O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo‘limi qo‘lyozma huquqida udk: 336. 71


 Banklarning konversion operatsiyalarini yanada rivojlantirish yo‘llari



Download 491,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/27
Sana13.07.2022
Hajmi491,13 Kb.
#785057
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Сувонов А. Тижорат банкларида конверсион валюта операциялар ҳисоби ва аудитини такомиллаштириш

3.2. Banklarning konversion operatsiyalarini yanada rivojlantirish yo‘llari 
Prezidentimizning “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi 
navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni amaldagi valyutani tartibga solish 
tizimini tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini liberallashtirish, barcha tadbirkorlik 
subyektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratishga 
qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Mazkur farmon, chet el valyuta bozori 
liberalizatsiyasida mavjud salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun quyidagi muhim 
vaziyatlarni hisobga olingan holda ishlab chiqilgan deb hisoblaymiz: 
Birinchidan, valyuta bozori liberalizatsiyasining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan 
rasmiy almashuv kursi qadrsizlanishi ko‘lamiga bog‘liq. Eng maqbul variant — 
almashuv kursini talab va taklifdan kelib chiqib belgilash. Bunday ssenariyda 
so‘mning almashuv kursi qisqa muddatli va o‘rta muddatli davrda parallel bozor 
almashuv kursiga yaqin darajada belgilanishi ehtimoli yuqori. 
Ikkinchidan, iqtisodiy siyosatning ko‘plab choralari mavjud valyuta 
rejimidan kelib chiqib ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotganini unutmaslik 
lozim. Bu birinchi navbatda import rejimiga taalluqli. 
Shuning uchun ham so‘m rasmiy almashuv kursining pasaytirilishi import 
tariflari va aksiz solig‘ining pasaytirilishi bilan birga kechishi lozim. Bunday 
yondashuv resurslardan samarali foydalanish va taqsimlash, yashirin import va 
korrupsiyani kamaytirish imkonini beradi. 
Uchinchidan, bu jarayonning aniq bozorlarga bevosita va bilvosita ta’sirini 
aniqlash chel el valyuta bozori liberalizatsiyasidan jamoatchilik foydasini 
oshirishning muhim sharti hisoblanadi. 


68 
To‘rtinchidan, asosan ichki bozor uchun ishlovchi korxonalar, shuningdek, 
tashqi qarzni to‘lash bo‘yicha davlat budjeti va bank tizimlari imkoniyatlarini 
baholash zarur. 
Beshinchidan, barqaror takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash vaqt 
o‘tishi bilan ishlab chiqarish korxonalarining chet eldan xarid qilinadigan (import 
qurilmalar va texnologiyalar) aktivlarini qayta baholashni ko‘zda tutadi. Albatta, 
bunda ularning qiymati import jarayonida sun’iy oshirilmaganligi muhim 
hisoblanadi. 
Oltinchidan, rasmiy almashuv kursining pasayishi ishlab chiqaruvchilar 
uchun o‘z mahsulotlari eksportidan daromadlari oshishini anglatadi, buning 
natijasida eksport mahsulotlarining ichki qiymati oshishi mumkin. Boshqacha 
aytganda, ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotlarini ishki bozorda sotish orqali 
eksportdan kam bo‘lmagan foyda olishga intiladi. Biroq oxirgi yillarda eksport 
subyektlari tomonidan majburiy sotish me’yorlarining qisqartirilishi va eksport 
rejimining liberalizatsiyasini hisobga olib, ushbu faktorning eksport mahsulotlari 
ichki narxlariga ta’siri katta bo‘lmasligini aytish mumkin. 
Yettinchidan, 
o‘ta 
muhim 
masala 
— chet el valyuta bozori 
liberalizatsiyasidan so‘ng milliy valyuta va makroiqtisodiyot barqarorligini 
ta’minlash. Bu masalalarning yechimi ko‘p jihatdan o‘tkazilayotgan islohotlarning 
kompleksligi va sinxronligiga bog‘liq. 
Islohotlarning eng dolzarb yo‘nalishlari quyidagilardir: a) mulk huquqini 
mustahkamlash va sud tizimi islohoti; b) bank tizimlari mustaqilligini ta’minlash, 
banklarni ularga xos bo‘lmagan funksiyalardan ozod qilish va bank sirlariga rioya 
etish; c) moliyaviy va moddiy resurslar ma’muriy taqsimotidan voz kechish va 
ularning erkin bozorini yaratish; d) ko‘p sonli samarasiz soliq imtiyozlarini bekor 
qilish, soliqlar miqdorini kamaytirish orqali fiskal siyosatni mukamallashtirish va 
boshqalar. 
Sakkizinchidan, istalgan islohot, ayniqsa, valyuta siyosati islohoti 
jamiyatning turli guruhlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlashga olib keladi. 
Shubhasiz, liberalizatsiya tufayli yo‘qotishga duch keladigan kishilar guruhi 


69 
topiladi va ular har qanday yo‘l bilan iqtisodiyot liberalizatsiyasiga yo‘l 
qo‘ymaslikka harakat qiladi. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga erkin konvertatsiya kiritilganiga mana bir 
yarim yildan oshdi. Mana shu yillar davomida erkin konvertatsiya natijasida, 
yurtdoshlarimiz qator imkoniyatlarga ega bo‘ldilar. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat 
banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalariga erkin sotishi va konversion 
bo‘limlarida sotib olingan mablag‘larni xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazish, ularni 
chet elda hech qanday cheklovlarsiz ishlatish, yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z 
valyuta mablag‘larini erkin tasarruf etish huquqiga ega bo‘ldilar.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, erkin sotib olinayotgan valyuta 
iqtisodiyotning ertangi kundagi rivojlanish maqsadlariga xizmat qilishi kerak. 
Chunki xorijiy valyutalarni samarali yoʻnaltirish orqali mahalliy ishlab 
chiqarishning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish maqsadida 
investitsiya xarakteriga ega boʻlgan texnologiya, asbob-uskuna, xomashyo va 
materiallarni xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Shu nuqtai nazardan, bizning fikrimizcha, mamlakatimizda konversion 
valyuta operatsiyalarini yanada rivojlantirish uchun, moliya sektorini isloh qilish 
bo‘yicha o‘rta muddatli konsepsiyani ishlab chiqish zarur. Ushbu konsepsiya o‘z 
ichiga uch bandni oladi. Bular:
-
moliyaviy barqarorlikni ta’minlash; 
-
bank sektoriga xususiy kapitalning kirib kelishi uchun sharoitlar yaratish; 
-
bank tizimi orqali iqtisodiyotga pul-kredit siyosati instrumentlarining 
ta’sirini kuchaytirish. 
So‘zimizning isboti sifatida, agar iqtisodiyotimiz moliyaviy barqaror bo‘lsa, 
yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal 
rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va 
tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning 
ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 


70 
rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib 
holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali 
mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb 
etish imkoni paydo bo‘ladi. 
Shuningdek, bank sektoriga xususiy kapital kirib kelishi va bank tizimi 
orqali iqtisodiyotga pul-kredit siyosati instrumentlarining ta’sirini kuchaytirish 
bilan davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib borish imkonini 
vujudga keltiradi. Buning natijasida sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat 
banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga, 
chet el sarmoyalarini kengaytirishga, ichki bozorda narxlarni barqarorlashtirishga 
erishish mumkin.
Yuqoridagi konsepsiya orqali, xalqaro kartalardan xorijda foydalanishdagi 
barcha cheklovlar bekor qilinadi. Konvertsion bo‘limlar orqali xorijiy valyutani 
sotishda komission rag‘batlantirish hajmi eng past darajagacha tushiriladi. 
Bundan tashqari, O‘zbekistan Respublikasida valyuta bozorini rivojlanishiga 
quyidagi omillar sabab bo‘lar edi:

eksportni rag‘batlantirish maqsadida iqtisodiyotni real sektoriga to‘g‘ridan 
to‘g‘ri kiritiladigan xorijiy investitsiyalar salmog‘ini oshirish;

bank xizmatlariga bo‘lgan tariflarning pasaytirilishi;

valyuta tushumlarini ko‘paytirish maqsadida xalqaro turizmni va u bilan 
bog‘liq servis infratuzilmasini rivojlantirish;

bank ishchilarining rivojlangan mamlakatlarda amaliyotni o‘tish yo‘li 
bilan malakasini oshirish;

tijorat banklari o‘z bo‘limlarining telekommunikatsiya tizimlari bilan 
ta’minlanishiga e’tibor berishi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasida valyuta bozori va valyuta operatsiyalarini 
rivojlantirish hamda ularni takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirishni 
taklif etamiz:


71 

birjadan tashqari valyuta bozorini, ayniqsa banklararo valyuta bozorini 
yanada rivojlanishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish. Ya’ni, banklararo bozor 
faoliyatini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi qonun qoidalarni qabul qilish, 
ushbu bozor faoliyatini ta’minlovchi moliyaviy vositachilar va erkin muhit hamda 
moliyaviy ma’lumotlar yoki axborotlar ochiq-oydinligini ta’minlash; 

“Qora bozor”ni butunlay yo‘q qilish.Buning uchun Markaziy bank va 
tijorat banklari valyuta resurslari yordamida valyuta ayirboshlash shahobchalari 
orqali jismoniy shaxslarning naqd valyutaga bo‘lgan talabini qondirish va shu 
orqali naqdli valyuta kursini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish; 
-
valyuta birjasida bo‘ladigan savdo sessiyalarida xorijiy valyutaga bo‘lgan 
talab va taklif tendentsiyalarini hisobga olgan holda valyuta zahiralari hisobiga 
interventsiya instrumentidan foydalangan holda davlatning iqtisodiy siyosatiga 
muvofiq valyuta kursiga ta’sir etish va uni muvofiqlashtirish jarayonlarini o‘z 
nazoratiga olish; 
-
naqd valyuta muomalasi, ya’ni valyuta ayirboshlash shahobchalari 
operatsiyalarini soddalashtirish. Bundan tashqari, valyuta shahobchalari nafaqat 
valyutalarni oldi-sottisi, balki muomala uchun yaroqsiz bo‘lib qolgan kupyuralarni 
yaroqlilariga almashtirish operatsiyalari bilan shug‘ullanishi lozimligini maqsadga 
muvofiq deb hisoblaymiz; 
-
progressiv fond dastaklarini, shu jumladan kommulyativ aktsiyalar, 
konvertatsiyalanadigan obligatsiyalar, ipoteka sertifikatlari, hosilaviy va garov 
qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish va muomalaga chiqarish ko‘lamini 
kengaytirish kerak; 
-
O‘zbekistonda xorijiy valyutani milliy valyutaga konvertatsiya qiladigan 
xorijiy valyutani milliy valyutaga konvertatsiya qiladigan yangi bankomatlar 
sonini ko‘paytirish kerak. Bunday bankomatlarda konvertatsiya funktsiyasi bor 
bo‘lish bilan bir qatorda bir nechta innovatsion xizmatlarni mijozlarga taqdim 
etishi kerak; 


72 
-
ichki bozorni ijtimoiy zarur tovarlar bilan to‘ldirish, tovarlar importida 
bojxona va boshqa to‘lovlar hisobiga narxlarning keskin o‘sib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaslik maqsadida import stavkalari qayta ko‘rib chiqish kerak; 
-
Milliy valyutaga nisbatan ishonchni mustahkamlash uchun ichki bozorda 
barcha hisob-kitob va to‘lovlar faqat so‘mda amalga oshirilishi bo‘yicha me’yorlar 
o‘rnatish kerak; 
Bunda ayirboshlash kursini bozor mexanizmlari asosida shakllantirish 
maqsadida banklararo savdolarda Markaziy bankning ishtiroki kamaytiriladi. 
Alohida hollarda Markaziy bank ayirboshlash kursining haddan ortiq tebranishini 
bartaraf etish uchun xorijiy valyutani sotish yoki sotib olish operatsiyalarini 
amalga oshirishi mumkin. 
Mamlakatimizda valyutani tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy 
etilishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab 
chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirishda 
dasturilamal bo‘ladi. 

Download 491,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish