192
X BOB. LIZING TO‘LOVLARI HISOB-KITOBI
10.1. Lizing to‘lovlari hisob-kitobi va ularni amalga oshirish tartibi
Lizing to‘lovi lizing amaliyotining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u
o‘zida lizing subyektlarining tub manfaatlarini ifodalaydi. Lizing
munosabatlarining samarali kechishi va uning ijobiy yakun topishi lizing
to‘lovlarining qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liqdir. Shu sababli
lizing to‘lovlari summasini to‘g‘ri aniqlash va uni o‘z
vaqtida amalga oshirish
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Rivojlangan
mamlakatlarda lizing to‘lovlari bilan bog‘liq amaliyotlarni bajarish bo‘yicha
katta tajriba to‘plangan. Lekin lizing to‘lovlari har bir mamlakatning ichki
qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshirilganligi bois, lizing to‘lovlari
tarkibini aniqlash, uning summasini hisoblash va to‘lov davrini to‘g‘ri
belgilashda qaysi usulni qo‘llash masalasi o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.
Lizing to‘lovlariga oid ta’rif O‘zbekiston
Respublikasi Fuqorolik
kodeksining 590-moddasida va “Lizing to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasida
bayon qilingan. Shularga asosan, lizing to‘lovlarining umumiy yig‘indisi
quyidagilardan iborat:
lizing shartnomasiga asosan berilayotgan mulkning umumiy bahosi yoki
shunga yaqin qiymat o‘rnini to‘ldiruvchi summa;
lizing beruvchining ma’lum loyihaga asosan lizing obyektini xarid qilish
uchun foydalanilayotgan kredit zaxiralari badaliga to‘lanadigan summa;
lizing beruvchining vositachilik haqi, lizing beruvchining shartnomada
ko‘zda tutilgan boshqa sarf xarajatlari (bunday xarajatlarga lizing asosida ijaraga
berilayotgan mulkka texnik xizmat ko‘rsatish, xodimlarni o‘qitish kabi xarajatlar
kiradi).
Lizing to‘lovlarining umumiy summasi butun
lizing kelishuvi davomida
quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
1)
lizing mulki amortizatsiyasi;
2)
lizing bitimini amalga oshirish uchun lizingga oluvchi jalb etadigan
kredit resuslari uchun to‘lov;
3)
komission mukofot;
4)
lizingga beruvchi lizing oluvchiga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatganligi
uchun to‘lov;
5)
agar lizingga beruvchi sug‘urtalangan bo‘lsa, lizing
mulkini
sug‘urtalagani uchun to‘lov.
Lizing to‘lovlarida qo‘llanilayotgan hisoblash usuliga qarab quyidagilarni
ajratish mumkin
:
193
lizingga beriladigan uskuna qiymatidan amortizatsiya ajratmalari, lizing
uchun foiz, qo‘shimcha taqdim etilgan xizmatlar uchun to‘lovlar
va lizing
beruvchiga har bir davrning oxirida to‘lanishi lozim bo‘lgan komission haqdan
iborat bo‘lgan to‘lovlar;
kelishuv imzolangan paytda mol-mulkni lizingga oluvchi dastavval
lizingga beruvchiga belgilangan miqdorda bo‘nak (depozit) taqdim etgan
holatlarda, uskuna ishlatilish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risida dalolatnoma
imzolangandan keyin, lizing to‘lovlarining umumiy summasini (bo‘nak
chegiriladi) muntazam badallar orqali to‘lab borganda kuzatiladi;
hisob-kitob kelishuvida qandaydir sabablarga ko‘ra,
qandaydir
belgilangan foizga asoslangan aniq bo‘lmagan to‘lovlar. O‘zaro kelishuv
bo‘yicha lizingga olingan uskunada ishlab chiqarilgan mahsulot sotuvining
hajmi, sotuvdan olingan foydaning summasi yoki lizing shartnomasining amal
qilish muddatida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan boshqa parametrlar asos qilib
olinishi mumkin.
Davriylik bo‘yicha to‘lovlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
lizing
kelishuviga ilova qilingan, kelishuv taraflari tomonidan
kelishilgan jadval bo‘yicha to‘lanadigan davriy (har yilgi, har chorakdagi, har
oydagi) to‘lovlar;
agar kelishuvda lizingga beruvchiga bo‘nak to‘lanishi nazarda tutilgan
bo‘lsa, bir vaqtda to‘lanishi qo‘llaniladigan to‘lovlar;
agar lizing kelishuvda bo‘nak to‘lovi nazarda tutilgan taqdirda, u davriy
to‘lovlar bilan murakkablashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Lizingga oluvchining moliyaviy holati va to‘lov qobiliyatini inobatga olib,
kelishuvda lizing to‘lovlarining turli usullari belgilanishi mumkin va ularga
muvofiq quyidagi to‘lovlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
chiziqli to‘lov usuli;
mavsumiy to‘lov usuli;
o‘sib boruvchi to‘lov usuli. Bu, asosan, lizingning boshlang‘ich
bosqichida foydalanuvchi tomonidan lizing to‘lovini
kamroq ulushlar bilan
kiritish, keyinchalik esa uskuna o‘zlashtirilib borishi va unda ishlab
chiqarilayotgan mahsulot sur’ati o‘sib borishiga qarab ushbu ulushlarni oshirib
borish. Bu usul barqaror moliyaviy holatga ega bo‘lmagan lizingga oluvchilar
tomonidan qo‘llaniladi;
kamayib boruvchi to‘lov usuli. Barqaror moliyaviy holatga ega bo‘lgan
lizingga oluvchilar tomonidan qo‘llaniladi, bunda foydalanuvchi lizingning
boshlanish davrida lizingga beruvchiga o‘z qarzining
asosiy qismini kiritishni
afzalroq ko‘radi (10.1
Do'stlaringiz bilan baham: