.
(10.1.4)
bu yerda:
KH - kredit hajmi;
196
VS - vositachilik xarajatlari yillik stavkasi.
Yuqoridagi misol bo‘yicha vositachilik stavkasi darajasi (VS) yillik 0,2%
ga teng bo‘lsa, vositachilik xarajatlarining yillik summasi 20 ming so‘mga teng
bo‘ladi (10000 x 0,002 =20 ming so‘m; 5 yil uchun 20 *5 =100 ming so‘m).
Bundan tashqari, lizing beruvchi lizing obyektini saqlash, uni lizing
oluvchiga yetkazib berish, o‘rnatish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha
xodimlarni o‘rgatish va turli maslahatlar berish kabi qo‘shimcha xarajatlar
qiladi. Qo‘shimcha xarajatlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
.
(10.1.5)
bu yerda:
SX - xizmat safari xarajatlari;
KX - ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha xarajatlar;
RX- reklama xarajatlari;
BX - boshqa xarajatlar.
Agar QX - qo‘shimcha xarajatlar summasi 80 ming so‘mni tashkil etgan
bo‘lsa, yuqoridagi misol bo‘yicha jami lizing to‘lovlari summasi 15180 ming
so‘mga teng bo‘ladi (10000+5000+100+80=15180).
Lizing to‘lovlarining muddati tomonlarning kelishuviga muvofiq ma’lum
davrlarga bo‘linishi, odatda, har oyga, har chorakka va yilga bo‘lib o‘rnatilishi
mumkin. Lizing to‘lovlari summasi shartnomada belgilangan har bir ayrim davr
uchun quyidagicha topiladi:
1)
yillik to‘lovlar uchun — (LT : T);
2)
choraklik to‘lovlar uchun — ((LT : T) : 4);
3)
oylik to‘lovlar uchun — ((LT : T) : 12).
Yuqoridagi misolda topilgan jami lizing to‘lovi summasi davrlar bo‘yicha
quyidagicha topiladi:
1)
yillik to‘lovlar uchun — (15180 : 5)= 3036 ming so‘m;
2)
choraklik to‘lovlar uchun — ((15180 :5) :4 = 759 ming so‘m;
3)
oylik to‘lovlar uchun — ((15180 : 5) : 12 =253 ming so‘m.
Bugungi kun amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan lizing oluvchi lizing
to‘lovlarini amalga oshirayotganida, uning amortizatsiya ajratmalariga,
foizlarga, vositachilik va qo‘shimcha to‘lovlarga alohida ajratib ko‘rsatgan
holdagi yoyilmasini ilova qilishi shart.
Lizing to‘lovlari kelib tushganidan keyin bank uning yoyilmasiga mos
ravishda buxgalterlik o‘tkazmalarini amalga oshiradi: amortizatsiya ajratmalari
lizing hisobi yuritiladigan ssuda hisob varag‘ining kreditiga o‘tkazish orqali
kreditni to‘lashga yo‘naltiriladi, lizing uchun foiz, vositachilik haqi va boshqa
to‘lovlar bank daromadiga qo‘shiladi. Yuqoridagi misolda birinchi yil uchun
“Olmos Trans Servis” XK korxonasi OATB “Mikrokreditbank” Namangan
197
viloyati filiali jami 3036 ming so‘m lizing to‘lovlari o‘tkazadi, ushbu
summaning 2000 ming so‘mi amortizatsiya ajratmasi bo‘lib, 1036 ming so‘mi
esa bank daromadiga olib boriladi, ya’ni:
Debet:
3036 ming so‘m, lizing oluvchi - “Olmos Trans” XK korxonasi
hisob-varag‘i yoki bank vakillik hisobvarag‘i (lizing to‘lovlarining umumiy
summasiga).
Kredit:
2000 ming so‘m, ssuda hisob varag‘i (amortizatsiya ajratmasi
summasiga);
Kredit:
1036 ming so‘m, bankning daromadlar hisob varag‘i (foiz
summasi, vositachilik va boshqa xarajatlar summasiga);
Bu yerda shuni qayd etib o‘tish kerakki, lizing to‘lovlari lizing
shartnomalaridagi kelishuvlarga muvofiq, har bir ayrim holatlar bo‘yicha
turlicha hisoblanishi mumkin. Masalan, ayrim hollarda lizing oluvchiga
imtiyozli davr belgilanishi, ba’zi hollarda lizing to‘lovini kechiktirib to‘lashga
kelishiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda esa lizing to‘lovlari lizing oluvchi tomonidan
tomonlar kelishuviga muvofiq tuzilgan va lizing shartnomasining ajralmas qismi
bo‘lgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Lizing to‘lovlarini xalqaro andozalar asosida amalga oshirish o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Shu sababli lizing to‘lovlarining xalqaro andozalar bo‘yicha
buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari bu jarayonda muhim omil bo‘lib xizmat
qiladi.
Bugungi kunda xalqaro lizing amaliyotida lizing to‘lovlarini hisoblash
usullarini buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda lizingga oluvchiga lizingning
barcha xususiyatlari ham tavsiflanadi. Shunga asosan, pul mablag‘larining
oqimiga ko‘ra:
lizing oluvchi lizing operatsiyalarini olib borish tajribasiga ega emas
yoki tajribasi juda kam;
lizing oluvchi barqaror moliyaviy holatga ega;
lizing obyektini o‘rnatish va ishga tushirish lizing oluvchining ishlab
chiqarish jarayonini to‘xtatmaydi;
lizing kompaniyasi parallel ravishda bir qancha lizing shartnomasini
amalga oshira oladi;
lizing shartnomasining muddati bank tomonidan lizing beruvchini
moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit muddatiga mos keladi.
Lizing operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish va uni moliyaviy
hisobotlarda aks ettirish masalalari alohida ilmiy izlanishni talab qiladi yoki
mustaqil mavzu hisoblanadi.
198
Lizing operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish respublika
tadbirkorlari uchun muhim ahamiyatga ega, buxgalteriya hisobi xalqaro
andozalari talablari asosida yuritish tartibi ko‘p jihatdan mamlakatimizda joriy
etilgan.
Lizing operatsiyalarining buxgalteriya hisobini xalqaro andozalar bo‘yicha
yuritishda quyidagi iboralar qo‘llaniladi:
minimal lizing (ijara) to‘lovlari - lizing oluvchi tomonidan ijara muddati
davomida amalga oshiriladigan to‘lovlar summasi (xizmat ko‘rsatish xarajatlari
va soliq to‘lovlaridan tashqari);
yalpi ijara investitsiyasi - minimal lizing (ijara) to‘lovlari summasi bilan
kafolatlanmagan qoldiq summasi yig‘indisi;
sof ijara investitsiyasi - yalpi ijara investitsiyasi summasi bilan
to‘lanmagan moliyaviy daromadlar summasi o‘rtasidagi farq (ayirmasi);
shartli lizing to‘lovlari - lizing oluvchi va lizing beruvchi o‘rtasidagi
kelishuvga binoan, lizing to‘lovlari summasi aniq belgilanmasdan, shartnoma
muddati davomida bozor konyunkturasi o‘zgarishini hisobga olgan holda
o‘rnatilib boriladigan to‘lovlar summasi;
kafolatlangan qoldiq summa - lizing to‘lovlariga kiritilgan va shartnoma
muddati tugagandan keyin lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga to‘lab
berishi kafolatlangan summa;
kafolatlanmagan qoldiq summa - lizing to‘lovlariga kiritilmagan va
shartnoma muddati tugagandan so‘ng lizing oluvchi tomonidan lizing
beruvchiga lizing obyektining qoldiq qiymatini to‘lab berishi kafolatlanmagan
summa;
haqiqiy qiymati - lizing obyektining bozor qiymati bo‘lib, uni yaxshi
biladigan shaxslar tomonidan kelishilgan narxda sotib olish mumkin bo‘lgan
bahosi;
minimal lizing (ijara) to‘lovlarining joriy qiymati - bo‘lg‘usi lizing
(ijara) to‘lovlari summasining diskontlashtirilgan miqdori;
to‘lanmagan moliyaviy daromadlar - yalpi ijara investitsiyasi summasi
bilan sof ijara investitsiyasi summasi o‘rtasidagi farq (ayirmasi).
Lizing operatsiyalarining buxgalteriya hisobi moliyaviy hisobotlar xalqaro
andozalarining 17-shakliga muvofiq amalga oshiriladi.
Balansda lizing obyektining qiymati, uning haqqoniy (bozor) qiymati va
shartnomada belgilangan joriy lizing to‘lovlari miqdorining qaysi biri past
bo‘lsa, o‘sha summada aks ettirilishi lozim. Shu bilan birgalikda, lizing obyekti
qiymatiga lizing beruvchi tomonidan uni balansga qabul qilguncha amalga
oshirgan bevosita xarajatlari ham qo‘shiladi.
199
Lizingga oluvchining eng muhim majburiyati hisoblangan lizing to‘lovlari
shartnoma obyektidan tadbirkorlik maqsadida odatiy ravishda foydalanganlik
uchun amalga oshirilgan to‘lovlar miqdorini o‘zida aks ettiradi.
Lizing to‘lovlarini qanday amalga oshirilishini tushunish uchun quyidagi
masalaning yechilishini ko‘rib chiqamiz.
Masala.
2013-yil 1-yanvarda “Olmos” va “San’at” kompaniyalari lizing
shartnomasini tuzishdi. Ushbu shartnomaga muvofiq “San’at” kompaniyasi
(lizing beruvchi) “Olmos” kompaniyasiga (lizing oluvchi) qiymati 10 mln so‘m
bo‘lgan asbob-uskunani 2 yil muddatga 18 % li foiz stavkasida lizingga berdi.
Lizing obyektining qoldiq qiymati bo‘lmaydi. Har chorak oxirida to‘lanadigan
lizing to‘lovini toping.
Lizing to‘lovlari tartibi quydagi usullarda to‘lanadi:
a)
lizing obyekti qiymatini bir miqdorda to‘lab borish;
b)
lizing to‘lovlarini annuitet usulida to‘lash tartibi;
c)
kamayib borish tamoyili asosida lizing to‘lovlari grafigi.
a)
lizing obyekti qiymatini bir miqdorda to‘lab borish:
Yechish:
Do'stlaringiz bilan baham: |