o’rganish, taktik usul, kombinatsiyalarni taktik mahorat darajasigacha egalla, taktik
mahoratga erishish uchun tafakkur, ruhiy va ma’naviy
iroda tayyorgarligi ham
muhim rol o’ynaydi. Taktik tafakkurni tarbiyalash sportchida jismoniy va texnik
tayyorgarlik natijalarini musobaqa sharoitlaridan kelib chiqqan holda foydalanish
qobiliyatini rivojlantiradi.
Taktik tayyorgarlik ham umumiy va maxsus taktik tayyorgarlik turlariga
bo’linadi. Umumiy taktik tayyorgarlik taktikaning nazariyasi va ulardan sport turiga
muvofiq holda sport amaliyotida foydalanish qobiliyatini rivojlantiradi.
Umumiy
taktik tayyorgarlik bir-biriga o’xshash sport turlarida umumiy shaklda bo’ladi.
Maxsus taktik tayyorgarlik sportning tanlangan turi harakat va jismoniy mashqlariga
xos bo’lgan taktik mahorat, malaka va qobiliyatlarni takomillashtirishdan iborat
bo’ladi. Taktik tayyorgarlik texnik tayyorgarlik bilan doimo muvofiqlikda bo’lib biri
ikkinchisini to’ldirib boradi. Sportchining texnik mahorat darajasiga erishib
borishida unda taktik tafakkur shakllanadi. Taktik tafakkur yuksak darajada bo’lishi
bilan bir qatorda har qanday sharoitda qo’llaniladigan
sport turiga mos mashqlar
majmuini texnikasi shakllangan bo’lishi kerak. Shundagina mashqlar va harakatlarni
tanlab bajarish imkoniyati yaratiladi. Sportchining texnik va taktik tayyorgarligi
amaliy mashg’ulotlar bilan bir qatorda nazariy mashg’ulotlar ma’ruza, suhbatlar,
kino va videofilmlarni tahlil qilish bilan o’tkaziladi. Taktikada–bu sport kurashini
olib borish sanatidir. Bunda yutuqqa erishish uchun sportchi kuch va barcha
imkoniyatlaridan maqsadga muvofiqroq foydalanishi zarur.
Oldindan belgilangan
plan bo’yicha va tezlik bilan hal qilinishi darkor vazifalarga ko’ra tashqi muhitning
doimiy va o’zgaruvchan sharoitida foydalanadigan texnika taktikaning asosiy
vositasi hisoblanadi.
Taktik mahorat barcha sport turlari uchun zarurdir. Ayniqsa, sharoitni
birdaniga anglab olmoq, raqibini juda yaxshi his qilish
va boy tajribadan tez
foydalanishni talab etadigan sport o’yinlarida ahamiyatlidir. Malum plan va
kurashning har bir daqiqasini anglab olish asosida turli usullar, priyomlar va
harakatlarni qo’llashda
sportchilarning ruhiy, jismoniy va texnik qobiliyatliridan
samaraliroq foydalanishda taktika zarur bo’ladi. Umuman taktika mahorat,
belgilangan planni aniq amalga oshirishni taminlaydigan yaxshi bilim, ko’nikma va
malakalarga asoslanadi.
23
Sport taktikasi uch shaklda namoyon bo’ladi:
1) shaxsiy kurash: a) raqibning bevosita qarshiligi bilan (yo’lakchasi
belgilanmagan joylarda yugurish,
velosiped poygasi, sportga yurish, chang’i
poygasi) va raqiblarning nisbiy tasiri bilan (yo’laklarda) yugurish, gimnastika,
suzish, qayiq haydash, figurali uchish);
2) ikki kishining kurashi: a) raqibning bevosita qarshiligi bilan (boks,
qilichbozlik, dzyu-do, kurash); b) raqiblarning bilvosita tasirida (tennis, stol tennisi,
badminton, shaxmat);
3) komanda musobaqalari: a) raqibning bevosita qarshiligi bilan (basketbol,
futbol, qo’l to’pi, xokkey) va b) raqibning bilvosita tasiri bilan (voleybol, estafetali
23
M.J.Abdullayev, M.S.Olimov,N.T.To’xtaboyev Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi 2017