Asosiy qoidalar


-modda. Jinoyat ishi materiallarini xorijiy davlatning vakolatli organiga yuborish



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

597-modda. Jinoyat ishi materiallarini xorijiy davlatning vakolatli organiga yuborish
Chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan, keyinchalik uning
hududidan chiqib ketgan hamda protsessual harakatlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida
uning ishtirokida bajarishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, tergov qilinayotgan jinoyat ishining
barcha materiallari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga topshiriladi. O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur materiallarni xorijiy davlatning vakolatli organiga tergov
qilish uchun yuborish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi.
Jinoyat ishi materiallariga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ariza, shuningdek
dalillar ilova qilinadi. Ishdagi har bir hujjat mazkur jinoyat ishini yuritayotgan organning gerbli
muhri bilan tasdiqlangan va yuborilayotgan xorijiy davlatning rasmiy tiliga yoki O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boshqa tilga tarjima qilingan bo‘lishi
kerak.
598-modda. Jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi so‘rovni O‘zbekiston Respublikasi
hududida ijro etish
Xorijiy davlat vakolatli organining xorijiy davlat hududida jinoyat sodir etgan va O‘zbekiston
Respublikasiga qaytib kelgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish
to‘g‘risidagi so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bunday
hollarda jinoyat ishini yuritish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda olib boriladi. Jinoyat ishi
bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qilgan organ qarorning ko‘chirma nusxasini O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasiga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qaror haqida xorijiy davlatning
so‘rovni yuborgan vakolatli organini yozma ravishda xabardor qiladi. Mazkur organning iltimosiga
ko‘ra jinoyat ishi bo‘yicha uzil-kesil qarorning ko‘chirma nusxasi ham yuborilishi mumkin.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish