Asosiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

602-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish
to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning o‘rinbosarining O‘zbekiston
Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risidagi qarori ustidan so‘ralayotgan
shaxs qamoqda saqlanayotgan joydagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent
shahar sudiga mazkur shaxs yoxud uning himoyachisi tomonidan xabarnoma olingan paytdan
e’tiboran o‘n sutka ichida shikoyat qilinishi mumkin.
(602-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
So‘ralayotgan shaxs qamoqda saqlanayotgan joyning ma’muriyati shikoyatni olishi bilan uni
darhol sudga yuboradi va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda
xabardor qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch
sutkadan kechiktirmay sudga O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish
to‘g‘risidagi qarorning qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovchi materiallarni yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning o‘rinbosarining O‘zbekiston
Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risidagi qarori ustidan berilgan shikoyatni
ko‘rib chiqish shikoyat sud tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘n sutka ichida uch nafar
sudyadan iborat tarkibda, ochiq sud majlisida prokuror, o‘ziga nisbatan ushlab berish to‘g‘risidagi
qaror qabul qilingan shaxs va, agar ishda ishtirok etayotgan bo‘lsa, uning himoyachisi ishtirokida
amalga oshiriladi.
Sud majlisi boshlanishida raislik qiluvchi qaysi shikoyat ko‘rib chiqilishini e’lon qiladi, hozir
bo‘lgan protsess ishtirokchilariga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Arizachi va
(yoki) uning himoyachisi shikoyatni asoslab beradi, shundan so‘ng so‘z prokurorga beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.


Sud muhokamasi davomida sud shikoyat bergan shaxsning aybliligi masalasini muhokama
qilmay, ustidan shikoyat berilgan qarorning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro
shartnomalariga muvofiqligini tekshirish bilan cheklanadi.
(602-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Shikoyatni ko‘rib chiqish natijasida sud quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
shikoyatni qanoatlantirishsiz qoldirish to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risidagi qarorni bekor
qilish haqida.
Sudning ajrimi apellatsiya shikoyati berish yoki protesti bildirish muddati tugashi bilan
qonuniy kuchga kiradi.
Sudning ajrimi o‘qib eshittirilganidan keyin darhol prokurorga, shuningdek o‘ziga nisbatan
ushlab berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan shaxsga va, agar ishda ishtirok etgan bo‘lsa, uning
himoyachisiga yuboriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sudning ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida apellatsiya
tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berilishi yoki protest bildirilishi mumkin.
(602-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Apellatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali berilib, sud uni materiallar bilan
birgalikda uch sutka ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborishi va bu haqda O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qilishi shart.
(602-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Apellatsiya shikoyati, protesti kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n sutkadan kechiktirmay
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(602-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-664-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/664/0014-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, quyidagi
ajrimlardan birini chiqaradi:
(602-modda o‘n uchinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-
yanvardagi O‘RQ-664-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y.,
03/21/664/0014-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
sud ajrimini o‘zgarishsiz, apellatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirishsiz qoldirish
to‘g‘risida;
(602-modda o‘n uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-
yanvardagi O‘RQ-664-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y.,
03/21/664/0014-son)
sudning ajrimini bekor qilish to‘g‘risida.
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi u o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga
kiradi va darhol ijro etilishi kerak. Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi prokurorga ijroni tashkil
etish uchun, o‘ziga nisbatan ushlab berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan shaxsga va, agar ishda
ishtirok etgan bo‘lsa, uning himoyachisiga ma’lumot uchun yuboriladi.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish