ayrim hollarda esa bank krediti evaziga sotib olgan mulkka nisbatan
lizingga olingan mulk bahosining yuqori bo‘lishi;
oshirib yuborilgan lizing to‘lovlari mahsulot bahosining oshib ketishi va
uning raqobatbardoshligining kamayishiga olib kelishi mumkin.
Keltirilgan kamchiliklar kapital qo‘yilmalar shaklidagi xarajatlashning
ushbu usuliga berilgan umumiy ijobiy bahoga unchalik ta’sir ko‘rsatmaydi.
Tezkor lizing
(tezkore leasing) – bunda shartnoma muddati mol-mulkning
iqtisodiy ishlatish muddatidan kamroq. Tezkor lizingda ijaraga mol-mulkning
qiymati qisman to‘lanishi kuzatiladi (non – fullpazout lease) va shuning uchun
172
lizingga beruvchi uni, odatda, turli foydalanuvchilarga bir necha bor
vaqtinchalik foydalanishga berishga majbur.
Tezkor lizing - lizing beruvchi mulkni sotib olib, uni lizing predmeti
sifatida belgilangan to‘lov hisobiga, shartnomada belgilangan ma’lum bir
muddatda tegishli shartlar asosida vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishni
lizingga oluvchiga beradi (8.4.2 – chizma).
8.4.2-chizma.
Tezkor lizing sxemasi
Operatsion lizing bitimi bo‘yicha - bino va asbob-uskunalarni qisqa
vaqtga (bir kundan bir yilgacha yoki undan ko‘proqqa) lizingga olganda, lizing
beruvchi asosiy vositalarni ta’mirlash va lizingni amalga oshirish bo‘yicha
xarajatlar deb ataluvchi joriy xarajatlarni to‘lash, masalan, soliqlar va mulk
sug‘urtasini to‘lashni o‘z zimmasiga oladi. Tezkor lizing moliyaviy lizingdan
quyidagi jihatlar bilan farq qiladi:
qisqa muddatliligi;
lizing obyektini lizing shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng lizing
beruvchiga qaytarilishi;
lizingga beriladigan mulklarning chegaralanganligi;
lizing beruvchi lizingga beriladigan predmetni aniq yetkazib beruvchisini
topish majburiyatiga ega emasligi;
hisobga olishdagi farqlar;
oldindan qisman to‘lovning, ya’ni avansning mavjud emasligi (bir oy
Kreditor
Sug’urta kompaniyasi
Kredit shartnomasi
Sug’urta shartnomasi
Lizing beruvchi
Savdo-sotiq shartnomasi,
texnikani yetkazib berish
Operativ lizing shartnomasi,
texnikani yetkazib berish
Yetkazib beruvchi yoki
ta’minotchi
Lizing oluvchi
173
muddatga foydalanishga beriladi).
Agar lizing shartnomasida yuqoridagi talablarning birortasi ham
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda lizing tezkor lizing hisoblanadi.
Lizingning ushbu turi buyum hayot siklining muddati ijaraning kontrakt
muddatidan ahamiyatli darajada yuqori bo‘lib, uskuna ijaraga qisqa muddatlarga
berilganda qo‘llaniladi. Tezkor lizingda ijara vaqti davomida uskuna to‘liq
amortizatsiyalanmaydi va qaytadan ijaraga berilishi yoki ijaraga beruvchiga
qaytarilishi mumkin. Amaliyotda tezkor lizing operatsiyalari uch yillik davrdan
oshmaydi. Bunday bitimlarda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini oldindan
ogohlantirish sharti bilan kontraktni bekor qilish huquqini saqlab qoladi.
Lizingning ushbu turi ijara obyekti saqlanishi uchun ijaraga beruvchi ko‘proq
mas’uliyatga egaligini nazarda tutadi. Ijaraga beruvchi uskunani ta’mirlash va
texnik xizmat ko‘rsatish uchun mol yetkazib beruvchi firma bilan mustaqil
shartnoma tuzish bo‘yicha o‘ziga majburiyat oladi.
Tezkor lizing quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:
lizing shartnomasining muddati mol-mulkning me’yoriy xizmat
muddatidan kam ahamiyatli, shu sababli lizinga beruvchi mol-mulk qiymatini
bir shartnomadan keladigan tushumlar hisobiga qoplashni nazarda tutmaydi;
mol-mulk lizingga ko‘p marotaba beriladi;
lizingga oluvchi talabnomasi bo‘yicha olingan mol-mulk emas, balki
lizing kompaniyasida mavjud bo‘lgan mol-mulk beriladi. Boshqacha qilib
aytganda, lizing kompaniyasi mol-mulkni sotib olar ekan, uning aniq
belgilangan
foydalanuvchisini
bilmaydi.
Shu
bois,
tezkor
lizingda
ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyalari yangi bilan bir qatorda, foydalanishda
bo‘lgan lizing mol-mulk bozori kon’yunkturasini yaxshi bilishi lozim;
texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, sug‘urtalash bo‘yicha majburiyatlar
lizing kompaniyasining zimmasiga yuklatiladi;
agar ko‘zda tutilmagan vaziyatlarga ko‘ra mol-mulk foydalanish uchun
yaroqsiz holda kelsa, lizingga oluvchi shartnomani bekor qilishi mumkin;
lizing mol-mulkining tasodifan nobud bo‘lish, yo‘qotilish, buzilish
tavakkalchiligi lizing beruvchining zimmasida bo‘ladi;
tezkor lizingda lizing to‘lovlarining miqdori moliyaviy lizingga
qaraganda, yuqoriroq bo‘ladi, chunki lizingga beruvchi, masalan, mol-mulkni
qaytadan topshirish uchun mijozlar bo‘lmasligi, mol-mulk buzilishi yoki nobud
bo‘lishi bilan bog‘liq qo‘shimcha tavakkalchiliklarni hisobga olish lozim;
shartnoma muddati tugagandan keyin, odatda, mol-mulk lizingga
beruvchiga qaytariladi.
174
Lizing ushbu turining shakllanishi va rivojlanishi lizing uskunalarining
ikkilamchi bozori paydo bo‘lishi bilan vujudga keladi, zero ijaraga beruvchida
lizing muddati tugagandan keyin mol-mulkni boshqarish lizingga qaytarilgan
mol-mulkni qayta sotish sohasida ish olib borishni taqozo etadi.
Shunday qilib, hozirgi zamonaviy jahon xo‘jaligida, lizing munosabatlari
oddiy ijara munosabatlaridan innovatsion lizing operatsiyalari darajasiga
ko‘tarildi.
Xulosa
1.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalar bilan qayta
jihozlashda lizingning o‘rni beqiyosdir. Lizing atamasining terminologiyaga
kirib kelishi iqtisodiyotda yangi sohaning yaratilishiga asos bo‘ldi. Lizing bilan
kredit o‘zaro mos shartlarga egaligi tufayli bu xizmat turi bank amaliyotiga keng
tatbiq qilindi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda lizing operatsiyalariga nisbatan
investitsiyaviy soliq imtiyozlarining qo‘llanilganligi lizing asosida kreditlash
amaliyotining rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Lizingning afzallik tomoni unda
garovning mavjud emasligidir, lizing obyektining o‘zi garov sifatida olinadi va
lizing obyektini sug‘urtalash bank uchun ham, lizing oluvchi uchun ham
foydalidir.
2.
Lizing - moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing
beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi
tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing
obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan
shartlarda haq evaziga egalik qilish hamda foydalanish uchun o‘n ikki oydan
ortiq muddatga beradi.
3.
Tahlillarga ko‘ra, lizingning quyidagi turlari mavjuddir: bevosita lizing,
moliyaviy lizing va tezkor lizing amaliyoti. Biroq hozirgi zamonaviy jahon
xo‘jaligida, lizing munosabatlari oddiy ijara munosabatlaridan innovatsion lizing
operatsiyalari darajasiga ko‘tarildi va amaliyotda eng ko‘p foydalaniladigan
lizingning ikki asosiy turi ajratib ko‘rsatiladi: tezkor va moliyaviy.
4.
Tadbirkorlar lizing qiymati ssudaga teng yoki undan past bo‘lganda undan
foydalanadilar. Lizingdan foydalanish soliq imtiyozlari amal qilganda samarali
bo‘ladi. Yuqorida biz lizing investitsiya qilishning bir usuli deb ta’kidladik.
Demak, lizing operatsiyasini amalga oshiradigan subyektlarga ham investitsiya
qilishga beriladigan imtiyozlar tizimini berish lozim.
5.
Lizing operatsiyalarini moliyaviy jihatdan baquvvat, vaqtinchalik bo‘sh
pullarga ega bo‘lgan yoki ularga tez erisha oladigan xo‘jalik subyektlari amalga
oshirishi mumkin. Hozirgi paytda bunday iqtisodiy sharoit respublikamiz
banklarida mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |