Vosita va usullar.
Chaqqonlik imkoniyatini kengaytirish uchun vositalar
tanlashning asosiy g’oyasi yangi, odatdagidek bo’lmagan mashqlar tanlashdan
iboratdir (bunda doimo o’rganish malakasi qo’llab turish lozim). Yangi murakkab
harakatlarni o’rgatishdan oldin albatta ilgari o’rganilgan bir necha murakkabroq
harakatlarni bajarish zarur. Shuning uchun o’rgatish jarayonida yuklamaning hajmi
katta bo’lmasligi, dam olish intervallari va ularning mohiyati qulay ish qobiliyatini
taminlashi zarur. Chaqqonlik qobiliyatlarini tarbiyalash harakat uyg’unligi bo’yicha
murakkab mashqlarni o’zlashtira olish va o’zgaruvchan muhit talabiga binoan o’z
harakat faoliyatini tez o’zgartira bilish qobiliyatidan iborat. Bunda o’z
harakatlaridan fazo va vaqt birligida aniq his qilish qobiliyatlarini ajratib (fazoni,
vaqtni, suv, muzni his qilish, muvozanatni saqlash, zo’r berish va bo’shashishni
qulay navbatlantirish va h. k.ni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
Chaqqonlik qobiliyatlarini tarbiyalashda o’rgatish jarayoni o’zliksiz davom etishi
kerak (gimnastika trenerlari faqatgina klassifikatsion kombinatsiyalarni o’zlashtirish
bilan band bo’lgan sportchilar uzoq vaqt o’tgandan keyin yangi elementlarni
qiyinchilik bilan o’rganishgagina kuzatishgan). Chunki mashg’ulot jarayonida
o’rganish malakasini doimo kiritish kerak, agar uzoq vaqt yangi harakatlar
o’rgatilmasa o’rgatish malakasi yo’qoladi.
O’z faoliyatini tez o’zgartira olishga o’rgatishda o’zgaruvchan sharoitga tez
etibor berish bilan bog’liq mashqlar qo’llaniladi. Bunda quyidagi usullardan
foydalaniladi:
1)
dastlabki holatlarni qo’llash;
2)
mashqlarni yorqin bajarish;
3)
harakatlarni bajarish tezligini o’zgartirish;
4)
ijro etiladigan mashqlarning fazoviy chegaralarini o’zgartirish;
5)
mashqlarning bajarish usullarini o’zgartirish, musobaqalashish;
6)
gruppa yoki juft mashq qilganda shug’ullanuvchilarning qarshilik
ko’rsatishini o’zgartirish;
7)
tanish harakatlarni notanishlarga birlashtirib, turli sharoitda bajarish;
8)
qo’shimcha qo’zg’ovchilar, signallar, texnika vositalarilarni kiritish.
Chaqqonlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar tez
charchatadi. Shuningdek ularni bajarganda aniq muskul sezgisi talab etiladi,
charchash holati paydo bo’lishi ularning sezgirligi kamayadi. Shuning uchun
chaqqonliksi bo’yicha murakkab harakatlarni o’rganishda etarli dam olishi kerak.
Chaqqonlik qobiliyatlarini rivojlantiradigan mashqlarni mashg’ulotning asosiy
qismining boshida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Ularni tez-tez o’tkazib turish
tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |