АL ВUKHARI UNIVERSITY NODAVLAT TA’LIM MUASSASASI 1.Rus sharqshunosligining rivojlanishi. 2.Rus sharqshunoslik maktablari. 3. Rus sharqshunosligining mahalliy tarixchilikka ta`siri MAVZU: RUS SHARQSHUNOSLIK MAKTABI REJA:
Sharqshunoslik - Sharq (Osiyo va Shim. Afrikadagi davlatlar) tarixi, iqtisodi, tili, adabiyoti, etnografiyasi, sanʼati, dini, falsafasi, moddiy va maʼnaviy madaniyatini kompleks oʻrganuvchi fan. shahrining misrshunoslik, assiriologiya (ossuriyashunoslik), semitologiya, arabshunoslik, eronshunoslik, turkshunoslik, xitoyshunoslik, mongolshunoslik, hindshunoslik, yaponshunoslik kabi sohalari mavjud. Fanning rivojlanishi bilan sharqning yana yangi regional shahobchalari (shumerologiya, urartologiya, kumranistika, koreistika va boshqalar) paydo boʻla boshladi.
Rossiya akademik sharqshunosligi tarixi Osiyo muzeyining paydo bo'lishi bilan boshlanadi. Fanlar akademiyasi tizimidagi birinchi maxsus sharqshunoslik muassasasi- Osiyo muzeyi 1818-yilda tashkil etilgan.
Uning direktori etib nemis akademigi Kristian Martin Fren tayinlangan. Muzeyda: sharq qoʻlyozmalari va yogʻoch rasmlari ombori, sharqshunoslikka oid sharq va gʻarbiy Yevropa kitoblari, sharq tangalari kolleksiyasi va kutubxona mavjud edi. Sankt-Peterburgdagi Osiyo muzeyi dunyodagi eng yirik sharq qoʻlyozmalaridan biriga ega edi.
X.D.Fren vafotidan keyin qariyb qirq yil davomida (1842—1881-yillar) Osiyo muzeyiga akademik B.A.Dorn (1805–1881), keyinchalik akademiklar V.R.Rozen, F.I.Videman, V.V.Radlov va K.G.Zaleman rahbarlik qildi.
Afanasiy Nikitin rus sayyohi, savdogar, yozuvchi, “Хожение за три моря” asarining muallifi hisoblanadi. Afanasiy Nikitin 1468-1474-yillarda Fors, Hindiston (Dehli sultonligi) va Turkiya ( Usmonli imperiyasi ) bo`ylab sayohat qilgan va “Uch dengizdan nariga sayohat” kitobida ushbu sayohat tavsifini tuzgan. 15-asrda Rossiyada Afanasiy Nikitinning Hindiston toʻgʻrisida safarnoma chop etildi. Bu safarnoma asosida I.P. Minayev Hindistonga oid o‘z ishlarini olib brogan.
Rossiya Hindshunoslik maktabi asoschisi , sharqshunos-indolog Professor, Davlat maslahatchisi Ivan Pavlovich Minyayev 1840-yil 21-oktabrda Tombov shahrida tug‘ilgan.
Ivan Pavlovich Minayevning ilmiy izlanishlari Janubiy Osiyo davlatlarining qadimgi, o`rta va yangi tarixi ( adabiyoti, falsafasi, tilshunosligi keng madaniyati, geografiyasi, ayniqsa, tarixiy etnografiyasi folklori ) ga qaratilgan. Ivan Pavlovich Minayev buddologiya sohasida keng ko`lamli tadqiqot ishlarini boshlab bergan.
Ivan Pavlovich Minayev 3 marotaba ( 1874-1875, 1880, 1885-1886 ) Hindiston, Birma, Seylon va Nepalga sayohat uyushtirgan va bu sayohatlari davomida izlanishlari haqida kitoblar yozgan.
Konrad Nikolay Iosifovich (1891-1970). 1891 yil 1 (13) martda Riga shahrida tug‘ilgan. Rus sharqshunosi, jahon madaniyati tarixchisi, rus yaponshunosligi asoschisi hisoblanadi. Konrad Nikolay Iosifovich Sharq va yaponshunoslik haqida kitoblar yozgan.
1912 yilda Sankt-Peterburg universitetini tamomlagan; 1914-1917 yillarda Yaponiyada malaka oshirgan. 1920-1922 yillarda Oryol universiteti rektori, 1922-1938 yillarda Petrograd, Leningrad universiteti va Leningrad Sharq tillari institutida dars bergan, 1926 yildan professor lavozimida ishlagan. 1930-1938 yillarda - SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti Yaponiya kabinetining mudiri lavozimida ishlagan. Konrad - rus yaponshunoslik maktabining asoschisi, ko'plab talabalarni tayyorlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |