Lug‘at ishi: namat – yungdan bosib ishlangan palos
mo‘rkon – oshxona, o‘choq va shu kabilarning tutun chiqib ketadi-
gan yo‘li
surunkasi – muttasil ravishda, uzluksiz, beto‘xtov
nazdimda – nazarimda, xayolimda
–
“Namat” so‘ziga ma’nodosh so‘z toping. (palos, sholcha, gilam)
– “Surunkasi” so‘ziga qarama-qarshi ma’noli so‘z ayting. (gohida,
onda-sonda, bir-bir)
– Shu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
She’r mazmuni tahlil qilinadi.
– Bu she’r nima haqida ekan?
– Shoir she’rda tabiat manzarasini ifodalash uchun qanday so‘z va
iboralarni qo‘llagan? Misollar keltiring.
Aybsiz do‘st izlagan do‘stsiz qolar.
Tili po‘lat shovvoz,
So‘zlay olmas beqog‘oz.
Bola – aziz, odobi undan aziz.
97
– Darslikdagi rasmda kimlar va nimalar tasvirlangan? She’rdan shu
rasmga mos misralarni topib o‘qing.