III. Yangi mavzu bayoni.
Doskaga rasmli rebus yopishtiriladi. O‘quvchilar rebusni yechib,
hosil bo‘lgan so‘zni aytadilar.
– Bolajonlar, rasmli rebusning javobi nima ekan?
– To‘g‘ri, rasmli rebusning javobi “Qor” edi.
– Qor qaysi faslda yog‘adi?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan “Rangin qorlar” ertagi bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan yil fasllari, ularning qachon kelishi, fasllardagi
o‘zgarishlar haqida suhbatlashiladi, javoblari tinglanib, to‘ldiriladi.
“Rangin qorlar” ertagi audio orqali o‘qib eshittiriladi.
O‘qituvchi ertak mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |