Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

32-rasm. 
 
O‘rinli savol tug‘iladi: ho‘sh 3-tasvirga olish nuqtasi aslida 
qayerda bo‘lishi lozim edi va umuman, kameralarni qanday 
nuqtalarga joylashtirsak tomoshabinga muayyan makonda, joyda 
yoki xonada ro‘y
berayotgan voqeani huddi hayotdagi kabi to‘g‘ri 
yetkazib bera olamiz? 


61
Umid qilamizki, siz o‘quvchi va talabalar, kitobxonlar endi 
biror tasvirga olish nuqtasidan turib tasvirga olingan kadr ekranda 
qanday ko‘rinishda bo‘lishini to‘g‘ri chamalay olasiz va tasavvur 
qila olasiz. Buning uchun sizda kerakli darajada bilim hosil 
bo‘ldi. O‘ylaymizki, tasvirga olish maydoni chizmasiga qarab 
turib tasvirga olish nuqtalari “Makonda mo‘ljal olish bo‘yicha 
montaj” talablariga mos holda tanlanganligi yoki noto‘g‘riligini 
bemalol ayta olasiz.
Albatta, 32-rasmda keltirilgan holatda tasvirga olishni 
istalgan nuqtadan amalga oshirishimiz mumkin. Biroq, faqat bir 
hudud ichidan. Bundan tashqari chizmada shtrixli chiziqlar bilan 
bo‘yalgan joylardan ham tasvirga olish mumkin emas. 33-rasmda 
bu yaqqol tushunarli qilib ko‘rsatilgan. 
Montajning bu tamoyilini yaxshi bilib olgan rejissyor 2-
tamoyil bo‘yicha xatolikka yo‘l qo‘yishdan qo‘rqmasa ham 
bo‘ladi.
33-rasm. 
 
Bu tamoyilni yaxshi bilish reportajlar, xronikal kadrlarni 
ko‘p tasvirga oluvchi rejissyorlar va operatorlar uchun juda 
muhim. Sababi, reportajlarni tasvirga olish paytida juda tez 
ishlashga to‘g‘ri keladi va ba’zan munosabat chizig‘ini xayolan 
chizib o‘tirishga vaqt bo‘lmaydi. Bundan bir necha yillar avval bu 
kabi xatoliklar televidenieda va hususiy filmlarda ko‘p uchrab 


62
turar edi. Umuman olganda bugun ham bu xatoliklar ba’zan 
uchrab turadi. Shuning uchun ham montajning “Makondja mo‘ljal 
olish bo‘yicha montaj” tamoyilini juda yaxshi bilishimiz kerak.
Ming afsus bo‘lsinki, bugungi kunda ham vaqti-vaqti bilan 
“Makonda mo‘ljal olish bo‘yicha montaj” tamoyil qoidalarini 
buzib tasvirga olingan kadrlar turli telekanallarda ko‘rinib 
qolyapti. Hatto, o‘zlarini professional deb ataydigan mutaxassislar 
ham bu xatoga ba’zan yo‘l qo‘yadilar. Bunaqa xatoliklarga yo‘l 
qo‘ymaslik uchun, operatorlar va rejissyorlarga ishlash oson 
bo‘lishi uchun, televidenieda ko‘rsatuv ishtirokchilarini kamera 
oldiga “yoyib yuborish” usulidan foydalana boshlashdi. Studiyaga 
kelgan mehmonlarni deyarli bir chiziq bo‘ylab joylashtirishdi. 
Ularning eng o‘rtasida o‘tirgan suhandon esa boshini hali o‘ngga, 
hali 
chapga 
qarataverib 
charchaydi. 
Bu 
suhbatlarning 
mizantsenasi juda notabiiy, beo‘xshov bo‘lib chiqadi, (34-rasm),
 
lekin ishlashga qulay...!
Albatta, bundan boshqa yana bir xatosiz variant ham 
mavjud: kamerani bir nuqtaga qo‘yib ana shu nuqtadan barcha 
suhbatni tasvirga olaverish ham mumkin. Biroq bu endi g‘irt 
kaltafaxmlik bo‘ladi. Ba’zan, televizion ko‘rsatuvlarni tasvirga 
olish 
paytida 
chalasavodlarcha 
o‘z «rejissyorlik» fikrini 
o‘tkazishga harakat qiladigan rejissyorlar uchun montajga oid 
bilimlarni berishga zarurat mana shu sababdan yuzaga kelgan. 
34-rasm. 


63
Yanada murakkabroq misolni ko‘rib chiqamiz. Katta 
majlislar zalida majlis o‘tkazilmoqda. Har doimgiday, uzun stol 
yonida prezidium a’zolari o‘tirishibdi. Minbarda notiq nutq 
so‘zlamoqda. Bir necha kirish eshiklariga ega bo‘lgan anchagina 
keng zal majlis qatnashchilari bilan to‘lgan. (Tasvirga olish 
rejasida biz vaziyatni matnda yozilganidek batafsil chizib 
o‘tirmaymiz, balki mavzuni yoritib berishimiz uchun kerak 
bo‘lgan ishtirokchilarni va rejissyor va operator tomonidan 
tanlangan hamma tasvirga olish nuqtalarinigina aks ettiramiz 
xolos.) 
Majlis jarayonini televizion ko‘rsatuv sifatida ko‘rsatib 
berishda rejissyor va operator oldida kadrlarni kompozitsiya 
bo‘yicha takrorlamaslik vazifasi turadi. Biroq eng asosiysi
“Makonda mo‘ljal olish bo‘yicha montaj” tamoyili qoidalarini 
buzmaslik, majlis jarayonini buzib ko‘rsatmaslik va tomoshabinga 
majlis ishtirokchilarining joylashgan o‘rinlari haqida to‘g‘ri 
tasavvur berish. Aytish lozimki, bu vaziyat ko‘prok televizion 
ko‘rsatuvlariga xos. 

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish