FK 1: topishmoqlarning javobini topa olish.
Tarbiyaviy: topishmoqlar orqali o‘quvchilar ongiga vatanpar-
varlik, mehnatsevarlik, ilm olishga qiziqish, kamtarlik, oqko‘ngillik
tuyg‘ularini singdirish.
Rivojlantiruvchi:
o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini
shakllantirish, ijodiy faoliyatini rivojlantirish.
FK 2: xalq og‘zaki ijodi namunalaridan topishmoqlarni bir-biridan
farqlay olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Kim topog‘on”, “So‘zlovchi quti-
cha” o‘yinlari.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar bilgan maqollarini “Davom ettir” usuli orqali yoddan
aytib beradilar.
– Maqol deb nimaga aytiladi?
– Mehnatsevarlik haqida maqollarni bilasizmi?
– Maqollar inson hayotida qanday ahamiyatga ega?
Do'stlaringiz bilan baham: |