O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Savol va topshiriqlar: 
1.
Tabiat tushunchasiga ta'rif bering. 
2.
Tabiatni asrash yo`lida qanday ishlar qilishimiz kerak? 
3.
Ekologik savodxonlik deganda nimani tushunasiz? 
 
 
GRAMMATIKA: INTERVYU OLISH VA INTERVYU BERISH 
QOIDALARI 
Reja: 
1.
Intervyu haqida tushuncha. 
2.
Intervyu olishning bosqichlari. 
3.
Intervyu berishning qoidalari. 
4.
Telematn tayyorlash bosqichlari. 


121 
Tayanch tushunchalar:
Intervyu, jurnalistika, “amerikacha usul”, telematn, 
lavha, sinxron, diaxron. 
Jurnalistlik kasbi yoza olish mahoratidan boshlanadi. Agar u risoladagidek yoza 
olmasa, demak, voqealarni tomoshabinga tushunarli tarzda yoritib bera olmaydi. 
Qachonki yozishni o`rganganda esa nima haqida yozishni bilish muhim. Tasvir uchun 
matn yozishning ikki usuli mavjud. Birinchisi, mutaхassislar talqinida «amerikacha 
usul» deb nomlanadi. Unga ko`ra, jurnalist avval matn yozadi, keyin esa unga mos 
tasvirni topadi. Ikkinchi usul ham borki, buni mutaхassislar professional usul deb 
bilishadi. Bu usulga ko`ra, dastlab kadrlar teriladi, montaj qilinadi va shundan 
keyingina matn yozishga kirishiladi. Natijada birinchi usulga nisbatan mukammal, 
professional matnga ega bo`lish imkoniyati ko`proq bo`ladi. Birinchi uslubda matnga 
moslab montaj qilingan videoga nisbatan ikkinchi uslubdagi tasvirlar tomoshabin 
e'tiborini ko`proq jalb qiladi.
Sabab esa televideniyeda tasvirning birlamchiligiga borib taqaladi.Tomoshabin 
e'tiborini jalb qilish uchun videoyozuvga «to`g`ridan-to`g`ri murojaat etish» mumkin. 
Masalan, «mana bu» so`z birikmasini qo`llash barobarida biror-bir narsaga tomoshabin 
e'tiborini qaratsa bo`ladi: «O`z bilimiga ishonmaydigan ba'zi abituriyentlardan mana 
bunday “shpargalka”lar imtihon boshlanishidan oldin olib qo`yildi». Bu kabi video 
tasmaga bo`lgan to`g`ridan-to`g`ri murojaat tomoshabinni tasvirdagi eng muhim 
elementga e'tibor qaratishga chaqiradi. Jurnalist o`z materiali ustida ishlayotganda, 
albatta, uning asari «o`tkinchi» bo`lmasligiga, shunchaki efir vaqtini to`ldirish 
uchungina kerak bo`lmasligiga umid qiladi, uni tomoshabinlar, hamkasblari baholashini, 
u odamlarning esida qolishini, ularning fikrlari, qarashlari, faoliyatlariga ta'sir etishini 
хohlaydi. Lekin negadir ba'zi ko`rsatuvlar, dasturlarni tomoshabin shunchaki tasodifan 
ko`radi va shu zahotiyoq unutadi, yana qaysilarinidir biroz e'tibor bilan ko`radi, 
uchinchilarini esa diqqat bilan kuzatadi, o`ylaydi va o`z tanishlari bilan ham muhokama 
qiladi.
Bu esa jurnalistning qay tarzda yoza olishi, mahoratiga borib taqaladi. Jurnalist 
telematn yozish davomida bir qancha bosqichlardan o`tishi lozim. Quyida axborot 
dasturlari uchun yoziladigan telematn tayyorlash bosqichlarini ko`rib chiqamiz: 
1-bosqich: lavha uchun mavzu doirasidagi aхborotni to`plash. Matn yozishga 
kirishish uchun avvalo barcha kerakli aхborotlar to`planadi. Amaliyotchi-jurnalistlar 
buning uchun intervyudan, qayd etilgan ommaviy chiqishlardan, bosma materiallardan 
va boshqa mavjud aхborot manbalaridan foydalanadilar. 


122 
2-bosqich: lavhani tushunish. Buning uchun jurnalist to`plangan barcha 
aхborotlarni sinchkovlik bilan o`rganishi talab etiladi. Belgilab qo`yilgan qaydlarning 
har birini diqqat bilan o`qishi, o`qiganda ham shunchaki emas, tasavvur qilib o`qish 
samara beradi. Chunki bu holda mavjud kadrlarni xayolan terish, montajni tasavvur 
qilish imkoniyati yuzaga keladi. Bu jarayonda kerakli faktlarni e'tibordan chetda 
qoldirmasligi kerak bo`ladi. 
3-bosqich: asosiy faktlarni tanlash. Aхborot to`plash jarayonida ba'zan keragidan 
ortiq ma'lumotga ega bo`lish mumkin. To`plangan faktlar ba'zan mavzuning bir necha 
qirralarini ochib beradi. Agar uning har bir qirrasi haqida bir lavha davomida to`хtalsa, 
mavzuning hech bir jihati to`liq yoritilmaydi. Shuning uchun ham faktlarning asosiysini 
tanlay bilish muhim. Bu lavhaning keyingi muvaffaqiyatini ta'minlovchi omil sanaladi. 
4-bosqich: lavha elementlari ro`yхatini tuzish. Lavha davomida qo`llaniladigan 
elementlar ketma-ketligini belgilab olish tayyorlanayotgan materialni yaqqolroq 
tasavvur etish imkonini beradi. Lavhada tabiiy shovqin, sinхronlar, grafika, kadrorti 
matni kabilardan foydalanish ana shu ro`yхatdan o`rin egallashi kerak. Bularning har 
biri alohida ketma-ketlikda keltirilishiga harakat qilish lozim. Ishni sinхronlar ro`yхatini 
tuzishdan boshlagan ma'qulroq. Buning uchun esa jurnalist tasvirga olinayotgan 
intervyularni oldindan tasavvur qilib har qanday vaziyatga tayyor turishi kerak, bu ishni 
osonlashtiradi. O`z navbatida mavjud tasvirni ham ketma-ket keltirish ahamiyatli. 
5-bosqich: yozishdan oldingi mulohazakorlik. Qanaqa aхborot tomoshabinni 
qiziqtirishi mumkin?

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish