126
Neytronli komponentaning kenglik effekti birlamchi kosmik zarralar kenglik
effekti darajasicha bo’lib, μ- mezonlarning kenglik effektidan ancha kattadir.
Bundan neytronlar energiyasi uncha kata bo’lmagan va shuning Yer magnit
maydonining o’zgarishini sezuvchi zarralar mahsuloti ekanligi kelib chiqadi.
Shuning uchun kosmik nurlar neytronli komponentasini oqimini o’zgarishi,
energiyasi uncha katta bo’lmagan birlamchi kosmik nurlar oqimini o’zgarishini aks
ettiradi.
Neytronlar asosan energiyasi uncha katta bo’lgan stabil zarralarning
yadroviy ta’sirlari natijasida tug’ilganligi uchun, ular temperatura effektiga ega
bo’lmasdan, uncha katta bo’lmagan barometrik effektga egadir. Ya’ni
neytronlarning intensivligi, qayd qilish detektorlarining ustidagi havo bosimining
o’zgarishiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Neytronlarning
bunday atmosferik
variasiyasiga barometrik effekt deyiladi.
Kosmik nurlar neytronli komponentasini barometrik effektini hisobga olish
matematik usullari ishlab chiqilgan, shuning uchun neytron komponentasini
o’lchash yo’li bilan birlamchi kosmik nurlarni intensivligini vaqtli variasiyalarini
tadqiq qilish, qulay metodlardan biri bo’lib hisoblanadi. Neytronlarni BF
3
gazi
bilan to’ldirilgan proporsional schetchiklar yordamida qayd qilish mumkindir, va
bu yo’l neytronlarni qayd qilishni yagona yo’lidir. BF
3
gazi
11
5
10
5
ваВ
В
izotoplari
aralashmasidan iborat bo’lganligi va neytronlar
10
5
В
gazi bilan reaksiyaga kirganligi
sababli, schetchik yuqori bosimlargacha
10
5
В
izotopi bilan boyitilgan VF
3
gazi bilan
to’ldirilgan bo’ladi. Neytronlar
10
5
В
izotop bilan quyidagi reaksiyaga kiradi.
4
2
7
3
1
0
10
5
He
L
n
B
i
(4.4)
Bunday reaksiya natijasida 2,5 MEV energiya ajraladi ki 1,6 MEV qismi α –
zarralarga mos kelsa, ,9 MEV energiyani Li olib ketadi. Bunday reaksiya natijasida
tug’ilgan har ikki zarra qaramaqarshi
tomonlarga harakat qilib, schetchik ichida
chopish yo’lini to’la ishlatilganda 80000 juft ionlarni hosil qiladi. BF
3
gazi tez
rekombinasiyalanuvchi gazlar sinfiga mansub gaz bo’lganligi sababli. Schetchikni
kuchaytirish koeffisiyenti bir necha mingga teng bo’lib, u uzoq vaqt davomida
stabil ishlaydi. Bunday schetchiklarning voltamper xarakteristikasi, keng to’yinish
toki sohasiga egadir. Chunki ichki α - zarralarning hosil bo’lishidagi impuls
kattaligi, β – zarralar va ionlashgan kosmik zarralar impulslaridan kattadir. Qayd
qilish lozimki, qayd qilishining har bir qadamida
10
5
В
izotopining birgina yadrosi
sarflanadi, shuning uchun bor gazi bilan to’ldirilgan schetchiklarining ishlash vaqti
juda kattadir.
Schetchiklarning turli muhitlar bilan o’rab (ularda zarralarning susaytirishi
va generasiyasi vujudga keladi) turli detektorlarni hosil qilishi mumkindir.
Neytron
monitorlarida schyotchiklar, parafin plastinkalari (ularda
neytronlarning susayishi amalga oshadi) va qo’rg’oshin plastinalari bilan (unda
neytronlar generasiyasi vujudga keladi) o’ralgan bo’ladi. Kuzatishlarning
ko’rsatilishicha (4.4) reaksiyasining ehtimoliyati neytronlar tezligiga teskari
proporsional bo’lib, isiqliq neytronlari uchun maksimal qiymatiga ega bo’ladi.
127
Shuning uchun schetchiklar parafin plastinkalari bilan o’raladi, neytronlar
parafindan susayib o’tib, schetchik yordamida (4.4)
reaksiya natijasida hosil
bo’lgan impuls asosida qayd qilinadi. Bunday detektor Yer atmosferasidan
kelayotgan neytronlarning qayd qilganligi sababli, tashqarida yuz beruvchi
o’zgarishlar, qor yog’ishi yoki yomg’ir yog’ishiga sezuvchan bo’ladi.
Bunday
detektor yordamida qayd qilingan natijalarida, bunday jarayonlarga tuzatma
kiritish ancha qiyin bo’lganligi sababli, lokal (o’z hajmida tug’ilgan
neytronlarning qayd qiluvchi) detektorlardan foydalanadilar. Lokal detektorlarda
schetchiklar qo’rg’oshin qatlami bilan ham o’ralgan bo’ladi. Bunday detektorlarda
Yer atmosferasidan keluvchi neytronlar parafinning
tashqi qatlamidan susayib
o’tib, qo’rg’oshin qatlamida yutiladi. Kosmik nurlarning yadro aktiv
komponentalari tashqiy parafin qatlamidan bemalol o’tib detektorning qurg’oshin
qatlamidan o’tayotganda, qo’rg’oshin muhit atom yadrolari bilan bo’ladigan
kaskad yadro ta’sirlari natijasida neytronlar hosil qiladi. Bunday neytronlarga
karali neytronlar deyiladi. Karrali neytronlar detektorlarning ichki parafin
qatlamidan susayib o’tib, schetchikda (4.4) reaksiya
asosida impuls hosil qilib
qayd qilinadi. Shuning uchun bunday neytronli detektorlarga lokal detektorlar
deyladi. Samarqand neytron supermonitori 4 – seksiyali monitor bo’lib, uninig
harbir seksiyada 6 – ta dan schetchiklar mavjuddir. Bu monitorning effektiv qayd
qilish yuzasi 24m
2
ga teng bo’lib energiyasi 7 GEV dan katta bo’lgan (qayd qilish
joyining geomagnit holatiga bog’liq bo’ladi) kosmik
zarralarni qayd qilishiga
mo’jallangandir. Neytronlarning sanash tezligi o’rtacha hisobda 32000impuls/5
minutga teng bo’lib, kosmik nurlarni intensivligini qayd qilishi aniqligi, nafaqat
katta davrli variasiyalarini qayd qilish, balki kichik davrli variasiyalarni (kosmik
nurlar intensivligini fluktuasiyalarini) ham o’rganish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: