O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Internet saytlari 
1.
http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель 
узбекского языка. 
2.
http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
 
 
17-MAVZU: DAVRIMIZNING GLOBAL MUOMMOLARI 
Og`zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o`qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma'nosini 
izohlash. Matnni o`zgartirib so`zlab berish. Mavzu bo`yicha bahs-munozarada ishtirok 
etish. 
Yozma nutq: 
Insoniyat oldida turgan global muammolar to`g`risida taqdimot tayyorlash. 
Global muammolardan biriga bag`ishlangan publitsistik maqola yozish. 
Grammatika: 
Maqola va uning turlari. 
Reja: 
1.
Global muammolar haqida tushuncha. 
2.
Global muammolar turlari. 
3.
Global muammolarga yechim. 
Tayanch tushunchalar
: Global muammolar, jahon termoyadro urushi, xalqaro 
terrorchilik, atrof-muhit halokati, ekologik muammo, jahon iqtisodiyoti. 


113 
Global muammolar — umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bog`liq hozirgi 
zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro 
terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni ta`minlash; rivojlangan 
va rivojlanayotgan mamlakatlar o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi 
tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan 
mamlakatlarda aholining tez sur`atlar bilan ko`payayotganligini tartibga solish, atrof-
muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli 
resurslar —oziq-ovqat, sanoat xomashyosi, energiya manbalari bilan ta`minlash, fan va 
texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yo`l qo`ymaslik kabilar kiradi.
Global muammolar avvalo, jahonda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, 
harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb 
etishi natijasida yuzaga keldi. Global muammolarni 4 guruhga ajratish mumkin: 1) 
xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar — jahonda 
rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hozirgi kunda 
jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei 
katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut g`oyat kuchaydi. 
Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan bo`lsa, qoloq 
mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid bo`lgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, 
xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo bo`ldi.
Buni terrorchilik, ekstremizm ko`rinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulgan global muammo —jahon xo`jalik tizimi 
vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. 
Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar 
jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga qaram, 
iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va 
ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambag`al mamlakatlar 
o`rtasidagi farq o`sib bormoqda. 
XX asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86%ini 
ishlab chiqargan bo`lsa, kambag`al davlatlar atigi 1%ni ishlab chiqardi. Ayrim 
mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular 
siyosiy jihatdan mustaqil bo`lsa-da, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga 
qaramdir. Jahon iqtisodiy munosabatlaridagi globallashuvning salbiy oqibatlari ham 
mavjud. Masalan, milliy bozorni siqib qo`yadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini 
kuchaytiradi. Bu globallashuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi —Yevropaning bir 
necha shaharlarida norozilik namoyishlari bo`lib o`tdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon 


114 
miqyosida harakat qiluvchi moliyaviy-iqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudgakeltirdi; 3) 
ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar —jahon aholisi muttasil ko`payib 
borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi 
kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining 
muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-
texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun 
insoniyatga xavf tug`diruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday 
muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlarning buzilishi 
natijasida vujudga kelgan global muammolar — ular qatoriga dengiz va suv 
havzalarining bulg`anishi, o`rmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon 
qatlamining yo`qolib borishi kabilar kiradi.
Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim 
ahamiyat kasb etadi. XX asr o`rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. 
Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko`rsatayotgan ta`siri bilan bog`liq. 
Inson sivilizatsiyasining rivojlanishi va uning tabiat bag`riga tobora chuqurroq kirib 
borish oqibatida ahvol tubdan o`zgardi. Bugungi kunda ibtidoiy sof tabiat haqida 
gapirmasa ham bo`ladi. Chunki yer yuzidagi o`rmonlar qirqildi, katta — katta hududlar 
dehqonchilik qilish maqsadida o`zlashtirildi, dorilar bilan o`g`itlandi, har xil chiqindi 
hamda gazlar bilan toza havo va tabiat ifloslandi. Bundan tashqari, tabiatda toshqinlar, 
o`rmon yog`inlari, chang bo`ronlari va boshqa tabiiy jarayonlar yuz beradi. Bularning 
barchasi tabiatning tabiiy muvozanatiga putur yetkazadi. Dunyo bo`yicha kuzatiladigan 
tabiiy, antropogen yoki sof antropogen hodisalar umumbashariy muammolar deb 
qaraladi. Ana shunday ekologik muammolarga ba`zi bir misollarni keltirib o`tamiz: 1. 
"Atmosferaning dimiqishi” hodisasi. 2. "Ozon qatlamining siyraklanishi” hodisasi. 3. 
"Chuchuk suv” muammosi. 4. "Tirik tabiatdagi o`simlik va hayvon turlari sonining 
qisqarishi” muammosi. 5. "Pestisetlardan foydalanish” muammosi. Mintaqaviy ekologik 
muammolar. Yer yuzasining muayyan mintaqasi o`ziga xos tabiiy iqlim, ijtimoiy — 
ekologik, etnografik xususiyatlari uni tabiat bilan inson o`rtasidagi o`zaro aloqa 
munosabatlari xarakterini belgilab beradi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish