101
Maqsadlar (objectives) - qaror qabul qilayotgan tashkilot yoki shaxsning
qarorlaridan samarali marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda foydalanish ko‘zda
tutiladi.
Marketing tadqiqotlarining maqsadi ham samarali
boshqaruv qarorini qabul
qilishga kerakli axborot bazasini yaratishdan iborat. Ammo, bu jarayonda korxona va
menejerlarning maqsadlarini muvofiqlashtirishda marketologning ham mahorati va
tajribasi muhim rol o‘ynaydi.
Marketing muammosining asosida iste’molchilarning xatti- xarakati, ularning
iqtisodiy salohiyati, ehtiyoji va talablari tashqi muhit omillaridagi o‘rni beqiyosdir.
Xaridorlar hatti – harakati (buyer behavior)– tashqi muhitning asosiy omili
hisoblanib, iste’molchilarning individual xislatlarini ifodalaydi.
Marketing muammolarini manbasini aniqlashtirishda
korxonaning u yoki bu
xarakatiga iste’molchining munosabatini o‘rganish muhim o‘rin egallaydi. Xaridorlar
hatti – harakatini o‘rganish marketing muammosining mohiyatini ochishga olib kelish
mumkin.
Iste’molchilarning hatti – harakatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shuni
ko‘rsatmoqdaki, ular tarkibiga asosan quyidagilar kiritilishi mumkin:
•
Xaridorlar miqdori va geografik joylashuvi;
•
Demografik va psixologik tavsiflar;
•
Iste’mol qilinayotgan mahsulotlar tavsiflari;
•
Reklama va sotuvga xaridorlar munosabati;
•
Narxga bo‘lgan munosabat;
•
Magazinlarga o‘rganish holati;
•
Iste’molchilarning tanlash erkinligi.
Har bir davlatda o‘zining qonunlari, me’yoriy xujjatlari, davlat siyosati barcha
tashkilot va aholi hayotiga ta’sir ko‘rsatadi va muvofiqlashtirib turadi. Qonunlar
ichida savdo markalari royalti, savdo kelishuvi, soliq va tariflar bilan munosabatlarni
muvofiqlashtiruvchi huquq normalari muhim o‘rin egallaydi. Davlatda qabul qilingan
qonunlar marketing tadqiqotlarini o‘tkazishga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rstaadi
hamda marketing tadqiqotlari muammolarini ifodalashda asosiy omil hisoblanadi.
102
Qonun muhiti (legal environment) – tashkilotning faoliyatini tashkil etishni
muvofiqlashtiruvchi siyosat va me’yorlar.
Qonun muhitidan tashqari tashqi muhitning tarkibiga kiruvchi asosiy
komponent tariqasida iqtisodiy muhitning ahamiyati katta.
Iqtisodiy muhit (economic environment) – daromad, narx, to‘plangan zahira,
kredit shartlari, umumiy iqtisodiy holat bilan ifodalanadi.
Iqtisodiy muhit omillari xaridorlarning
sotib olish salohiyati, umumiy (yalpi)
daromad, tovarlar assortimenti, narxlar va boshqa iqtisodiy tomonlarni inobatga
oladi. Masalan, iste’molchi va korxonaning kredit olish imkoniyati iqtisodiyotning
umumiy holatiga uzviy ravishda bog‘liqdir. Davlat iqtisodiy barqarorligini o‘sishi,
aholiga kredit berish imkoniyati oshishiga zamin yaratadi.
Marketing tadqiqotlarini samarali o‘tkazish uchun muammoni aniq va to‘g‘ri
belgilanishi lozim. Marketing tadqiqotlarining muammosini aniqlanishi barcha
faoliyatni to‘g‘ri yuritilishiga, loyihani amalga oshirilishiga asos bo‘lib hisoblanadi.
Tibbiyot sohasida kasalni olish yoki uni davolashda tashxis qo‘yish qanchalik muhim
o‘rin tutsa, marketing tadqiqotlarida uning muammosini aniqlanishi shunday ro‘l
o‘ynaydi. Agar muammo noto‘g‘ri tushunilsa yoki aniqlansa unda vaqt va mablag‘
samarasiz foydalanishga olib kelishi mumkin.
Marketing tadqiqotlari muammosini aniqlash (problem definition)
marketing
tadqiqotlari muammosining umumiy va uning alohida qismlari bo‘yicha aniqlashdan
iborat. Muammoni aniqlash vazifasini bajarish uchun qaror qabul qilayotgan shaxslar,
tarmoq va boshqa ekspertlar bilan suhbat o‘tkazish, ikkilamchi ma’lumotlarni tahlil
etish, ma’lum sifatli tadqiqotlar o‘tkazish marketing tadqiqotlarida muhim
ahamiyatga ega. Bu vazifani bajarish uchun, marketolog tomonidan tashqi muhit
omillarini
tahlil qilgan holda, muammoni paydo bo‘lish holatlari yoritiladi.
Boshqacha qilib aytganda, marketolog tomonidan har bir omilning ta’sirini ko‘ra
bilishi orqali boshqaruv qarorini qanday qabul qilinishi yondashuvi ishlab chiqiladi.
Buning uchun qaror qabul qiluvchi boshqa shaxslar bilan vazifalarni muhokama
qilinishi, tarmoq ekspertlaridan interv’yu olinishi hamda ikkilamchi ma’lumotlarni
taxlil qilishi zarurdir.
103
Oldin eslatib o‘tkanimizdek, marketolog boshqaruv qarorini qabul qilish va
qanday maqsad ko‘zlayotganini aniq bilishi kerak bo‘lsa, menejerlar tomonidan
marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning to‘g‘ri yo‘nalishlarini
belgilab berilishini
tasavvur qilishi lozim. Marketing tadqiqotlarining natijalari va ularning samaradorligi
yeorxonalarda menejer, marketolog va boshqa mutaxassislarning hamkorlikdagi
faoliyatiga bog‘liqdir.
Marketing tadqiqoti muammosi va maqsadlarini aniqlash yalpi tadqiqotda eng
muhim va ma’suliyatli bosqich hisoblanadi. Qo‘pgina hollarda tadqiqot maqsadi uni
vujudga keltirgan muammo bilan bir xil deb qaraladi. Aslida esa, mavjud muammoni
hal etish maqsadga erishish imkonini beradi, deb qaralishi lozim.
Muammoni aniq belgilash, bu tadqiqotni to‘g‘ri
tashkil etish uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Muammoning mantiqan to‘g‘ri, sodda va maqsad sari
yo‘naltirilganligiga alohida e’tibor bermoq lozim.
Aks holda, noto‘g‘ri ifodalangan muammo tadqiqotni maqsad sari yыnaltirilmaslikka,
vazifalarni aniq belgilay olmaslikka, yuqori ortiqcha harajatga olib keladi.
Ushbu muammolar turkumi aniq belgilangan, lekin ularni hal etish tayinli
ketma-ketlikni va kelgusi intilishlar uchun zaruriy ma’lumotlarni to‘plash zaruratini
yaratadi. Jumladan, ilk tashkil etilgan sayoxat yo‘nalishlari davridayoq sayoщatchilar
to‘g‘risida imkoni boricha ko‘proq ma’lumot olish,
ularni tilak va istaklarini
o‘rganish zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: