607-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan ushlab beriladigan shaxsni
topshirish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushlab beriladigan shaxsni topshirish joyi, sanasi
va vaqti haqida xorijiy davlatning vakolatli organini yozma ravishda xabardor qiladi. Agar mazkur
shaxs topshirish uchun belgilangan kundan e’tiboran o‘n besh sutka ichida qabul qilib olinmasa, u
qamoqdan ozod qilinadi.
Xorijiy davlatning vakolatli organi ushlab berilishi lozim bo‘lgan shaxsni o‘ziga bog‘liq
bo‘lmagan holatlar tufayli qabul qilib olishi mumkin bo‘lmay qolgan va bu haqda O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda xabardor qilgan taqdirda, topshirish sanasi
ko‘chirilishi mumkin. Agar O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi ushlab berilishi lozim
bo‘lgan shaxsni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlar tufayli topshirishi mumkin bo‘lmay qolsa,
topshirish sanasi o‘sha tartibda ko‘chirilishi mumkin.
608-modda. Ushlab berilgan shaxsni tranzit tarzida o‘tkazish
Xorijiy davlat vakolatli organining uchinchi davlat tomonidan mazkur organga ushlab
berilgan shaxsni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida o‘tkazish to‘g‘risidagi
iltimosnomasi ushbu Kodeksning
601
va
603-moddalari
talablariga rioya etilgan holda ko‘rib
chiqiladi.
609-modda. Ashyolarni topshirish
Shaxsni xorijiy davlatning vakolatli organiga ushlab berishda jinoyat quroli bo‘lgan ashyolar,
shuningdek jinoyat izlarini o‘zida aks ettirgan yoki jinoiy yo‘l bilan topilgan ashyolar topshiriladi. Bu
ashyolar shaxsni ushlab berish uning vafot etganligi yoki boshqa sabablar tufayli amalga oshirilishi
mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda ham mazkur organning iltimosiga binoan topshiriladi.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan ashyolarni topshirish, agar mazkur ashyolar
boshqa jinoyat ishini yuritish uchun zarur bo‘lsa, vaqtincha kechiktirib turilishi mumkin.
Uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun ushbu
moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan ashyolarni topshirish xorijiy davlat vakolatli organining
jinoyat ishini yuritish tamomlanishi bilan ashyolarni qaytarish to‘g‘risidagi kafolatlari mavjud
bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
(o‘n to‘rtinchi bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 28-sentabrdagi O‘RQ-262-sonli
Qonuniga
asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 39-son, 340-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-y., 2-son; O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-y., 5-
6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-y.,
5-6-son, 153-modda, 7-8-son, 217-modda; 2001-y., 1-2-son, 11-modda, 23-modda, 9-10-son, 165-modda, 182-
modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; 2007-y., 6-son, 248-
modda, 249-modda; 2012-y., 38-son, 433-modda, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y.,
37-son, 408-modda; 2005-y., 52-son, 385-modda; 2006-y., 25-26-son, 226-modda; 2007-y., 17-18-son, 171-modda,
39-son, 401-modda, 50-51-son, 502-modda, 503-modda, 52-son, 532-modda; 2008-y., 14-15-son, 84-modda, 94-
modda, 37-38-son, 363-modda, 365-modda, 39-son, 390-modda, 52-son, 509-modda, 514-modda; 2009-y., 3-
son, 9-modda, 15-son, 179-modda, 38-son, 415-modda, 52-son, 552-modda, 553-modda; 2010-y., 22-son, 174-
modda,35-36-son, 300-modda, 37-son, 314, 315-moddalar, 39-son, 340-modda, 52-son, 509-modda; 2011-y., 16-
son, 161, 162-moddalar; 2011-y., 40-son, 410-modda; 51-son, 542-modda; 2012-y., 1-son, 3-modda, 38-son, 433-
Do'stlaringiz bilan baham: |