Asosiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berishni



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet331/334
Sana14.07.2022
Hajmi2,06 Mb.
#795313
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   334
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi

604-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berishni
kechiktirish va vaqtincha ushlab berish
O‘ziga nisbatan ushlab berish to‘g‘risida so‘rov kelib tushgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi
hududida boshqa jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilayotgan yoki jazoni o‘tayotgan bo‘lsa, uni
ushlab berish jinoyat ishi tugatilguniga, hukm ijro etilguniga yoki har qanday qonuniy asosga ko‘ra
jazodan ozod qilinguniga qadar kechiktirilishi mumkin.
Agar jazoni o‘tayotgan shaxsni ushlab berishni kechiktirish jinoiy javobgarlikka tortish
muddati o‘tib ketishiga sabab bo‘lishi yoki jinoyatni tergov qilishga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa,
so‘ralayotgan shaxs, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari tomonidan
belgilangan shartlarga rioya etish majburiyati mavjud bo‘lgan taqdirda, vaqtincha ushlab berilishi
mumkin.
Vaqtincha ushlab berilgan shaxs jinoyat ishi bo‘yicha qaysi protsessual harakatlar bajarilishi
uchun ushlab berilgan bo‘lsa, o‘sha protsessual harakatlar bajarilganidan keyin, biroq shaxs
topshirilgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay qaytarib berilishi kerak. Har ikkala davlat
vakolatli organlarining o‘zaro ahdlashuviga ko‘ra bu muddat shaxs O‘zbekiston Respublikasi
hududida sodir etilgan jinoyat uchun hukm qilingan yoki qonunga muvofiq hukm qilinishi
mumkin bo‘lgan jazo muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
605-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish uchun
ushlab turish va qamoqqa olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risida xorijiy davlatning
vakolatli organidan tegishli tarzda rasmiylashtirilgan so‘rov olinganda va mazkur shaxsni ushlab


berish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, ushbu shaxs ushlab turilishi va
unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin.
Xorijiy davlat vakolatli organining iltimosnomasiga binoan shaxs O‘zbekiston Respublikasi
hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rov olinguniga qadar ham ushlab turilishi
mumkin. Iltimosnomada qamoqqa olish to‘g‘risidagi qarorga yoki qonuniy kuchga kirgan hukmga
havola va mazkur so‘rov qo‘shimcha ravishda taqdim etilishi ko‘rsatilishi kerak. Shaxsni qamoqqa
olish to‘g‘risidagi iltimosnoma ushbu so‘rov yuborilguniga qadar pochta, telegraf, teleks, faks yoki
boshqa aloqa vositalari orqali yetkazilishi mumkin.
Shaxs, agar u boshqa davlat hududida uni ushlab berishga sabab bo‘ladigan jinoyat sodir
etgan deb gumon qilish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, ushbu
moddaning 
ikkinchi qismida
ko‘rsatilgan iltimosnomasiz ham yetmish ikki soatgacha ushlab
turilishi mumkin.
Shaxs ushlanganidan keyin ichki ishlar organlarining yoki boshqa surishtiruv organlarining
xodimlari olingan materiallarni prokurorga taqdim etadi, u materiallarni o‘rganib chiqadi va ushlab
turilgan shaxsning qidiruv e’lon qilingan shaxs ekanligi to‘g‘risida yetarli asoslar mavjud bo‘lgan,
shuningdek ushbu Kodeksning 
603-moddasida
bayon qilingan asoslar mavjud bo‘lmagan
taqdirda, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish
haqida qaror chiqaradi va uni sudga yuboradi.
Prokurorning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida iltimosnoma
kiritishi, uning sudya tomonidan ko‘rib chiqilishi, ajrim chiqarilishi, shuningdek sudyaning ajrimi
ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish ushbu Kodeksning 
241
va 
243-moddalarida
nazarda
tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Shaxs qamoqqa olinganligi to‘g‘risida prokuror O‘zbekiston
Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni qamoqqa olish haqida iltimosnoma yoki ushlab berish
to‘g‘risida so‘rov yuborgan yoxud yuborishi mumkin bo‘lgan xorijiy davlatning vakolatli organini
darhol yozma ravishda xabardor qiladi.
O‘ziga nisbatan ushlab berish to‘g‘risidagi masala ko‘rilayotgan shaxsni qamoqda saqlab
turish muddati ko‘pi bilan uch oyni tashkil etadi. Mazkur muddat ushlab beriladigan shaxsning
topshirilishini ta’minlash maqsadida, shuningdek xorijiy davlatning vakolatli organidan O‘zbekiston
Respublikasi hududida bo‘lgan shaxsni ushlab berish to‘g‘risidagi so‘rov yuzasidan qo‘shimcha
ma’lumotlar talab qilingan hollarda ushbu Kodeksning 245-moddasi 
ikkinchi qismida
va 
247-
moddasida
 nazarda tutilgan tartibda uzaytirilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi yoki qamoqda saqlab turish
muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda sud taqdim etilgan
materiallarning asosliligini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro
shartnomalari talablariga rioya etilganligini hisobga oladi.
(605-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish