6-Mavzu. Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika) Reja


Axloqning mohiyati va tarkibiy tuzilishi



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana13.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#785574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
No6-Mavzu - uz

Axloqning mohiyati va tarkibiy tuzilishi. 
Ko‘p asrlar davomida, antik davrlardan 
boshlaboq mutafakkirlar axloq haqida juda ko‘p asarlar yozdilar. Ular axloqning 
mohiyatini tushunishga, tushuntirishga harakat qildilar. O‘tgan uzoq tarixiy taraqqiyot 
davrida axloq quyidagicha talqin qilib kelindi:
 
-kundalik hayot aqliy tajribasi
-individning o‘z xulq-atvoridan qoniqishi; 
-burchga sadoqat ramzi; 
-ijtimoiy stabillik va tartibni saqlash vositasi; 
-ijtimoiy foydani talab qiluvchi ijtimoiy hodisa; 
-jamiyatda adolatni qaror toptiruvchi vosita; 
-insonlarning o‘zaro hamjixatligini ta’minlovchi vosita; 
-vijdon ovoziga bo‘ysundiruvchi vosita; 
-inson hayotining oliy ma’nosini anglash yo‘li.
Har bir inson o‘zining butun umri davomida o‘zining qadriyatlar tizimini, o‘zining 
hulq-atvor, yomonlik va yaxshilik, baxt, adolat va boshqa axloqiy kategoriyalar 
xaqidagi tasavvurlarini takomillashtirib boradi.
Insoniyat tarixida axloqiy taraqqiyot bo‘lgan va u davom etib kelmoqda. Bu davom 
etish qat’iy tadrijiylikka ega emas. U goxo susayish, ba’zan esa biroz ortga chekinish, 
ba’zan bir qancha muddat turg‘un turish xususiyatlariga egadir. Lekin katta davrlar va 
tarixiy oraliqlarni olib qaraydigan bo‘lsak, axloqiy taraqqiyotning mavjud ekaniga 
ishonch hosil qilish qiyin emas. Mustabid tuzumlar va shaxslar keltirib chiqargan 
axloqiy tanazzullar xammasi qisqa muddatli hamda o‘tkinchi hodisalardir. Zero 
insonning asosiy mohiyati o‘zini va o‘z jamiyatini taraqqiy ettirib borish bilan 
belgilanadi. Axloq esa ana shu taraqqiyotdan xech qachon chetda turmaydi.
Insondagi ixtiyor erkinligi zaruriyat talabi bilan oqilona, aqlga bo‘ysundirilgan 
ravishda cheklanadi, ya’ni nisbiylashadi. Aks holda, muayyan bir, bir necha inson yoki 
guruhning betiyiq, erkin ixtiyori na faqat boshqa insonlar va guruhlar,balki nabotot, 
hayvonat olami, butun dunyo uchun fojeaga aylanishi mumkin. Ixtiyor erkinligini 
bunday cheklashning, aqlga bo‘ysundirishning asosiy vositasi axloqdir. 
Ixtiyor erkinligi tufayli inson har qadamda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi. 
Bu muammo kishida mas’uliyat hissi mavjudligidan dalolat beradi. Mas’uliyatni, 
o‘zgalar va o‘z vijdoni oldida javobgarlikni sezmagan kishi xoxlagan ishga qo‘l urishi 
mumkin – uni o‘z qilmishining oqibati qiziqtirmaydi, u faqat manfaat ustivorligini tan 
oladi, xolos. Unday odamni axloqsiz deb ataydilar. Zero inson yo ezgulikni, yo 
yovuzlikni tanlashi tufayli nimanidir ixtiyor etadi: axloqiy tanlov – har bir xatti-harakat, 
har bir qilmishning ibtido nuqtasi. Umuman inson va jamiyat axloqiy hayotida 
tanlovning ahamiyati beqiyos. 
Dastlabki axloqiy qonun-koidalar ana shu tanlovni ro‘yobga chiqarishga, yana ham 
aniqroq aytganda, uni osonroq amalga oshirishga xizmat qilgan. Ilk axloqiy qoida 
«o‘zingga ravo ko‘rmagan narsani boshqaga ham ravo ko‘rma” mazmunida dunyoga 
kelgan. Uning hozirgi zamondagi o‘zbekchasi «pichoqni avval o‘zingga ur, og‘rimasa 
o‘zgaga ur”, “o‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil” kabi maqollarda aks etgan. 
“Axloqning oltin qoidasi” deb atalgan ushbu qoida, bizningcha, eng qadimiy axloqiy 
talablardandir. Zero xun olish talabi keyinroq paydo bo‘lgan va insonning asl 
mohiyatiga to‘g‘ri kelmaydigan qoidalardan. Dastlabki axloqiy qonun-qoidalar 
muqaddas kitoblarda o‘z aksini topgan zo‘ravonlikka zo‘ravonlik bilan javob bermaslik 
tamoyili asosida yaratilgan.
Ana shu, inson axloqiy hayotining asosi bo‘lgan qonun-qoidalar hozir ham o‘z 
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Odamlar ularni og‘ir majburiyat deb bilmasdan, dil-dildan 
bajaradigan zamonning tezroq kelishi uchun tinmay harakat qilishlari ahlokiy 
taraqqiyotdan dalolatdir. 
Axloqning tarkibiy tuzilishi murakkab bo‘lib, quyidagi elementlardan iborat:


-axloqiy amaliyot-axloqning muhim va belgilovchi komponenti bo‘lib, insonning 
xatti-harakatlari orqali namoyon bo‘ladi. Faqat inson xulq-atvorining xatti-harakatlarda 
namoyon bo‘lish orqaligina uning axloqiyligi haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
Insonning faoliyati, inson tomonidan axloq normalari va prinsiplarining amaliyotga 
tatbiq qilishi uning axloqiy tarbiyasi, axloqiy madaniyatining ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ma’lumki, har bir faoliyatda aniq bir maqsadni ko‘zlab, tegishli vositalar, usullar 
orqali harakat qilinadi va ma’lum natijalarga erishiladi. Har qanday maqsad albatta 
axloqiy mazmunga ega bo‘ladi. Bu maqsadlar ma’lum vositalar axloqiy mazmuniga 
ko‘ra, qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yoki mumkin bo‘lmagan vositalarga ajratilishi 
mumkin. 
Maqsad va vosita muvofiqligi muammosi – yuridik etikaning muhim masalasidir. 
Hozirgi zamon jinoyat jarayonida maqsad va vosita muvofiqligi muammosi muayyan 
huquqiy va axloqiy asosda hal etiladi. Etikada «maqsad vositani oqlaydi prinsipi, ezgu 
maqsad yo‘lida har qanday vositalarni qo‘llash mumkin» – degan fikr inkor 
etiladi. 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish