III. Yangi mavzu bayoni.
– Bugun siz bilan Tursunboy Adashboyevning “Qish” she’ri bilan
tanishamiz.
Videolavha namoyish qilinadi. O‘qituvchi “Qish” she’rini ifo-
dali o‘qib beradi. O‘quvchilarga savollar bilan murojaat eti-
ladi:
– Shox-shabbalar orasidan kim mo‘ralab turibdi?
– Ayiq va quyonning ko‘rinishi qanday bo‘lar ekan?
– Archalarga qanday ta’rif berilgan?
She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
quyrug‘iday – dumiday paxmoq
– tаrtibsiz o‘sib ketgan, hurpaygan
oq tivit
–
hayvonlarning nozik va mayin junidan tikilgan oq narsa
so‘qmoqlar
–
odamlar qatnovi natijasida o‘z-o‘zidan yuzaga kelgan
yolg‘iz oyoq yo‘llar
“Qofiyadoshini top” o‘yini. O‘quvchilar she’rdan berilgan so‘zlarga
mos qofiyadoshini topishlari lozim. Masalan: bo‘ralar-mo‘ralar, serha-
sham-beqasam, qulochini-sochini.
Do'stlaringiz bilan baham: |