Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

 
o‘zaro 
munosabatda bo‘layotgan ikkita ob’ektni tasvirga olish paytida 
tasvirga olish ishlari ular
 
o‘rtasidan o‘tgan munosabat 
chizig‘ining qat’iy bir tomonidan amalga oshirilishi shart
14

E’tibor bering, bu yerda o‘zaro munosabatda bo‘layotgan 
ikkita odam emas, balki o‘zaro munosabatda bo‘layotgan ikkita 
ob’ektni tasvirga olishda deyilyapti. Bu shuni anglatadiki, kadrda 
faqat odam yoki jonli narsalar emas, balki jonli va jonsiz narsalar 
ham o‘zaro munosabatda bo‘lishi mumkin ekan. Malasan, odam 
televizor ko‘ryapti ularning biri jonli ikkinchisi – jonsiz. 
Bundan kelib chiqadiki, biz 2a-tasvirga olish nuqtasini 
yangi 2b-nuqtaga olib o‘tish orqali har ikkala tasvirga olish 
nuqtasining munosabat chizig‘iga nisbatan qat’iy bir tomondan 
joy olishiga erishdik. Buni 28-rasmga kichik o‘zgartirish orqali 
yanada yaqqolroq ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi (26 rasm). 
Muammo yechildi. 
26-rasm. 
O‘ylaymizki, keltirilgan misollar sizga montajning 2-
tamoyili bo‘lgan “Makonda mo‘ljal olish bo‘yicha montaj”ning 
asosiy mohiyatini tushunib olishga imkon berdi.
Agar kameralar ikkita o‘zaro munosabatda bo‘layotgan 
14
Walter Murch. In the blink of an eye. 1995. ISBN -13 978-1879505230, 87-b. 


54
ob’ektlarni tasvirga olish chog‘ida ularning o‘rtasidan o‘tgan 
munosabat chizig‘ining qat’iy bir tomoniga joylashtirilsa bu 
sahnani ekranda ko‘rib turgan tomoshabinda bu holatni bevosita 
hayotda o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turgandek taassurot paydo bo‘ladi. 
Tasvirga olishning bunday amalga oshirilishi tomoshabinlarga 
voqea sodir bo‘layotgan makon, joy va undan o‘rin olgan 
insonlar, boshqa ob’ektlarning joylashgan o‘rinlari haqida to‘g‘ri 
tasavvur hosil qilishlariga imkon yaratadi. 
Ba’zan kino film yaratish jarayonida shunday bo‘ladiki, 
ikkita suhbat qilayotgan insonlarning biri boshqa joyda, aytaylik 
pavilondagi dekoratsiyaning bir qismida va ikkinchi insonning 
tasviri esa umuman boshqa bir joyda olinadi. Hatto bu kadrlar 
boshqa vaqtda, boshqa bir davlatda olingan bo‘lishi ham mumkin. 
Bu kadrlar o‘zaro montaj qilinganida esa tomoshabin bu 
kadrlarning boshqa-boshqa joylarda olinganini sezmaydi ham. 
Bunday holatlar ko‘pincha pavilonlarda dekoratsiyalar yordamida 
suratga olish paytida ko‘p uchrab turadi. Tabiat qo‘ynida tasvirga 
olishda ham bunday holatga duch kelishimiz mumkin. Bir 
qahramonning “Yirik” yoki “O‘rta” planini tasvirga olib 
bo‘lganimizdan so‘ng unga qarama-qarshi holatda turgan ikkinchi 
insonning kadrini tasvirga olishga kadr fonining talabga javob 
bermasligi, haddan tashqari yorqinligi yoki kadr mazmuni va 
sifatiga putur yetkazuvchi ortiqcha predmetlarning kadrga tushib 
qolishi halaqit berishi mumkin. Bu holatda aktyor boshqa 
ma’qulroq fonga olib o‘tiladi va 2-tamoyilning qoidalariga amal 
qilingan holda tasvirga olinadi. Montajdan so‘ng bu kadrlar huddi 
bir joyda olingandek ko‘rinaveradi.
Bu kabi holatlarda rejissyor va operatorlardan alohida 
mahorat talab etiladi. Kadrlarni tasvirga olishda nafaqat 
munosabat chizig‘iga amal qilish, balki yorug‘likning tushishi, 
rang kabi qator jihatlarga ham e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. 
Rejissyor avvalo bunday vaziyatlarda sahnaga oid har bir kadr 
haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi va uning 2-tamoyil bo‘yicha 
montaj yechimini puxta ishlab chiqishi va o‘zi uchun belgilab 
olishi kerak bo‘ladi. Operator ham o‘z navbatida ekranda turli 
kadrlar orqali sun’iy ravishda hosil qilinayotgan muhitning 
tomoshabinlar tomonidan yagona muhit va makondek qabul 
qilinishi uchun bu tamoyilning qoidalarini chuqur bilishi talab 


55
etiladi.
Montajning 2-tamoyilining asosiy maqsadi, har qanday 
vaziyatda ham tomoshabinga biz tasvirga olayotgan makonda 
adashib qolmasligiga erishishdan iboratdir.
Umuman olganda, “Makonda mo‘ljal olish bo‘yicha 
montaj” tamoyili har doim yuqorida aytib o‘tilgan qat’iy qoidaga 
asoslanadi
 
(27-rasm). 
 
27-rasm. 
 
Bu vaziyatda 13-tasvirga olish nuqtasidan tashqari barcha 
nuqtalar to‘g‘ri tanlangan. 
Yana bir bor eslatib o‘tamizki, montajning bu tamoyili 
o‘zaro munosabatda bo‘layotgan barcha ob’ektlarga dahldordir: 
odam bilan odam; biror predmet bilan odam, masalan rassom 
bilan malbert, tomoshabin va kinoekran; xayvon bilan xayvon; 
kema va sohil va hokazo. 
Keling, endi injiq rejissyor baribir bu mustahkam chiziqni 
kesib o‘tishga jazm qilgan vaziyatni ham ko‘rib chiqamiz. 
Chunki, ijod jarayonida rejissyorlar turli kutilmagan qarorlarni 
ham qabul qilishlariga to‘g‘ri keladi. Rejissyor kutilmaganda 
yangi ijodiy g‘oya bilan sahnani boshqa tomondan ko‘rsatib 
berishni istab qolishi mumkin. Umid qilamizki, unda bunday 
qilish uchun rostdan ham arzirli sabablar bo‘lgan.
O‘rinli savol tug‘iladi: xo‘sh bu ishni qanday amalga 
oshirishimiz mumkin? Qanday qilib tomoshabinlar uchun 
noqulaylik tug‘dirmasdan munosabat chizig‘ini kesib o‘tishimiz 


56
mumkin? 
Bu savolga bir emas ikkita javob mavjud. Birinchi variant 
28-rasmda aks etgan. 
28-rasm. Munosabat chizig‘ini kesib o‘tishning 1-usuli.
Rejissyor tasvirga olish chog‘ida kutilmaganda navbatdagi 
kadrni munosabat chizig‘ining qarama-qarshi tomonidan tasvirga 
olishni istab qoldi. U operatordan kamerani 13a-tasvirga olish 
nuqtasidan 13b-nuqtaga o‘tkazishini so‘radi. Operator avvaliga bu 
talabni qabul qila olmadi. Chunki, bu montajnin 2-tamoyili 
talablarini qo‘pol ravishda buzilishiga va natijada filmning 
montaji jarayonida qator jiddiy muammolarning yuzaga kelishiga 
sabab bo‘ladi-da!U vaziyatni taxlil qilib ko‘rib masalaning oddiy 
va qoyilmaqom yechimini topdi. Operator kamerani rejissyor 
aytganidek 13a-nuqtadan 13b-nuqtaga olib o‘tdi, lekin u bu ishni 
bevosita tasvirga olish chog‘ida amalga oshirdi, ya’ni u kamerani 
tasvirga olishdan to‘xtatmasdan munosabat chizig‘ini kesib o‘tdi. 
Qahramonlar esa o‘z joylarini o‘zgartirmasdan rollarini ijro 
etishda davom etdilar. Bu bevosita “kesib o‘tish” sababli 
tomoshabin kameraning munosabat chizig‘ini qanday kesib 
o‘tayotganligiga shaxsan guvoh bo‘ldi va makonda ob’ektlarning 
kameraga nisbatan yangi tartibdagi joylashuviga moslashib oldi. 
Bu o‘zgarish bevosita tomoshabinnin ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi. 
Chap tomonda turgan qahramon endi o‘ng tomondan, o‘ng 


57
tomonda turan ob’ekt esa endi chap tomondan joy oldilar.
Endi sahnaning qolgan 14, 15, 16 va boshqa kadrlarini ham 
munosabat chizig‘inin shu nuqta joylashgan tomonidan suratga 
olish mumkin.
Demak, 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish