177
IX BOB. LIZING MUNOSABATLARINING HUQUQIY-IQTISODIY
ASOSLARI
9.1. Lizing munosabatlarini rivojlantirishning huquqiy-iqtisodiy
asoslari
Yuksak taraqqiyotga ega bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida
lizing shartnomasi muhim o‘rin tutgan bo‘lib, hozirda ham mazkur
shartnomaviy munosabat bir necha davlatlarning iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. O‘zbekiston Respublikasida yirik
sanoat korxonalarini barpo etish, xususan, og‘ir va yengil sanoat sohasini
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash, qishloq joylarda yangi
kichik fabrika va korxonalar qurish hamda ularni jihozlash, ish o‘rinlarini tashkil
etish va milliy mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish dolzarb
masalalardan hisoblanadi.
Butun jahonda qo‘llanilib kelingan va o‘zining ijobiy xususiyatlari bilan
tadbirkorlik subyektlariga imkoniyatlar taqdim etgan lizing yuqoridagi
masalalarni ijobiy hal etish borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Lizing
munosabatlarini tarixiy rivojlanish bosqichlarini tahlil etish orqali shunga amin
bo‘ldikki, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarning taraqqiy etishi va yuksalishida
lizing bozori o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan.
Lizing subyektlari huquq va majburiyatlarini tartibga solishda lizing
shartnomasi tushunchasi, uning boshqa shartnomalardan farqlovchi jihatlari va
yuridik tabiatini aniqlash lizing munosabatlarining har bir davrida dolzarblik
kasb etgan.
Lizing munosabatlarining huquqiy ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra
mamlakatlarni ikki asosiy guruhga ajratish mumkin:
1)
lizing shartnomalarini muvofiqlashtiruvchi maxsus qonunlarga ega
bo‘lgan mamlakatlar;
2)
maxsus qonunchilikka ega bo‘lmagan davlatlar.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi lizing faoliyatini tartibga soluvchi
maxsus qonunga ega bo‘lgan mamlakatlar guruhiga kiradi. O‘zbekiston
Respublikasida lizing munosabatlari 1996-yilda qabul qilingan Fuqarolik
kodeksining 587-599-moddalari hamda 1999-yil 14-apreldagi “Lizing
to‘g‘risida”gi qonun normalari bilan huquqiy tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida ikki yoki bir necha
shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki
bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deb e’tirof etiladi. O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 587-moddasida lizing shartnomasining
tushunchasi berilgan bo‘lib, unga ko‘ra “Lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir
178
taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirig‘iga binoan
sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish
haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing
beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini oladi” deb belgilangan.
Bozor
munosabatlariga
o‘tish
davrida
respublikamizda
lizing
munosabatlarini rivojlantirish va keng yo‘lga qo‘yish uchun xo‘jalik
subyektlarining to‘lov qobiliyatini kuchaytirish, turli tahlikalarning oldini olish,
qayta moliyalash stavkalarini pasaytirish kabi muammolarni qo‘yadi. Hozirgi
bosqichda lizing faoliyatini kengaytirish maqsadida, lizing kompaniyalari uchun
soliq imtiyozlarini yaratish, tezlashtirilgan amortizatsiya siyosatini qo‘llash
imkoniyatlarini lizing infrastrukturasiga yo‘naltirish lozim.
Lizing bozor infratuzilmasining ajralmas qismi bo‘lib, mamlakatimiz
uchun nisbatan yangi moliyaviy dastakni o‘zida mujassam etadi.
Mamlakatimizda 1995-yil 25-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining birinchi
qismi, 1996-yil 29-avgustda esa ushbu kodeksning ikkinchi qismi tasdiqlandi.
Fuqarolik kodeksining 34-bobidagi oltinchi band lizingga, ya’ni moliya
ijarasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda lizing ta’rifi berilgan, jami 13 banddan
iborat bo‘lgan bu modda lizing shartnomasi, obyekti, subyekti, lizing to‘lovlari,
tomonlarning majburiyatlari, javobgarliklari, huquqlari va qator boshqa
masalalarni qamrab olgan.
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi esa lizing kompaniyalari tomonidan
mavjud uskunalarni texnik qayta qurollantirish va yangi ishlab chiqarish
quvvatlarini yaratish borasidagi ko‘plab misollarga boy.
Bu tajribadan samarali foydalanish hamda endigina shakllanayotgan lizing
xizmatlari bozorining to‘laqonli amal qilishini tashkillashtirish maqsadida lizing
faoliyatiga ixtisoslashgan me’yoriy-huquqiy asoslarni shakllantirish zaruriyati
tug‘ildi.
1997-yilda Respublika Vazirlar Mahkamasining ““O‘zkeysagrolizing”
o‘zbek-amerika kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 111-sonli qaroriga
binoan O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi va uning shu’ba korxonasi “Baraka”
ULK OAJga bir oy muddatda “Lizing to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom ishlab
chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritish tavsiya etilgan.
Tayyorlangan hujjat, lizing asosida moliyalashtirishning shartnoma
munosabatlarining qulay sharoitlari va prinsipial asoslarini qamrab olgan edi.
Biroq mamlakat hukumati lizing bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni yanada
mujassamlashtirish, hamda u lizing munosabatlarining barcha jihatlarini qamrab
olishi lozimligidan kelib chiqib vaqtinchalik nizom o‘rniga “Lizing to‘g‘risida”
qonun ishlab chiqish zarurligi haqida xulosaga keladi.
179
1998-yilda Respublika Vazirlar Mahkamasida qator vazirliklar, bank,
moliya va lizing tuzilmalari mutaxassislaridan iborat guruh ish boshlab, u
“Lizing to‘g‘risida”gi qonunning dastlabki loyihasini ishlab chiqdi. So‘ngra bu
qonun loyihasini yanada mukammalroq qilish hamda uni tayyorlashga keng
doirada mutaxassislarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Budjet, bank va moliya masalalari qo‘mitasi qoshida “Lizing
to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlovchi ishchi guruh tashkil etilib, uning
tarkibiga Oliy Majlis deputatlari, qo‘mita a’zolari, Vazirlar Mahkamasi,
prezident devoni, Moliya va Adliya vazirliklari, Soliq qo‘mitasi, Markaziy bank
va “O‘zbeklizing interneshnl” va “Baraka” lizing kompaniyalarining
mutaxassislari kirdilar.
1999-yil
14-aprelda
Oliy
Majlisning
qarori
bilan
O‘zbekiston
Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirdi. Mazkur me’yoriy-
huquqiy hujjat lizing bo‘yicha Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan birinchi
maxsus davlat hujjati bo‘lib, unda lizing operatsiyalarini amalga oshirish tartibi
va shartlari, ishtirok etadigan subyektlarning huquq va majburiyatlari, lizing
obyektining ta’rifi va lizing faoliyatini belgilovchi me’yorlar o‘zining aniq
aksini topdi.
Mamlakatda lizing munosabatlarining rivojlanishi hamda respublika tijorat
banklarining moliyaviy xizmat turini ko‘plab ko‘rsatishga jalb qilish maqsadida,
O‘zbekistan Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1997-yil
29-martda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan lizing
operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qoidalari muhim rol o‘ynadi.
Xususan, bu hujjat tijorat banklarining lizing bozorida faoliyat yuritish
me’yorlarini aniqlab, bank mijozlari bo‘lgan kichik va o‘rta biznes subyektlariga
banklar tomonidan lizing xizmatlarini bajarish uchun huquqiy asoslarni yaratdi.
Ularning lizing xizmatlari qator xususiyatlarga ega bo‘lib, avvalo, deyarli barcha
banklar lizing loyihalarini o‘zlari uchun past rentabellik bilan amalga oshirdilar.
Bu hol mamlakatning o‘rta va uzoq muddatli kreditlari uchun mavjud, ammo
lizing operatsiyalariga nisbatan qo‘llanilmaydigan soliq imtiyozlari bilan bog‘liq
edi. Tijorat banklari mijozlarning lizing loyihalarini kreditlash stavkasi bo‘yicha
moliyalashtirgan va ularning foydasi QQS hisobiga kamaygan. 2002-yil 28-
avgustdagi “Lizing tizimini rivojalantirishni yanada rag‘batlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni hamda
Markaziy bankning “Tijorat banklarining moliyaviy lizing operatsiyalarini olib
borish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga kiritilgan tuzatish va qo‘shimchalar banklar
uchun lizing operatsiyalarini faol amalga oshirishga shart-sharoit yaratib berdi.
Lizing beruvchilarni lizing operatsiyalarini o‘tkazish chog‘ida qo‘shilgan qiymat
180
solig‘idan ozod etilishi, lizing xizmatlari bozorida banklarning faol ishtiroki
uchun huquqiy va iqtisodiy asoslarni yanada mustahkamladi hamda rivojlantirdi.
Respublikamizda lizing munosabatlarini rivojlantirishning huquqiy
asoslarini takomillashtirish yo‘lidagi vazifalardan biri bo‘lib “Investitsiya
faoliyati to‘g‘risida”gi, “Lizing to‘g‘risida”gi qonunlarni xalqaro lizing
qonunchiligi va davlat iqtisodiyotiga oid boshqa qonunlar bilan tartibga
keltirilishi hisoblanadi. Bunda Ottavada qabul qilingan (1988-yil) va 1995-yil 1-
maydan kuchga kirgan BMT konvensiyasi qoidalari va ushbu konvensiyaga a’zo
bo‘lgan hamda bo‘lmagan davlatlar qonunchiligini inobatga olish asosiy
muammolardan biri edi.
Lizing bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish
maqsadida mamlakatda huquqiy islohotlar davom ettirildi. Yuqorida qayd
etilgan Prezident farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonuniy
hujjatlariga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul
qilinib, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va Soliq kodeksiga,
O‘zbekiston Respublikasi “Lizing to‘g‘risida”gi va “Bojxona ta’riflari
to‘g‘risida”gi qonunlariga bir necha marotaba o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritildi. Lizing to‘lovlarini qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish, lizingga
berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan
texnologik uskunalarni QQS va bojlardan ozod etish, xo‘jalik subyektlarini,
lizing oluvchilarni lizingga berilgan mulkni mulk solig‘idan ozod etish va
boshqalar kabi jiddiy soliq imtiyozlari berilishi ushbu me’yoriy-huquqiy
hujjatlarni qabul qilinishining natijasi bo‘ldi.
2003-yil 16-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining
260-raqamli “Istiqbolda valyuta kurslarini unifikatsiyalash va valyuta bozorini
liberallashtirish tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori lizing operatsiyalarini amalga
oshirishda valyuta hisobiga lizing obyektlarini import qilish shart-sharoitlarini
yengillashtirdi, hamda xalqaro lizing operatsiyalarini rivojlanishiga keng
imkoniyatlar yaratdi.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda lizingni tartibga soluvchi qonunchilik
huhhatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1)
O‘zbekistan Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi qonuni;
2)
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;
3)
O‘zbekistan Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi;
4)
Xalqaro moliyaviy lizing to‘g‘risidagi UNIDRUA konvensiyasi;
5)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Lizing tizimini rivojlantirishni
yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 28-avgustdagi
farmoni;
181
6)
O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “Lizing tizimini rivojlantirishni
yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni;
7)
O‘zbekistan Respublikasi “Bojxona tariflari to‘g‘risida”gi qonuni;
8)
O‘zbekistan Respublikasi Bojxona kodeksi;
9)
O‘zbekiston Respublikasi Milliy buxgalterlik hisoboti standarti (MBHS).
Yuqorida aytib o‘tganimizdek lizing munosabatlarini huquqiy bazasini
yaratish bo‘yicha O‘zbekistonda juda ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirga
kunda O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolik kodeksi” va 1999-yil 14-aprelda
qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Lizing to‘grisida”gi qonun va birinchi
prezidentimiz I.Karimovning mazkur fuqarolik-huquqi institutlari bilan bog‘liq
qator farmonlari qabul qilingan va ularda lizing tushunchasi, subyektlari
huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi masalalari, shartnoma tuzish tartibi,
shartnoma obyektlari, fuqarolik huquqining mazkur institutini rivojlantirish
yo‘lidagi dolzarb masalalar o‘z yechimini topmoqda va yaratilishi kerak
bo‘lgan sharoitlar, imtiyozlar hamda boshqalar belgilangan, kafolatlangan,
mustahkamlanib o‘tilgan.
Lizing bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarning rivojlanishi bevosita bozor
munosabatlarining rivojlanishi talablaridan kelib chiqadi va bu institut har
qanday ishlab chiqarish, mulk shakllariga va ishlab chiqarish usuliga
asoslangan jamiyat bazasining rivojlanishi uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Lizing
ishlab chiqarish subyektlari - korxonalarning asosiy fondlarining asosiy
qiymatini shakllantirishga va uni ekspluatatsiya qilish natijasida korxonaga,
xo‘jalik subyekti aylanma mablag‘ shaklida tezroq va qisqa muddatlarda
qaytishiga ko‘maklashadi. Davlatimiz iqtisodiyotini ko‘tarishning asosiy
yo‘llaridan biri – bu iqtisodiy rivojlangan davlatlarning lizing amaliyotini
o‘rganish, ularda qo‘llaniladigan ijobiy usullardan foydalanish, respublikada
lizing munosabatlariga keng yo‘l ochib beruvchi qonun va qonunosti hujjatlarni
tahlil etishdir.
Xususan, dunyoning barcha mamlakatlarida, hozirda lizing munosabatlarini
huquqiy tartibga soluvchi maxsus qonunlar qabul qilinib, ushbu shartnomaviy
munosabatni yanada rivojlantirish yo‘lida bir necha davlatlarda yetarli
imtiyozlar yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |