K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


 Lizing shartnomalari shakllari va tayyorlash bosqichlari



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   127
9.3. Lizing shartnomalari shakllari va tayyorlash bosqichlari
Lizing shartnomasi ishtirok etuvchi tomonlarning munosabatlari aks 
etadigan asosiy hujjat hisoblanadi. U lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida 
tuziladi hamda unda lizing mulki ishlab chiqarishda foydalanish uchun berilishi 
ko‘rsatiladi. Lizing shartnomasi bitim obyekti foydalanishga berilgani va 
ko‘rsatilgan muddat mobaynida ishlashligi sifatida lizing mulki qabul qilingani 
to‘g‘risidagi dalolatnoma imzolangan vaqtdan kuchga kiradi. Mulkning qabul 
qilinganligi 
to‘g‘risidagi 
dalolatnoma 
lizing 
oluvchi 
tomonidan 
rasmiylashtiriladi, lizing shartnomasini unda qatnashuvchi barcha tomonlar 
imzolaydi, ya’ni lizing beruvchi, lizing oluvchi, yetkazib beruvchi - lizing 
mulkini ishlab chiqaruvchi. 
Lizing oluvchi moliyaviy ahvoliga bog‘liq holda, shartnomada lizing 
to‘lovlarini amalga oshirish tartibi kelishib olinadi, u teng ulushlarda, oshib 
boruvchi yoki kamayib boruvchi miqdorda bo‘lishi mumkin. 
Lizing biznesi barqaror rivojlanishi uchun bizning mamlakatimizda lizing 
bitimi qatnashchilarining riskini to‘g‘ri baholash va minimallashtirish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Lizingdan manfaatdor tayinli mijozlarni lizing beruvchining izlashi lizing 
bitimi tuzish bo‘yicha tashkiliy ishlarning umumiy maqsadi hisoblanadi. 
Amalda lizing bitimi tuzish tashabbusi, odatda, tayinli lizing oluvchi tomonidan 
bo‘ladi. U zarur mulkka ega bo‘lgan yetkazib beruvchini mustaqil tanlaydi yoki 
lizing kompaniyasiga yoki tijorat bankiga yetkazib beruvchini topishda yordam 
berishni so‘rab murojaat qiladi. Bunday holda, uskuna turi va lizing 
kompaniyasi tavsiya etganlardan birini tanlash huquqini lizing oluvchi o‘zida 
saqlaydi. 
Tomonlararo o‘zaro munosabatning barchasi keyinchalik tavsiya - ariza 
asosida quriladi, u lizing beruvchiga lizing oluvchi tomonidan beriladi. Ariza 
ixtiyoriy shaklda tuziladi, lekin unda zarur uskunaning texnikaviy tavsifi, uning 
iqtisodiy ko‘rsatkichlari, yetkazib beruvchining nomi va rekvizitlari ko‘rsatilishi 
shart. 
Ariza bilan bir paytda, tayinli lizing oluvchi lizing beruvchiga yuridik 
tasdiqlangan o‘z ustavi va investitsiya loyihasini amalga oshirish biznes-rejasi 
nusxasini taqdim etadi. Ayni shu bosqichda lizing kompaniyalar biznes-rejasini 


184
baholashda ular taklif etgan loyihalar saralanadi. Lizing kompaniyalari qabul 
qilgan murojaatnomalar, ko‘rib chiqilgan loyihalar va amalga oshirilgan 
shartnomalarning nisbatini 100:50:5 ga qiyoslash mumkin. Lizing oluvchilar 
loyihalarining rad etilishiga, ko‘pincha, to‘g‘ri tayyorlangan va o‘z vaqtida 
taqdim etilgan biznes-reja mavjud emasligi sabab bo‘ladi. Mazkur rejaga lizing 
kompaniyalari qo‘yadigan talablar, odatda, bir taxlitda bo‘ladi, bu haqda quyida 
keltirilgan biznes-rejaning tuzilishi guvohlik beradi: 
1)
rezyume (qisqacha xulosalar); 
2)
korxonaning joriy nazorati; 

faoliyat yo‘nalishi;

bozordagi erishilgan yutuqlar;

raqobatdagi mavqeyi;

rahbariyat, mulk shakli, firma boshqaruvining tuzilishi; 

joriy moliyaviy natijalar;

mahsulot tavsifi va tatbiq etilish sohasi;

yetkazib beruvchilar va mahsulot iste’molchilari bilan ishlash tarzi;

korxonani rivojlantirish strategiyasi. 
3)
loyihani amalga oshirish natijasida olinadigan, mahsulot ko‘rsatiladigan 
xizmat: 

loyihada tavsiya etiladigan tovarlar va xizmatlar tavsifi. 
4)
marketing rejasi: 

bozorning ko‘lami va o‘zgarish yo‘nalishi;

lizing oluvchi doimiy mijozlarining tarkibi;

asosiy raqobatchilar tarkibi; 

mazkur tashkilotning aniq afzallik jihatlari va kamchiliklari;

tovarlarning tarqatilish narxi; 

narx shakllanishi;

reklama;

sotuvni rag‘batlantirish usullari; 

firma va uning tovarlari haqida jamoatchilik fikrlarining shakllanishi; 

sotuv hajmi haqidagi mo‘ljal. 
5)
ishlab chiqarish rejasi: 

ishlab chiqarish xonalari va uskunalarning ahvoli; 

materiallar va butlov qismlarining yetkazib berilish manbayi; 

ishlab chiqarish hajmi; 

sifat nazorati; 

atrof-muhitni muhofazalash tizimi va chiqindilarni yaroqsizlantirish. 
6)
tashkiliy reja: 

rivojlanish rejasining mavjudligi; 


185

korxona tashkiliy tuzilishi; 

kadrlarni tanlash; 

joy-joyiga qo‘yish; 

menejment sifati; 

nazorat va monitoring darajasi. 
7)
risklar bahosi: 

ehtimoli bor risklar ro‘yxati, risklarning tabiati va yuzaga kelishi 
mumkinligi ko‘rsatilgan holda, shuningdek, undan ko‘rilishi mumkin bo‘lgan 
zarar hamda ularni minimallashtirish. 
8)
moliyaviy risk: 

moliyaviy rejaga sharhlar; 

kirim va chiqim rejasi; 

ishlab chiqarish va aylanish xarajatlari xususidagi bashorat; 

pulning harakatlanishi xususidagi bashorat; 

moliyaviy barqarorlik tahlili. 
Lizing oluvchi to‘lov majburiyatlarini bajarmagan taqdirda lizing beruvchi 
o‘z ehtiyotini ko‘zlab, mijozning to‘lovga qobilligi nuqtayi nazaridan iqtisodiy 
faoliyatini baholashni o‘tkazadi. Bundan tashqari, lizing beruvchi lizing 
loyihasini mulkni qayta lizingga berish ehtimoli borligini yoki lizing 
oluvchining aybi bilan lizing shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinishiga 
to‘g‘ri kelganda, uni sotishni tahlil etish talab etiladi. 
Lizing oluvchining to‘lovga qobilligini baholash bank mijozlarining 
kreditga qobilligini tahdid qilish uchun qabul qilingan umumiy asoslarda amalga 
oshirilishi mumkin. Biroq lizing operatsiyasi mumtoz talqinda uzoq muddatli 
tavsifga ega ekanligi tufayli lizing beruvchi faqat lizing oluvchining joriy 
moliyaviy ahvoligina emas, balki lizing bitimi muddatiga mos keluvchi, 
istiqboldagi davr ichida barcha to‘lov majburiyatlarini bajarishga qanchalik 
qobilligi bilan ham qiziqishi kerak. 
Uzoq muddat kreditlashda, xuddi uzoq muddatli ijaradagi singari 
korxonaning kreditga qobilligini belgilash mukammal usulining yo‘qligi qarzni 
uzish 
koeffitsiyentini, 
likvidligi 
va 
kreditga 
qobillik 
qo‘shimcha 
ko‘rsatkichlarini tahlil qilish bilan bir qatorda, korxona umumiy iqtisodiy 
barqarorligani baholashga, asosan, uning rivojlanish istiqboli tahliliga alohida 
e’tiborni qaratish lozim. Shuningdek, umumiy konyunkturani, mazkur 
korxonaning bozor raqobatidagi o‘rni va istiqbolini baholash zarur. Mana shular 
asosida lizing kompaniyasi yoki bankning analitik bo‘limi lizing oluvchining 
to‘lovga qobilligi haqida xulosa va u bilan lizing munosabati o‘rnatishi bo‘yicha 
tavsiya tayyorlanadi. Agar tuziladigan bitim katta risk bilan bog‘liq bo‘lsa, 
lizing beruvchi lizing oluvchidan qo‘shimcha kafolatlar talab qilishga haqli. 


186
Lizing bitimi tuzish haqida ijobiy qaror qabul qilish hollarida lizing beruvchi 
foydalanuvchi ariza tavsiyanomasi va uning to‘lovga qobilligi asosida lizing 
mulkining yetkazib beruvchi firma bilan bo‘lajak lizing oluvchi va yetkazib 
beruvchi o‘rtasida kelishilgan oldi-sotdi shartnomasi va texnik shartlar haqida 
bitim tuzadi. 
Buyurtmada lizing beruvchining nomi, manzili, hisob raqami ko‘rsatilgan 
bo‘lishi kerak. Unda yana ish hajmining tavsifi (zarur bo‘lsa, bosqichma-
bosqich bajarilishi) va bajarilish muddati, ishning qiymati, ishni bosqichlar 
bo‘yicha hamda to‘liqligicha topshirish, qabul qilish tarkibi berilishi lozim. 
Buyurtmaga texnikaviy topshiriq (talabnoma) va ishning bajarilishi shartlarini 
belgilovchi boshqa hujjatlar ilova qilinadi. 
Lizing obyektini yetkazib beruvchi buyurtmani olgach, lizing beruvchiga 
uni olganligini tasdiqlovchi ma’lumot yuboradi, foydalanuvchiga uskunani 
yetkazib bergandan keyin o‘z rekvizitini ko‘rsatgan holda ikki nusxada hisob-
kitobni jo‘natadi. 
Qoidaga ko‘ra, oldi-sotdi bitimi tuzish, yetkazib beruvchiga buyurtma-
navbatchi jo‘natish bilan bir vaqtda lizing bitimini yuridik jihatdan 
rasmiylashtirish amalga oshiriladi. 
Agar bitim obyektidan ijaraga foydalanmasa lizing shartnomasini, yuqorida 
esga olingan ikki tomondan tashqari uchinchi tomon — foydalanuvchi ham 
imzolaydi, shu bilan birga foydalanuvchining barcha xatti-harakati, shu 
jumladan, ko‘rilgan zarar uchun yuridik mas’uliyat lizing oluvchi zimmasiga 
tushadi. 
Lizingga olinadigan mulk amortizatsiyasi davriga, odatda, mos keladigan 
ijara muddatini to‘g‘ri belgilash ancha muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiliging ko‘ra, lizing shartnomasi yozma 
ravishda tuziladi va unda bir qancha shartlar (nizomlar) ko‘rsatiladi. “Lizing 
to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, lizing shartnomasida quyidagi talablar 
ko‘rsatilgan bo‘lishi shart: lizing obyektining holati, sharoitlari o‘lchamlari, 
lizing to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddati, tomonlarning lizing obyektidan 
foydalanish, uni saqlash, va ta’mirlash bo‘yicha majburiyatlari, tomonlarning 
ko‘rsatmalari, lizing obyekti va sotuvchini tanlash bo‘yicha javobgar tomon 
hamda boshqalar. Shartnomada tomonlarning kelishuviga asosan yana boshqa 
shartlar ham ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. 
Shuni aytib o‘tish kerakki, lizing bitimida lizing beruvchi va lizing oluvchi 
o‘rtasida tuziladigan shartnomada sotuvchi ham ishtirok etadi va lizing beruvchi 
u bilan lizing obyektini olish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini tuzadi. 
Qonunchilikda lizing oluvchi to‘g‘ridan to‘g‘ri sotuvchiga oldi-sotdi 
shartnomasidan kelib chiqib, shunday talab qo‘yishi mumkinki, lizing 


187
oluvchining e’tiboriga lizing shartnomasining shartlari yetkazilishi yoki u bilan 
kelishilgan bo‘lishi kerak. 
Bu, birinchi navbatda, oldi-sotdi shartnomasi lizing obyektining muddati, 
qo‘yish joyi, qabul jarayoni kabi shartlari, sifat va soni bo‘yicha o‘z e’tirozlarini 
bildirish va boshqalari bilan bog‘liq hamda lizing bitimining barcha – uchala 
tomoni uchun birlamchi ahamiyatga ega. Masalan, qonunchilikka muvofiq, 
lizing oluvchining lizing shartnomasini bekor qilishni talab qilish huquqi lizing 
obyekti ta’minlanmaganda, ta’minlash kechiktirilganda yoki ta’minlash sifati 
oldi-sotdi shartnomasi shartlariga mos kelmagan hollarda ko‘zda tutilgan. 
Shunday qilib, agar tomonlar lizing shartnomasida yuqoridagidek ko‘rsatmagan 
bo‘lsalar, oldi-sotdi shartnomasi shartining buzilishi lizing shartnomasining 
bekor qilinishiga olib kelishi mumkin. 
Oldi-sotdi shartnomasini tuzayotganda, bunday holatlarga tushmaslik 
uchun lizing oluvchi shartnomaning bir tomoni bo‘lib yoki lizing 
shartnomasining ajralmas qismi sifatida oldi-sotdi shartnomasining ilovasi 
nusxasi ishtirok etsa, qulay holat bo‘ladi. 
Va nihoyat, qonunchilikda ikkita shartnoma - lizing va oldi-sotdi o‘rniga 
yagona uch tomonlama, ya’ni lizing oluvchi, lizing beruvchi va sotuvchidan 
iborat lizing shartnomasini tuzish hamda tomonlarning o‘zaro huquq va 
majburiyatlarini belgilash imkoniyatlari nazarda tutilgan. Shartnomani amalga 
oshirishning eng muhim bosqichi lizing oluvchining lizing obyektini qabul qilib 
olishidir. Bunda oldi-berdi dalolatnomasi tuziladi. Yuqorida ta’kidlanganidek 
lizing bitimida uchta tomon qatnashadi va ular lizing obyektini lizing oluvchiga 
topshirishdan manfaatdordirlar. Maqsadga muvofiq ravishda lizing oluvchi, 
lizing beruvchi va sotuvchi bilan dalolatnoma tuziladi va imzolanadi. 
Ko‘pincha, lizing bitimidagi ishtirokchilarning munosabati ikkita shartnoma 
(lizing va oldi-sotdi) bilan rasmiylashtiriladi. Bundan maqsad lizing obyektini 
topshirish tartibini belgilaydigan nizom bir-birini inkor etmasligi kerak. 
Lizing beruvchi lizing oluvchiga o‘zining mulkini egalik qilish va 
foydalanish uchun berib, lizing obyektidan foydalanish hamda qo‘riqlash 
bo‘yicha shartlarini oxirgacha bajarilishini qattiq nazorat ostiga oladi. Shuning 
uchun lizing oluvchining lizing obyektidan, xo‘jalik belgilaganidek, oxirigacha 
bajarishi va o‘g‘irlik, yo‘qotish va buzilishga qarshi xavfsizlik choralarini 
ko‘rishi ko‘pgina lizing shartnomalari nizomida ko‘rsatiladi. Shuningdek, 
shartnomada lizing beruvchining lizing oluvchining to‘lovchanlik qobiliyatini 
baholash maqsadida, uning moliyaviy holati to‘g‘risidagi ma’lumotni talab 
qilish huquqi belgilanadi. Bunday holatda lizing beruvchi lizing oluvchidan 
talab qilish huquqiga ega hujjatlar, ya’ni moliyaviy hujjatlarning aniq ro‘yxatini 


188
va ularning doimiy ravishda berilishini shartnomada ko‘rsatish maqsadga 
muvofiq. 
Lizing oluvchida shaxsiy mulkka ega bo‘lishi uchun moliyaviy manbalar 
yetishmasligi uni moliyaviy ijara mexanizmini qo‘llashga undaydi. Vaholanki
lizing shartnomasi tugashi bilan u mazkur mulkni o‘z ixtiyorida qoldirishni 
xohlaydi. Qonunchilik uning shunday huquqini himoya qiladi (shunday bo‘lsa 
ham ta’kidlash kerakki, lizing oluvchi lizing obyektini o‘ziga olishga majbur 
emas). 
Shu munosabat bilan lizing oluvchining lizing obyektini o‘ziga olish 
mexanizmi va tartibiga lizing shartnomasini kiritish ham maqsadga muvofiqdir. 
Bunda esa shartnomasi muddati tugashi bilan lizing obyektini o‘ziga olish 
huquqini emas, balki uning bahosi va sotib olish to‘g‘risida aniq band kiritilishi 
kerak. Agar lizing shartnomasida faqat sotib olish huquqi ko‘rsatiladigan bo‘lsa, 
u holda bu band sotib olish bitimi tuzilishi oldidan dastlabki bitim sifatida 
qaraladi va lizing shartnomasining bajarilishi o‘z-o‘zidan lizing obyektini olish 
kerakligini bildirmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 361-
moddasiga binoan, tomonlarning kelajakdagi belgilangan ishlarini tugallash 
majburiyatini yuklaydigan shartnoma nizomi (mulkni qo‘lga kiritish) dastlabki 
shartnoma hisoblanadi va agar unda asosiy shartnoma tuzish muddati 
ko‘rsatilmasa, u holda asosiy shartnomani bir yil davomida tuzish kerak. 
Shunday qilib, dastlabki lizing shartnomasi tuzilgandan so‘ng, agarda tomonlar 
lizing obyektini sotib olish to‘g‘risidagi asosiy shartnomani tuzmasalar, lizing 
oluvchining lizing obyektini sotib olish huquqi bir yil o‘tib o‘z kuchini 
yo‘qotadi. Tomonlar lizing shartnomasida lizing obyektini sotib olishning aniq 
vaqtini ko‘rsatishsa, yuqorida qayd etilgan muammolarga duch kelmasliklari 
mumkin. 
Lizing beruvchining lizing bitimi samarasini baholashi mulkka egalik qilish 
va undan foydalanish, shuningdek, risklar qiyosiy darajasini e’tiborga olib 
olinadigan pul mablag‘i joriy qiymatidan soliq to‘langandan so‘ng lizingdan 
tushadigan pul mablag‘i joriy qiymatini qiyoslashga asoslanadi. Lizing lizing 
oluvchi nuqtayi nazaridan katta moliya leverajini ta’minlaydi, ya’ni u soliq 
imtiyozlarini lizing mulkidan foydalanuvchidan kapital yetkazib beruvchi 
zimmasiga o‘tkazadi. Agar bu tomonlar turli soliq imtiyozlari sharoitida bo‘lsa, 
bunda ular, o‘zlari o‘rtasida tuziladigan lizing bitimini tuzish va amalga oshirish 
hisobiga oladilar.
Xulosa 
1.
“Lizing to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni lizing 
munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy hujjat hisoblandi. Ushbu 


189
qonun sanoat, qurilish korxonalari, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va 
fermerlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish va 
xizmat ko‘rsatish hajmini tadrijiy ravishda yanada ko‘paytirib borish uchun 
zarur bo‘lgan lizing xizmatlarini rivojlantirishda asosiy huquqiy bazadir. 
Mazkur qonunga muvofiq lizing investitsiya faoliyati sifatida baholanadi va u 
bir qator soliq hamda bojxona imtiyozlari va afzalliklariga ega bo‘lib, bular 
asosiy ishlab chiqarish vositalarini kam sarf-xarajat bilan yangilash yoki sotib 
olish imkonini beradi.
 
2.
Lizing biznesining o‘ziga xos xususiyati ham lizing bitimining 
ta’minlanishida lizing obyektining muhim ahamiyatga egaligidadir. U lizing 
shartnomasining butun muddati mobaynida lizingga beruvchining mulki bo‘lib 
qoladi. Agar olinayotgan mulk likvidli bo‘lmasa, lizingga beruvchi to‘lov 
qobiliyatining mavjud bo‘lmaslik riskining oldini olish yoki pasaytirish uchun 
lizing bitimining ta’minlanishini talab etishi lozim. Lizing bitimini ta’minlash 
qimmatli qog‘ozlar, topshiriqnoma, bank yoki boshqalarning kafolati kabi 
turlarda bo‘lishi mumkin.
3.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, lizing shartnomasi 
yozma ravishda tuziladi va unda bir qancha shartlar (nizomlar) ko‘rsatiladi. 
“Lizing to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, lizing shartnomasida quyidagi talablar 
ko‘rsatilgan bo‘lishi shart: lizing obyektining holati, sharoitlari, o‘lchamlari, 
lizing to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddati, tomonlarning lizing obyektidan 
foydalanish, uni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha majburiyatlari, tomonlarning 
ko‘rsatmalari, lizing obyekti va sotuvchini tanlash bo‘yicha javobgar tomon v.b. 
Shartnomada tomonlarning kelishuviga asosan yana boshqa shartlar ham 
ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish