Dars metodlari: suhbat, “Sandiqchaga joyla”, “O‘rnini top” mashq lari.
Dars jihozlari: qish manzarasi tasvirlangan rasmlar, multimedia ilova-
lari.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilar “Mehnat kishini ulug‘laydi” mavzusida yozib kelgan
kichik hikoyalarini o‘qib beradilar.
“Sandiqchaga joyla” mashqi.O‘tilgan mavzuni mustahkam lash
maqsadida o‘quvchilar aralash tarzda berilgan maqol va topish-
moqlarni guruhlab, alohida sandiqchalarga joylaydilar.
96
Masalan:
Tinmas bitta,
Tinglar mingta.
Jasur bo‘lsang yov qaytar.
Bir ajoyib ishxona,
Ichi doim qishxona.
(Topishmoqlar javobi: radio, muzlatkich, ruchka)
Mashq natijalari e’lon qilinadi.