bir
epizod yoki ko‘rinish doirasida, aynan bitta insonni tasvirga
tushirishda ikkita ketma ket keluvchi planlarning o‘zaro farqi
ancha sezilarli bo‘lishi kerak.
Biroq bu farq tomoshabinni
chalg‘itib yuboradigan darajada katta bo‘lmasligi, tomoshabinda
ko‘rgan kadrlarini aynan bir epizodga yoki bir ob’ektga tegishli
ekanligiga shubxa hosil qilmasligi lozim.
Yuqorida keltirilgan 1- va 2-misollarda (umumiy o‘rta
plandan – yirik o‘rta planga o‘tish va umumiy o‘rta plandan –
45
umumiy planga o‘tish) kadrlarning o‘zaro farqi yetarli bo‘lmadi.
Natijada tomoshabin ekranda nimadir siltanganini, sakraganini
kuzatdi. Lekin, bir qarashda hech qanday yangilik sodir
bo‘lmagandek tasavvur hosil bo‘ladi. Yoki bo‘lmasa, qahramon
huddi bir qadam oldiga (1-misol) yoki orqaga sakrab olgandek (2-
misol) tasavvur uyg‘onadi.
19-rasm.
Uchinchi misoldagi kadrdan kadrga o‘tishni kuzatadigan
bo‘lsak (yirik plandan – olis planga. 18-rasmda),
bu vaziyatda
tomoshabin ko‘zi bu qadar katta masshtab o‘zgarishiga moslasha
olmaydi va bu ikki kadrda aks etgan ob’ekt aynan bitta ob’ekt
ekanligiga unda shubxa tug‘iladi. Bu narsani anglab yetishi uchun
tomoshabinga qo‘shimcha vaqt kerak bo‘ladi. U yirik planda aks
etgan yuz ko‘rinishi olis planda juda kichkina holda aks etgan
qaysi odamga tegishli ekanligini taxmin qilib ko‘rishdan nariga
o‘ta olmaydi. Natijada tomoshabin filmni ko‘rish, undan ma’naviy
ozuqa olish, uning mohiyatini anglash bir chetda qolib rejissyor
uning oldiga tashlagan “topishmoq”ni yechish bilan ovora bo‘lib
46
qoladi.
Xuddi shunday muammo, agar tomoshabinga detal plan
bilan umumiy-o‘rta planni ketma-ket ko‘rsatilganda, hatto detal
plan bilan yirik-o‘rta planni ko‘rsatilganda ham kelib chiqadi.
O‘zaro biror narsa bilan bog‘lanmagan bu ikki kadrlar o‘rtasida
qandaydir mantiqiy bog‘liqlikni qidiraverib tomoshabin filmdan
charchaydi, uning ongida qandaydir yoqimsiz tassurot uyg‘onadi.
Montaj esa unga juda sezilarli va hatto o‘ta qo‘pol bo‘lib ham
ko‘rinadi.
Insonni tasvirga tushirishda uning plan yirikligini va uning
qo‘shni kadrlari plani masshtabini belgilashga oid barcha
qoidalar, insondan boshqa barcha ob’ekt va predmetlarni tasvirga
olish jarayoniga ham birdek daxldor. Kadrdan kadrga o‘tish
tomoshabin tomonidan, qachonki bu ikki kadr yiriklik va
kompozitsiya tomonlama o‘zaro sezilarli darajada farq qilsagina
yaxshi va to‘g‘ri qabul qilinadi. Biroq bu farq tomoshabinni bu
ikki kadr o‘rtasida biror bir mantiqiy o‘xshashlikni qidirib topish
uchun va qo‘shni kadrlarda aks etgan ob’ekt ham aynan bitta
ob’ektning o‘zi ekanligiga ishonch hosil qilish uchun o‘z miyasini
qo‘shimcha ravishda zo‘riqtirishiga sababchi bo‘lmasligi shart.
Tasvirga olinayotgan ob’ekt chumoli bo‘ladimi yoki vokzal
binosi, kosmik korabl yoki fil, montajning birinchi – “Planlar
yirikligi bo‘yicha montaj” tamoyili amal qilaveradi. Rejissyor
tomonidan montajning birinchi tamoyiliga rioya qilgan holda
amalga oshirilgan plandan planga o‘tish, tomoshabin uchun filmni
ko‘rishda qulaylik yaratish talablariga javob beradi. Ayniqsa,
ko‘p elementlardan tarkib topgan kompozitsiyali kadrlarni
tasvirga olishda mazkur tamoyil talablari to‘liq bajarilishi kerak.
Diqqatli o‘quvchi, nazarimizda, bundan avvalgi sahifalarda
bir nechta vaziyatlarga “kompozitsiyaning o‘zgarishi” degan
iborani ko‘p bor ishlatganimizni sezgandir.
Gap shundaki, kadrdagi ob’ekt masshtabini kattalashtirish
yoki kichiklashtirish kadrlar montajini tomoshabin tomonidan
oson idrok etilishi uchun qulay sharoit yaratish talablaridan faqat
bittasi xolos. Qoidaga ko‘ra, kadrdan kadrga o‘tishda ekranda
ob’ektning joylashgan o‘rnini, kadr kompozitsiyasini birma-bir
o‘zgartirib borish ham kerak. Biroq bu endi montajning oltinchi
tamoyiliga oid qoidalardir va ular haqida keyingi mavzuda
47
batafsil so‘z boradi.
Lekin, bir tomondan, qo‘yilayotgan dramaturgik vazifadan
kelib chiqib montajning yiriklik bo‘yicha montaj tamoyillari
atayin buzilishi ham mumkin. Masalan, rejissyor epizoddagi biror
voqeaga alohida urg‘u berish, tomoshabin diqqatini jalb etish
uchun shunday qilishi mumkin. Aytaylik, film g‘oyasiga ko‘ra,
bir laxzada ekrandagi film qahramonini va ayni paytda
tomoshabinning o‘zini ham kutilmagan dahshat hissini his
qilishga majburlash kerak bo‘lib qoldi. Iste’dodli rejissyor bu
maqsadiga erishish uchun ba’zan montajning ayrim qoidalarni
buzib o‘tishga jazm eta oladi.
Alpinist tamomila yolg‘iz, u o‘z hamroxini topish
maqsadida uzoq vaqt davomida qoyaga tirmashadi. Faqat ikki
kishilashib, birgina arqondan foydalanib, bir-birini asrab va
qo‘llab-quvvatlagan holda ular bu tik qoyalardan pastga qaytib
tushishlari mumkin.
Olis planda tomoshabinga katta qiyinchiliklar bilan, jonini
xatarga qo‘yib tik qoyalar bo‘ylab yuqoriga intilayotgan yolg‘iz
inson ko‘rsatiladi (
14-rasm).
Va nihoyat, zo‘r qiyinchiliklar bilan
alpinist cho‘qqiga chiqadi. So‘nggi kuchlarini to‘plab u cho‘qqi
uchidagi tekis joyga chiqib olish uchun harakat qiladi. Uning
boshini ko‘tarib qoya ustiga qaraydi. Kadr o‘zgaradi. Yirik plan,
alpinist yigitning yuzini bir laxzada daxshatli qo‘rqinch egallaydi
(15-rasm).
Yana
kadr o‘zgarishi. Qahramon nigohi orqali olingan
kadr. O‘rta plan. Katta xarsang ortida uning do‘sti boshi
majaqlangan va mayda toshlarga ko‘milgan holda yotibdi. U
o‘lgan. 19 va 20 rasmlarga qayting va ularning o‘zaro montaj
bog‘lanishini ko‘rib chiqing.
Bunday montaj variantida tomoshabin film qahramoni bilan
birday daxshatni his qiladi. Kutilmagan xolda umumiy plandan
yirik planga keskin o‘tish esa zalda o‘tirgan tomoshabinga o‘ziga
hos “zarba”dek ta’sir ko‘rsatadi. Bu kadr o‘zgarishi umid va
qayg‘u tuyg‘ulari o‘rtasidagi qarama-qarshilikka urg‘u beradi.
Biroq, shu bilan birga, shuni unutmaslik kerakki, urg‘u - bu
“qoida” emas, balki tomoshabinga ko‘rish qulayligini yaratish
qoidalari
va
montajning
birinchi
tamoyili
qoidalarining
buzilishidir. Bu tamoyillarning asoslanmagan, chuqur o‘ylab
chiqilmagan holda buzilishi
albatta bu kabi
montajdan
48
tomoshabinlarning beixtiyor asabi buzilishiga olib keladi. Agar bu
kabi qo‘pol xatolar film davomida ko‘p uchrasa, u xolda
tomoshabinda filmning bu epizodiga nisbatan salbiy kayfiyat va
munosabat shakllanib qolishi mumkin, hatto bu epizodda chuqur
ma’noli jiddiy fikrlar, ijobiy umuminsoniy g‘oyalar ilgari surilgan
bo‘lsa ham. Shunga o‘xshash holatlarni buyuk fransuz rejissyori
J. L. Godarning filmlaridagi ayrim epizodlarda kuzatish mumkin.
Albatta u bu usuldan har tomonlama o‘ylangan va maqsadli xolda
foydalangan. Uning ijodiy yo‘lida “tomoshabinning asab
tolalarini o‘ynash” orqali ularda muayyan his tuyg‘u va fikrlarni
uyg‘otish muhim o‘rin tutgan.
Kadr yirikligi bo‘yicha montaj tamoyillari, qoidalari
qo‘shni kadrlarda bir-biriga o‘xshamagan tamomila turli ob’ektlar
aks etgan xollarda o‘z kuchini yo‘qotadi. Masalan, agar birinchi
kadrda tank askar yigit tomon yurib kelayotgan bo‘lsa, bu kadrni
umumiy planda tasvirga olish va bu uni askar yigitning g‘azab va
nafratga to‘la yuzi aks etgan yirik plan bilan bemalol montaj
qilish mumkin. Bu ikki kadrlarning yirikligi, bu vaziyatda,
istagancha yiriklikda bo‘lishi mumkin va bemalol montaj qilinishi
mumkin. Bu rejissyorning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga bog‘liq
bo‘ladi.
Demak, bu montaj tamoyili talablari faqatgina bitta ob’ektni
va uning harakatlarini turli planlarda tasvirga olish kerak bo‘lgan
vaziyatlar uchungina ishlaydi.
1-tamoyilning asosiy qoidalari:
Do'stlaringiz bilan baham: |