“Shoir bo‘laman” mashqi. O‘quvchilarga qish fasli haqida gi
she’rlarning ikki misrasi beriladi. Ular she’rning davomini yo-
zishga urinib ko‘rishlari lozim bo‘ladi.
Go‘zal bo‘ldi diyorim,
Unga qish kirib keldi.
(Yerlar oq bo‘lib yashnar,
Qor yog‘ib sovuq keldi.)
Endi bo‘ladi bayram,
Endi kelar yangi yil.
(Qish – bu barcha orzular
Ushaladigan fasl.)
Mashqda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.
– Kim she’rni ifodali o‘qib bera oladi? Bunda muallifning kayfiya-
tini namoyon qilishga harakat qiling.
O‘quvchilar xohishiga ko‘ra she’rni o‘qiydilar.
“O‘rnini top” mashqi.
O‘quvchilar tartibsiz berilgan harfl ardan
so‘z yasab, ularni qofiyalari bo‘yicha o‘z o‘rniga joylashlari
lozim bo‘ladi.
TUDAYI → YUTADI
ATRALYIK → YALTIRAR
NALBUK
→ KUNLAB
URYABUR → BUYURAR
Do'stlaringiz bilan baham: |