6.5. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning noan’anaviy usullari
Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning yangi usullari,
ya’ni noan’anaviy moliyalashtirish usullari
(
sindikatli kreditlash, seleng,
venchurli moliyalashtirish va boshqalar) keng tarqalmoqda. Investitsiya
loyihalarini
moliyalashtirishning
noan’anaviy
usullaridan
biri
bu
128
sindikatlashtirilgan kreditdir.
Sindikatlashmoq – sindikat tuzib birlashmoq ma’nosini bildirib,
investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini
birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan birini anglatadi.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilgan kreditning asosiy
xususiyati shundan iboratki, bunda bir necha kreditorlarning mavjudligi,
moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog‘liq risklarning
ishtiroki kreditorlar (banklar) o‘rtasida taqsimlanishidadir.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilishi mumkin
bo‘lgan kreditlar loyihaviy moliyalashtirishga kiradi. Sindikatsiyalashtirilgan
kredit deganda bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini
birgalikda kreditlash tushuniladi.
Sindikatlashgan kreditlash G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida o‘tgan asr 80-
yillarining boshida turli xil moliyaviy operatsiyalarni bajarish maqsadida
foydalana boshlandi. Bu operatsiyalar loyiha tashabbuschilariga qarz
to‘lovlariga bo‘lgan xarajatlarni kamaytirishga, moliya-kredit institutlarining
yordamidan foylanishga imkoniyat yaratgan edi.
Dastlab, sindikatlashgan kreditlash jahon bozorida unchalik ko‘p bo‘magan
Amerika, Kanada, Germaniya va Yaponiya banklari tomonidan qo‘llana
boshlandi. Bir muncha vaqt o‘tib, Shimoliy dengizda neft va gaz qazib olishning
keskin rivojlanishi natijasida ular qatoriga Buyuk Britaniya tijorat banklari ham
qo‘shildi. Keyinchalik Fransiya, Shveytsariya, Gollandiya, Belgiya, Italiya va
boshqa mamlakatlar banklari sindikatlashgan kreditlashning jahon bozorida faol
ishtirok eta boshlashdi.
XX asr 90-yillarining birinchi yarmida jahon xo‘jaligi rivojlanishi uchun
xos bo‘lgan iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari sindikatlashgan kreditlashga
katta talabni vujudga keltirdi. Bu talab, eng avvalo, rivojlanayotgan bozorlarga
tegishli edi. XX asr 90-yillarning oxirlariga kelib, Osiyo davlatlari loyihaviy
moliyalashtirishning jahon bozorida birinchilikni yo‘qotishdi va yetakchilikni
yana AQSh va G‘arbiy Yevropa davlatlari egallashdi. Biroq oxirgi yillarda
Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari inqiroz zarbalaridan o‘zini o‘nglab olgach,
yana xorijiy investitsiyalarni jalb qilish evaziga iqtisodiy o‘sishning yuqori
templarini ta’minlashga harakat qilishmoqda. Bunday davlatlar qatoriga, eng
avvalo, Xitoy, Indoneziya, Fillippin, Malayziya kabi Osiyo davlatlarini va
Sharqiy
Yevropa
davlatlarini
kiritishimiz
mumkin.
Bu
davlatlarda
investitsiyalash templari oxirgi 2-3 yil ichida ancha sezilarli bo‘lib bormoqda.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda sindikatlashgan kreditlashning
turli shakl va sxemalari asosida amalga oshirilgan yirik loyihalarga misol qilib,
sindikatlashgan kreditlashning “sof” namunasi bo‘lgan Buyuk Britaniyani
129
Yevropa kontingenti bilan bilashtiruvchi “Yevrotunnel” loyihasini keltirishimiz
mumkin. Mazkur loyiha davlat organlari va xalqaro tashkilotlar ishtirokisiz
xususiy sektor investitsiyalari asosida amalga oshirilgan.
Sindikatlashgan kreditlashning globallashuv xususiyatini hisobga olib,
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) va Jahon banki (JB) tomonidan
rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy boyliklarni qayta ishlash bilan bog‘liq
yirik investitsiya loyihalarini, shuningdek, kapital taqchilligi mavjud bo‘lgan
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qator loyihalarni moliyalashtirish uchun keng
foydalanilayotganligini ta’kidlab o‘tish kerak.
Investitsiya loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirishda ko‘pchilik
loyihani moliyalashtirishning sindikat kreditlari shakliga zarurat sezmoqda.
Bunda kredit bitimi shartlarini tashabbuskor bank o‘rnatadi va u boshqa
banklarni bu loyihani moliyalashtirishda ishtirok etishni taklif etadi.
Sindikatlashgan kredit bo‘yicha foiz summasi qoidaga ko‘ra suzib yuruvchi
stavkada hisoblanadi va baza qilib esa LIBOR (London Inter Bank Offered Rate
– Londondagi banklararo kreditlar bo‘yicha foiz stavka) stavkasini olishadi va
unga bank marjasi qo‘shiladi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish (realizatsiya qilish) nuqtayi
nazaridan moliyalashtirish muddatini va obyektni qurish (yaratish) vaqtini
kelishib olish muhimdir. Obyektni ishlab chiqarish quvvatlariga yetkazish va
ishlash muddatining amalga oshirilishi investitsiya loyihasini moliyalashtirish
vaqti (muddati)ni shakllantiradi.
Xorij tajribasi shuni ko‘rsatadiki, Yevropa banklari tomonidan
qo‘llaniladigan kreditlashtirishning maksimal muddati 10-15 yilni tashkil qiladi.
AQShda esa bu muddat kamroq 7-12 yil. Agar loyihani moliyalashtirish
muddati yetarlicha bo‘lmasa, u holda moliyalash tarkibini kreditlashning real
imkoniyatlariga o‘zgartiriladi.
Yirik investitsiya loyihasi - umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi
darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasidir. Bank
sindikati – sindikatsiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan ortiq
banklar o‘rtasida o‘zaro kelishuv bo‘lib, bunda yetakchi bank
-
sindikatsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan va zimmasiga
ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati yuklatilgan
qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘iga xizmat
ko‘rsatuvchi bank hisoblanadi.
Sindikatsiyalashtirilgan kreditni bir necha xususiyatlariga ko‘ra turkumlash
mumkin. Masalan, sindikatning amal qilish muddati bilan bog‘liq holda,
sindikatsiyalashtirilgan kreditlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
vaqtinchalik, ya’ni bitta yirik investitsion loyihani moliyalashtirish uchun
130
tashkil etilgan;
doyimiy harakatdagi, paritet asosida banklar ta’sis etadi.
Ta’minlanganlik nuqtayi nazaridan, sindikatsiyalashtirilgan kreditlar
quyidagi turlarga bo‘linadi:
ta’minlangan, ya’ni qarz oluvchi likvidli garov yoki kafolatni taqdim
etish mumkin. Bundan tashqari, yuqori reytingga ega bo‘lgan yirik
kompaniyalarning kafilligi yoki ular tomonidan qo‘yilgan garovni ham keltirish
mumkin;
ta’minlanmagan, ya’ni bu butunlay boshqacha bo‘lib, bu yerda
kreditorning riski bevosita qarz oluvchining biznesi bilan bog‘liqdir. Bunday
kreditlar yuqori reyting ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan va ishonchli
kompaniyalarga beriladi. Alohida bitta kreditor risk darajasi unchalik yuqori
bo‘lmagan summadagi kreditni berish mumkin. Lekin bu kredit summasi riski,
odatda, shu summadagi kredit risklaridan yuqoridir. Demoqchimizki, har qanday
sindikatlashda qarz oluvchi pul mablag‘larini har bir kreditorga teng ulushlarda
qaytaradi. Agar qarz oluvchi umumiy summasining 50 foizini qaytarsa, har bir
kreditor ham o‘zi qo‘shgan ulushning 50 foizini qaytarib oladi. Shunday qilib,
kreditorning individual riski umumiy risk bilan bog‘liqdir. Ya’ni, kreditor qarz
oluvchiga umumiy qarzning bir qismini berar ekan, u qarz oluvchining barcha
berilgan summani qaytara olishiga ishonishi kerak.
Sindikatda
qatnashish
imkoniyatiga
qarab,
sindikatsiyalashtirilgan
kreditlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1)
ochiq turi, ya’ni bunda hamma xohlovchi banklar resurslari bilan
qatnashishi mumkin;
2)
jamoali, birlashgan holda, ya’ni kreditorlar tarkibiga aniq va
chegaralangan banklar kirishi mumkin.
Sindikatsiyalashtirilgan kreditni qarzdor yirik miqdordagi mablag‘larni bir
bank bilan muloqotda bo‘lib qo‘lga kiritadi va qarz oluvchining vaqti tejaladi.
Yetakchi bank uchun sindikatsiyalashgan kreditni berishning afzalliklarni
ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchisi, bank o‘z mijozini yirik miqdorda pul
mablag‘i bilan ta’minlashi. Ikkinchisi, bank kredit portfeli xatarlarining
diversifikatsiyalanishi. Ishtirokchi banklarning sindikatsiyalashgan kreditda
qatnashishi kredit portfelining sifatini oshirish va yirik mijozlar bilan ishlash
imkoniyatini ochib beradi. Sindikatli kreditni tashkillashtirishda o‘z-o‘zidan
sindikatli kreditlashdagi banklararo o‘zaro munosabatlar ko‘zlanadi, bundan
ko‘rinib turibdiki, korrespondentlik ishisiz biror nima qilib bo‘lmaydi.
Banklararo munosabatlarning xorijiy amaliyotida biror bir korporativ
qarzga oluvchini sindikatli kreditlash keng tarqalgan, shuningdek, banklararo
sindikatli kreditlash hollari ham uchrab turadi. Biznesning bunday sohalarida
131
korrespondentlik ishi marketing tadbirlarini o‘tkazishga yo‘naltirilgan, ya’ni
sindikatda qatnashayotgan tijorat banklarining soni va ularning qarz oluvchi
yoki qarz beruvchi bo‘lishidan qat`i nazar ularning kreditlash shartiga rozilik
berishini o‘rganish lozim.
Sindikatli kreditlashning asosiy ishtirokchisi bu, albatta, o‘zi kredit
tashkiloti (bank) bo‘la oladigan qarzga oluvchi hisoblanadi.
Sindikatli kreditlashning ishtirokchisi bo‘lgan banklarni tavsiflash uchun,
avvalo, sindikatning ishtirokchisi bo‘lgan banklar uchun bajarilishi zarur
quyidagi vazifalarni ajratib berish o‘rinliroqdir:
kredit shartnomasini rasmiylashtirgunga qadar qarzga oluvchi bilan bitim
bo‘yicha barcha masalalarni tartibga solish va moslashtirish;
ishtirokchi banklarni tanlash;
qarzga oluvchi va ishtirokchi bank o‘rtasida imzolanuvchi barcha
hujjatlarni moslashtirish;
hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha huquqshunoslar bilan gaplashib olish;
loyihani va qarzga oluvchini tahlil qilish;
bitimlarni kreditlash (jamg‘armalash);
ishtirokchi banklardan kerakli summani olish;
qarzga oluvchiga mablag‘larni o‘tkazish;
kreditning maqsadga muvofiq ravishda ishlatilishini nazorat qilish;
qarz oluvchidan olingan mablag‘larning banklar o‘rtasida taqsimlanishi
(qarzning, foizning asosiy summasini qaytarish);
berilgan kreditning idora qilinishi;
ishtirokchi banklarni sindikatsiyaning borishi va loyihaning amalga
oshirilishi to‘g‘risida xabardor qilish;
qarzga oluvchi va banklarda yuzaga keluvchi barcha masalalarni
muvofiqlashtirish, qarzga oluvchining so‘rovlariga kredit shartnomasi
imzolagandan so‘ng javob berish;
kredit bo‘yicha ta’minlashni kuzatish va tekshirish.
Bunda ishtirokchi banklarning vazifalarini bir nechta guruhlarga ajratish
mumkin:
tashkilotchilik;
Do'stlaringiz bilan baham: |