97
ham jonlanib, oyoqqa turib ketishi juda qiyin kechadi. Chunki vaqt va mablag‘
samarasiz foydalanishga olib kelishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, marketing sohasidagi muammolar aniq hisobotda
ifodalanadigan ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topmaydi. Shu tufayli mazkur sohada
muammolarni aniqlashda sotsiologik so‘rov o‘tkazish lozim bo‘ladi.
Shu tufayli
sotsiologik so‘rovlar bir qancha aniq savollarni qo‘yishni taqozo qiladi. Ushbu
so‘rovnomalar mahsus tayyorlangan savollar yoki anketalar orqali aniqlanadi.
Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Raqobatchilaringizni o‘zingizdan kuchli deb hisoblaysizmi?
•
qancha sub’ektlari va mutahassislari bor?
•
ulardan nechtasi sizdan kuchli?
2. Siz nima qilsangiz raqobatbardoshlikni mustahkamlaysiz?
•
narxni tushurish kerakmi?
•
mahsulot sifatini oshirish lozimmi?
•
arzonlashtirilgan baho bilan tannarxingiz o‘rtasidagi nisbat unchalik yaqin
emasmi?
3. Muvoffaqiyatga erishish uchun muhim deb hisoblaydigan jihatlaringiz
nimada?
•
innovatsiyani joriy qilishda;
•
modernizatsiya qilib, tejamkor texnologiyalarni joriy qilishda;
•
bozorni diversifikatsiya qilishda;
4. Sotilmay qolgan tovarlarning holati qanday?
•
sizda ushbu tovarlar bo‘yicha me’yor bormi?
•
sotilmay qolgan tovarlar ko‘paymayaptimi?
•
pul aylanishida qanday muammolar bor?
•
debitorlar ko‘pmi, muddati o‘tganlari qancha?
•
kreditorlaringiz bilan munosabatlar qanday?
5. Kommunal xizmatlardagi muammolarni ayting!
•
elektr energiya ta’minotida qanday muammolar bor?
98
•
gaz ta’minotidagi muammolar?
•
suv ta’minotidagi muammolar bormi?
6. Yana qanday muammolaringiz bor?
•
kadrlar masalasi va ularning malakasi yetarlimi?
•
bank bilan munosabatda qanday muammolar bor?
7. Muammolarni hal qilish yo‘li bormi? Agar bo‘lsa, o‘zingizning fikringizcha
qanday chora-tadbirlarni qo‘llash mumkinligi xususida
qisqagina tadbirlar aytilib
asoslanadi.
Sotsiologik so‘rov natijasi umumlashtirilib muammolarning umumiy soni
aniqlanadi va ular yo‘nalishlari bo‘yicha tasniflanadi. Oqibatda qaysi yo‘nalishda
muammolar ko‘pligi aniqlanib, ularni bartaraf qilish choralari ko‘rilishi lozim
bo‘ladi. Bunda statistik metodlarning guruhlash, indeks usullaridan foydalaniladi.
Marketing tadqiqotlarida muammolarni aniqlash o‘ta
muhim jarayon
hisoblanadi. Muammo bor narsa, ammo uni ko‘rmasak, ularni hal qilish choralarini
ishlab chiqmasak, oqibati nima bo‘lishi tayin. Shu tufayli
har yili korxonalarning
umumiy soniga nisbatan 17-20 foiz sub’ektlar yangidan tashkil qilinadi, afsuski xuddi
shuncha korxona “yukini tortolmasdan” bankrotlik holatga tushib qolayotganlarini
o‘zlari ham sezmay qolmoqda. Bulardan ham ko‘rinib turibdiki, sotsiologik so‘rov
o‘tkazish orqali muammolarni aniqlash ham o‘ta muhim choralardan biridir. Uning
muhimligiga quyidagilarni kiritish mumkin.
1. Ushbu muammolarning hal qilinishi bilan birorta tovardan qayerda va
qancha ishlab chiqarish lozimligini aniqlash imkonini beradi.
2. Ishlab chiqarilgan tovarni (xizmatni) qayerga,
qancha miqdorda va qancha
bahoda sotish mumkinligini aniqlash bilan birga qaysi bozorni tanlash yo‘llarini ham
ko‘rsatib beradi.
3. Bozorni to‘ldirish uchun qancha tovar (xizmat)ni ichki ishlab chiqaruvchilar
va qanchasini tashqaridan (boshqa hududlardan va tashqi mamlakatlardan) keltirish
lozimligini ham hal qilish yo‘llarini aniqlash imkoniyati yaratiladi.
4. Tovar (xizmat)ni vaqt nuqtai nazaridan (doimiy, mavsumiy) aniq belgilash
imkoni tug‘iladi va ular bilan yil davomida ta’minlashning imkoniyatlari qidiriladi.
99
5. Ishlab chiqarishni va bozorni bevosita aholining milliy tarkibidan kelib
chiqqan holda talablarni qondirish uchun qancha
ishlab chiqarish va sotish
lozimligini aniqlash imkonini beradi.
Ushbu jarayonni yaxlit holda quyidagicha tasvirlash mumkin (4.6-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: