K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


Loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshirish o‘ziga xos tamoyillarga  asoslanadi va ular quyidagilardan iborat:  



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   127
124
Loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshirish o‘ziga xos tamoyillarga 
asoslanadi va ular quyidagilardan iborat: 

 
investitsion loyihada loyihani amalga oshirishga tayyor ishonchli 
sheriklarning ishtirok etishi;
 

 
loyiha texnik-iqtisodiy asoslanishi va loyiha smeta hujjatlarining yuqori 
talab darajasida ishlab chiqilishi;
 

 
loyihaning yetarli darajada kapitalizatsiyasi;
 

 
loyihaning qurilish-montaj va ekspluatatsiya mezonlarini batafsil 
o‘rganib chiqish (transport, mahsulotni ishlab chiqarish, marketing v.b.);
 

 
loyiha riskini baholash va uni loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash;
 

 
garov yoki boshqa ta’minotning maqsadga muvofiq mavjudligi. 
 
Loyihaviy moliyalashtirishning yuqorida keltirilgan tamoyillari uni amalga 
oshirishning quyidagi ikki turdagi moliyaviy sxemalarida o‘z ta’siriga ega 
bo‘ladi: 
1)
Parallel moliyalashtirish. 
2)
Bosqichma-bosqich moliyalashtirish. 
Birinchi tur moliyalashtirish amaliyotda “Hamkorlikda (qo‘shma) 
moliyalashtirish” deb ham ataladi, bunda yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan 
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun bir nechta kredit muassasalari 
qarz mablag‘lari ajratadi. Bosqichma-bosqich moliyalashtirishda esa yuqori 
nufuzga ega bo‘lgan bankning qatnashishi zarurligini talab qiladi. Parallel 
moliyalashtirishning 
quyidagi 
afzalliklari 
mavjud, 
ya’ni 
loyihaviy 
moliyalashtirishning parallel moliyalashtirish shakli banklarga, bir tomondan, 
me’yorlarga amal qilgan holda kredit berish imkoniyatini bersa, ikkinchi 
tomondan, kredit risklarini pasaytiradi. Ko‘p hollarda, loyihani moliyalashtirish 
tashabbuskori sifatida nufuzga ega bo‘lgan tijorat bankining yoki xalqaro moliya 
institutlarining ishtirok etishi qarzdorning o‘z vaqtida kreditni qaytarishiga 
qo‘shimcha kafolat beradi. Kredit shartnomasiga qilingan qo‘shimchalarda agar 
qarzdor moliyalashtirishda ishtirok etayotgan biror kreditor oldidagi to‘lov 
majburiyatini bajarmasa, bosh kreditor kreditni muddatidan oldin undirib olish 
huquqiga ega bo‘ladi. 
Investitsiya loyihalarini hamkorlikda (qo‘shma) moliyalashtirishning 
quyidagi ko‘rinishlari (shakllari) mavjud, ya’ni hamkorlikda moliyalash-
tirishning ikki shakli ko‘p qo‘llaniladi: 
- mustaqil parallel moliyalashtirish, bunda har bir bank qarz oluvchi bilan 
kredit shartnomasi tuzadi va investitsiya loyihasida o‘ziga tegishli bo‘lgan 
qismini moliyalashtiradi (subloyiha); 
- ko‘pchilik bo‘lib hamkorlikda moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar 
to‘planib bitta sindikatga birlashadilar, yagona kredit shartnomasi tuziladi va 


125
kredit shartnomasini tayyorlash hamda imzolashni bank-menenjer amalga 
oshiradi. Keyingi bosqichda kredit shartnomasini amalga oshirish ustidan 
nazoratni (ayrim hollarda investitsiya loyihasini umuman amalga oshirishni) 
hamda zarur hisob-kitob operatsiyalarini sindikat tarkibidagi maxsus bank-agent 
ma’lum miqdordagi komission haq e’vaziga amalga oshiradi.
Investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich moliyalashtirishning o‘ziga xos 
xususiyati, asosan, birinchi sinf toifasidagi banklarda investitsiya loyihalarining 
ekspertizasi bo‘yicha tajribali mutaxassislarning mavjudligi va bank olamida 
yuqori nufuzga egaligi tufayli loyihalarni kreditlashtirish bo‘yicha ko‘plab 
arizalar kelib tushishidir. Biroq yirik banklar ham har doim bu loyihalarni 
ularning balansiga salbiy ta’sir etishi mumkinligi yoki boshqa sabablar oqibatida 
moliyalashtira olmaydi. Shuning uchun, ko‘p hollarda, bu banklar loyihani 
kreditlashtirishning tashabbuskori sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Investitsiya 
loyihasining samaradorligini baholagani va kredit shartnomasini ishlab chiqqani 
uchun tashabbuskor bank komission haq oladi. Kredit berilgandan so‘ng 
tashabbuskor bank shartnoma bo‘yicha qarzdorga nisbatan o‘z talabini boshqa 
kreditorga beradi. 
Loyihaviy moliyalashtirishda quyidagi ishlarni bajarish o‘ta muhimdir. 
Boshqacha ifodalaganda, loyihaviy moliyalashtirishning bosqichlari quyi-
dagicha: 
Birinchi bosqich - loyihaning texnik tahlili
. Bu bosqichda quyidagi savolga 
javob berish zarur: loyiha o‘zining boshlang‘ich smeta xarajatlariga mos holda 
amalga oshirilmoqdami? Loyihaviy moliyalashtirishda qarzdorlar tajribali 
ekspert-injenerlarning (bu ko‘p hollarda maxsus savollarda tavsiyalar beruvchi 
mustaqil maslahatchilar) tavsiyasiga amal qiladi. Bunday ekspertlarning xulosasi 
texnik hisobot shaklida tavsiya etilishi va quyidagi holatlarni o‘zida qamrab 
olishi mumkin: zarur investitsiya miqdorini; kelgusidagi zarur investitsiyalarni 
(ko‘zda tutilmagan xarajatlarni va favquloddagi zararlarni qo‘shgan holda); 
loyihaning qaytimi uchun zarur vaqt; zararsizlik nuqtasi; elektr energiya, suv va 
boshqa xarajatlar qiymati; loyihada ishlash uchun xodimlarni o‘qitish 
imkoniyati; loyiha mahsulotini sotish bozorining mavjudligi. 
Ikkinchi bosqich - bu iqtisodiy va moliyaviy tahlil. 
Loyihalarning iqtisodiy 
va moliyaviy tahlili jarayonida loyiha barcha olingan kreditlar bo‘yicha o‘z 
vaqtida hisob-kitoblar uchun yetarlicha foydaga ega bo‘ladimi?- degan savolga 
javob olish zarurdir.
Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning asosi bo‘lib sof pul 
oqimining tahlili hisoblanadi. Sof pul oqimi o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab 
oladi:

loyiha 
egalarining 
aksioner 
kapitaliga 
dastlabki 
investitsiya 


126
qo‘yilmalarini va kreditorlarning qarz mablag‘larini;

olingan foydani; 

sarf-xarajatlarni. 
Kreditorlar loyihaning iqtisodiy sezgirligini jahon amaliyotida keng 
qo‘llaniladigan sof qoplash koeffitsiyenti (Net Coo‘erage Ratio) va umumiy 
qoplash koeffitsiyenti (Annual Coo‘erage Ratio) kabi ko‘rsatkichlar orqali 
aniqlashlari mumkin.
Loyihalarni moliyalashtirishning uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarida 
homiylarning faoliyatini, risklarni va ularning taqsimlanishini tahlil etadi. Bu 
bosqichda kreditorlar rahbarlarning faoliyatini va ularning imijini, loyiha 
ishtirokchilari uchun risklarning to‘g‘ri taqsimotini o‘rganadi. 
Jahondagi ko‘pgina banklar o‘z faoliyatida, o‘z zimmasiga qanday risk 
darajasini olishiga qarab, loyihaviy moliyalashtirish quyidagi uch turga 
ajratilgan:

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish