehnatlarini yengillashtiradi, ammo bu o`rinda ona tabiatimizga jarohat yetkazmagan 
holda fanimiz yutuqlaridan foydalanishimiz kerak va uning ekologik tozaligini saqlab 
qolish ham burchimiz, ham madaniyatimiz belgisiga aylanib qolishi shart. Xalqimiz 
atrof-muhitga ijobiy munosabatda bo`lish, atrofni toza-ozoda, pokiza saqlashni milliy 
tarbiyaning bir bo`lagi sifatida qaraydi.
Odoblilik uyi, hovlisi, kucha-yu mahallasi ozodaligi, orastaligi bilan belgilanadi. 
Bu xislatlar bugun keksa avlod vakillari tomonidan yoshlar qalbiga, shuuriga singdirib 
borilmoqda. Ta'lim muassasalarida tabiatni asrash, ekologik madaniyatni shakllantirish 
maqsadida «Gullar va qushlar bayrami», «Tabiatni asrash-burchimiz!» kabi tadbirlarni 
o`tkazishdan ko`zlangan maqsad ham aslida o`quvchi-yoshlarning tabiat va ekologiya 
haqidagi bilimlarini boyitishdan iborat. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish