62
Xalqaro ekspertlar fikriga koʻra, iqtisodiyot erkinlashgan
va investitsiyalar
faollashgan sharoitda valyuta tushumlari va oltin-valyuta zaxiralari koʻpayadi,
natijada, mamlakat eksport salohiyati oshadi.
Ko‘pchilik mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, kapital chiqib
ketishini valyuta cheklashlarini kiritish yo‘li bilan to‘sish mumkin emas.
Rezidentlar kapitalni olib chiqish usulini har doim topa oladilar. Bundan tashqari,
almashuv kursini ma’muriy usullar yordamida to‘g‘rilash va kuchsiz bo‘lgan pul-
kredit siyosati inflyatsiyaning kuchayishiga olib keladi.
Tashqi konvertatsiyaning joriy etilishi yirik subsidiyalar olayotgan bank va
korxonaga, albatta, salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki ular xorijiy valyutani oshirilgan
rasmiy kurs bo‘yicha sotib olish imtiyoziga ega. O‘sib
boruvchi xorijiy raqobat
xalqaro raqobatchilik sharoitlariga moslasha olmagan sanoat sohalariga tahdid sola
boshlaydi. Kuchli devalvatsiya esa qarzni to‘lashga va importga bo‘lgan
xarajatlarning oshishiga olib keladi (buni ayniqsa, import o‘rnini bosuvchi
mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar sezadi).
Mamlakatimizda ham yuqoridagi konvertatsiya bilan bog‘liq bir qator
muommo va qiyinchiliklar yuzaga keldi. Lekin so‘nggi yillarda valyuta siyosatini
takomillashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan sa’y-harakatlar milliy iqtisodiyotga xorijiy
sarmoyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, valyuta siyosatini liberallashtirish,
jumladan,
konvertatsiyaning joriy etilishidan eng ko‘p foydani, albatta, mamlakatimiz
ko‘radi. Masalan, valyuta cheklashlarining bekor qilinishi tanlov imkoniyatini
kengaytiradi, korruptsiya darajasini kamaytiradi, raqobatni
kuchaytiradi hamda
mamlakat uchun foydali bo‘lgan sanoat tarmoqlarini aniqlashga yordam beradi.
Makroiqtisodiy miqyosda esa, bu O‘zbekistonga sof valyuta pasayishini va
inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olishga ko‘maklashadi. Bundan tashqi
savdo hajmining o‘sishi nafaqat O‘zbekistonga, balki savdo hamkorlarimizga ham
foyda keltiradi.
63
Valyuta konvertatsiyasining joriy etilishi bilan fuqarolar tijorat banklarining
konversiya bo‘limlaridan naqdsiz ko‘rinishda xalqaro to‘lov
kartalariga tushirib
berish orqali chet el valyutasi xarid qilishlari mumkin. Milliy valyutadagi to‘lov
ham naqd, ham naqdsiz shaklda – bank to‘lov kartalari (plastik kartalar) orqali
amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda O‘zmilliybank xalqaro to‘lov kartalaridan bemalol xorijiy
davlatlarda foydalanish mumkin. Bankomatlardan hech qanday cheklovlarsiz naqd
pul yechib olish, do‘kon
va mehmonxonalarda, to‘lov kartasi qabul qilinadigan
barcha joylarda karta orqali to‘lov qilish mumkin.
Hozirgi paytda O‘zmilliybank Olmazor filiali tomonidan quyidagi xalqaro
(konversion) to‘lov kartalarini ochish va ishlatish uchun komissiya haqlari olinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: