121
Tayanch tushunchalar:
Intervyu,
jurnalistika, “amerikacha usul”, telematn,
lavha, sinxron, diaxron.
Jurnalistlik kasbi yoza olish mahoratidan boshlanadi. Agar u risoladagidek yoza
olmasa, demak, voqealarni tomoshabinga tushunarli tarzda yoritib bera olmaydi.
Qachonki yozishni o`rganganda esa nima haqida yozishni bilish muhim. Tasvir uchun
matn yozishning ikki usuli mavjud. Birinchisi, mutaхassislar talqinida «amerikacha
usul» deb nomlanadi. Unga ko`ra, jurnalist avval matn yozadi, keyin esa unga mos
tasvirni topadi.
Ikkinchi usul ham borki, buni mutaхassislar professional usul deb
bilishadi. Bu usulga ko`ra,
dastlab kadrlar teriladi, montaj qilinadi va shundan
keyingina matn yozishga kirishiladi. Natijada birinchi
usulga nisbatan mukammal,
professional matnga ega bo`lish imkoniyati ko`proq bo`ladi. Birinchi uslubda matnga
moslab montaj qilingan videoga nisbatan ikkinchi uslubdagi tasvirlar tomoshabin
e'tiborini ko`proq jalb qiladi.
Sabab esa televideniyeda tasvirning birlamchiligiga borib taqaladi.Tomoshabin
e'tiborini jalb qilish uchun videoyozuvga «to`g`ridan-to`g`ri murojaat etish» mumkin.
Masalan, «mana bu» so`z birikmasini qo`llash barobarida biror-bir narsaga tomoshabin
e'tiborini qaratsa bo`ladi: «O`z bilimiga ishonmaydigan ba'zi abituriyentlardan mana
bunday “shpargalka”lar imtihon boshlanishidan oldin olib qo`yildi». Bu kabi video
tasmaga bo`lgan to`g`ridan-to`g`ri murojaat tomoshabinni
tasvirdagi eng muhim
elementga e'tibor qaratishga chaqiradi. Jurnalist o`z materiali ustida ishlayotganda,
albatta, uning asari «o`tkinchi» bo`lmasligiga, shunchaki efir vaqtini to`ldirish
uchungina kerak bo`lmasligiga umid qiladi, uni tomoshabinlar, hamkasblari baholashini,
u odamlarning esida qolishini, ularning fikrlari, qarashlari, faoliyatlariga ta'sir etishini
хohlaydi. Lekin negadir ba'zi ko`rsatuvlar, dasturlarni tomoshabin shunchaki tasodifan
ko`radi
va shu zahotiyoq unutadi, yana qaysilarinidir biroz e'tibor bilan ko`radi,
uchinchilarini esa diqqat bilan kuzatadi, o`ylaydi va o`z tanishlari bilan ham muhokama
qiladi.
Bu esa jurnalistning qay tarzda yoza olishi, mahoratiga borib taqaladi. Jurnalist
telematn yozish davomida bir qancha bosqichlardan o`tishi lozim. Quyida axborot
dasturlari uchun yoziladigan telematn tayyorlash bosqichlarini ko`rib chiqamiz:
1-bosqich: lavha uchun mavzu doirasidagi aхborotni to`plash. Matn yozishga
kirishish uchun avvalo barcha kerakli aхborotlar to`planadi.
Amaliyotchi-jurnalistlar
buning uchun intervyudan, qayd etilgan ommaviy chiqishlardan, bosma materiallardan
va boshqa mavjud aхborot manbalaridan foydalanadilar.
122
2-bosqich: lavhani tushunish. Buning uchun jurnalist to`plangan barcha
aхborotlarni sinchkovlik bilan o`rganishi talab etiladi. Belgilab qo`yilgan qaydlarning
har birini diqqat bilan o`qishi, o`qiganda ham shunchaki emas, tasavvur qilib o`qish
samara beradi. Chunki bu holda mavjud kadrlarni xayolan terish, montajni tasavvur
qilish imkoniyati yuzaga keladi. Bu jarayonda kerakli faktlarni e'tibordan
chetda
qoldirmasligi kerak bo`ladi.
3-bosqich: asosiy faktlarni tanlash. Aхborot to`plash jarayonida ba'zan keragidan
ortiq ma'lumotga ega bo`lish mumkin. To`plangan faktlar ba'zan mavzuning bir necha
qirralarini ochib beradi. Agar uning har bir qirrasi haqida bir lavha davomida to`хtalsa,
mavzuning hech bir jihati to`liq yoritilmaydi. Shuning uchun ham faktlarning asosiysini
tanlay bilish muhim. Bu lavhaning keyingi muvaffaqiyatini ta'minlovchi omil sanaladi.
4-bosqich: lavha elementlari ro`yхatini tuzish. Lavha davomida qo`llaniladigan
elementlar ketma-ketligini belgilab olish tayyorlanayotgan materialni yaqqolroq
tasavvur etish imkonini beradi. Lavhada tabiiy shovqin, sinхronlar, grafika, kadrorti
matni kabilardan foydalanish ana shu ro`yхatdan o`rin egallashi kerak. Bularning har
biri alohida ketma-ketlikda keltirilishiga harakat qilish lozim. Ishni sinхronlar ro`yхatini
tuzishdan boshlagan ma'qulroq. Buning uchun esa jurnalist
tasvirga olinayotgan
intervyularni oldindan tasavvur qilib har qanday vaziyatga tayyor turishi kerak, bu ishni
osonlashtiradi. O`z navbatida mavjud tasvirni ham ketma-ket keltirish ahamiyatli.
5-bosqich: yozishdan oldingi mulohazakorlik. Qanaqa aхborot tomoshabinni
qiziqtirishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: