K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127
Loyiha ishtirokchilari.
Yirik loyihaning asosiy elementlaridan biri undagi 
ishtirokchilarning ko‘pligidir. Ular loyihaning muvaffaqiyatli ishga tushishida 
eng katta o‘rinni egallaydi. Loyiha ishtirokchilarining har birini loyihada o‘ziga 
biriktirilgan funksiyalari va vazifalari bo‘ladi. 
Buyurtmachi. 
Loyihaning ishga tushgandan so‘nggi kelajakdagi egasi. Bu 
yurdik shaxs bo‘lib, odatda, bir shaxs bo‘ladi. Ba’zi hollarda esa bir necha 
yuridik shaxslardan iborat bo‘lib, ular kelajakdagi shu loyihani amalga oshirish 
borasidagi faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Bundan tashqari bu yuridik shaxslar 
o‘zlarining mablag‘lari va imkoniyatlarini birlashtirib ushbu loyihani ishga 
tushirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot tuzishadi. 
Investor. 
Loyihani moliyalashtiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. 
Buyurtmachi va investor bir shaxs bo‘lishi ham mumkin, lekin ba’zi hollarda har 
xil shaxslar bo‘ladi. Agar har xil shaxslar bo‘lsa, ular o‘rtasida shartnoma 
tuziladi. Buning uchun investor barcha loyihaning qatnashchilari bilan hisob-
kitob qiladi va shartnoma shartlarining bajarilishini tekshirib boradi. 
Investorning tarkibida banklar ishtirok etishi yoki bankning o‘zi ham investor 
sifatida qatnashishi mumkin. 
Bosh loyihalashtiruvchi. 
Loyihaning smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi 
tashkilot bo‘lib, xalqaro tajribalarda bular arxitektor va injenerlar ham bo‘lishi 
mumkin.
Loyiha injeneri. 
Injenering faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma 
olgan va loyihaning bajarilishi, ishga tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha 


123
xizmatlarni amalga oshiruvchi shaxs hisoblanadi. 
Ta’minotchi.
 
Loyihani texnik-materiallar, xomashyo, kerakli boshqa 
materiallar bilan ta’minlaydigan shaxs. 
Ish bajaruvchi.
 
Loyiha bo‘yicha ma’lum bir ish bajaruvchi bo‘lib, u 
shartnoma bo‘yicha bajarilgan ishlar va uning sifatiga javobgar shaxs 
hisoblanadi. 
Subpudratchilar. 
Shartnoma bo‘yicha bosh ish bajaruvchi bilan maxsus 
ishchilarni talab qiladigan boshqa ishlarini bajarib beradigan tashkilot.
Maslahatchilar. 
Loyihani ishlab chiqish va uni ishga tushirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan barcha sohalar bo‘yicha maslahatlarni beruvchi yuridik yoki jismoniy 
shaxslardir. Loyihaning bu ishtirokchilariga ham shartnoma asosida bergan 
maslahatlari uchun pul to‘lanadi. 
Loyiha menejeri.
Loyiha boshqaruvchisi, ya’ni loyiha ishtirokchilarining 
faoliyatining bevosita boshqaruvchisi, ular tuzilgan shartnoma bo‘yicha 
loyihaning bajarilishi va ishga tushirilishi orqali nazorat olib boradilar. Ularning 
majburiyatlari loyiha buyurtmachisi tomonidan belgilab beriladi. Ularning 
boshqaruvida, 
odatda, 
maxsus 
bo‘linmalar 
tashkil 
etiladi. 
Ushbu 
bo‘linmalarning funksiyalari loyihaning xarakteriga qarab turlicha bo‘lishi 
mumkin.
Litsenziar.
Loyiha ishlatilayotgan nou-xauga yoki texnika yutuqlariga 
egalik qiluvchi litsenziyaga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Tijorat 
shartlari bo‘yicha shartnoma tuzilgan ilmiy yutuqlarni qo‘llash huquqiga ega
litsenziar ham loyihaning muhim ishtirokchilaridan hisoblanadi.
Loyiha administratori. 
Bu shaxs menejerning administratorlik vazifasini 
o‘zi bajarib, menejerning 50 foizgacha ish vaqtini tejaydi. G‘arbdagi tajribalarga 
qaraganda, bunday loyiha ishtirokchilariga maxsus shtatlar ochilgan bo‘lib, 
uning asosiy vazifasi hisobotlarni tayyorlash hisoblanadi. Shuning uchun 
administrator loyiha ishtirokchilarining barchasi bilan bog‘langan bo‘ladi. 
Loyiha administratori tayyorlagan hisobotlar ishtirokchilarga beriladi, loyiha 
ishtirokchilari ushbu hisobotdan foydalangan holda loyihadagi ishlarning 
bajarilishi, asoslangan yechimlarga kelishi va loyihaning sifatli yakunlashi 
uchun asos bo‘ladi. Loyiha bo‘yicha zarur bo‘lgan axborotlarni loyiha 
ishtirokchilari va loyiha menejeriga taqdim etish kerak. 
Loyiha adminstratori xizmatlarining tarkibida press-sekretarlik vazifasi 
ham bo‘lishi mumkin.
Bank investor yoki investorning vakili sifatida ham ishtirok etishi mumkin. 
Bank bundan tashqari moliyaviy resurslarni loyihaning ishtirokchilari o‘rtasida 
taqsimlash va investorning mablag‘lari yetishmay qolgan hollarda yordam 
berish vazifalarini ham bajaradi. 



Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish