K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127
6.4. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini to‘liq ishlash jarayonida 
bank tizimining hissasi juda kattadir. Shu sababli bank tizimini yanada isloh 
qilish va erkinlashtirish, uning barqaror rivojlanishini ta’minlash, tijorat 
banklarining ish samaradorligini oshirish, ularning kapitallashish darajasini 
ko‘tarish, investitsiya jarayonlarida va iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishlarida 
keng ishtirok etishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2005-yil 15-apreldagi “Bank tizimini yanada isloh qilish va 
erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu 
qarorning 9-bandida tijorat banklariga xalqaro bank normalariga muvofiq 
sinditsiyalashtirilgan kreditlarni amaliyotga keng tatbiq qilish, jumladan, xorijiy 
bank kapitalini jalb etish yo‘li bilan investitsiya dasturlari va loyihalarini amalga 
oshirishda faol ishtirok etish tavsiya qilinishi ko‘rsatib o‘tildi. 
Ma’lumki, investitsiya loyihalari muayyan ishlab chiqarish yoki xizmat 
ko‘rsatish faoliyatini barpo etish, kengaytirish, modernizatsiyalash uchun asos 
bo‘lish orqali jamiyat hayotining farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Demak, 
iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiyalar miqdori va uning dinamikasi 
mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish sur’atlarini belgilovchi asosiy omillardan biri 
hisoblanadi.
Investitsiya va investitsiya loyihalarining ahamiyatidan kelib chiqib, ularni 
moliyalashtirish uchun manbalar qidirib topish, jalb qilish hamda 
moliyalashtirishni 
muayyan 
shaklda 
to‘g‘ri 
tashkil 
etish 
loyihaning 
muvaffaqiyatli amalga oshirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Investit-


120
siyalarni loyihaviy moliyalashtirish ana shunday muvaffaqiyatni ta’minlovchi 
samarali moliyalashtirish shakllaridan biri sifatida, asosan, yirik investitsiya 
loyihalarini moliyalashtirishda bir manbadan mablag‘larning yetishmovchiligi 
yuzaga 
kelganda, 
yuqori 
risklar 
mavjud 
sharoitda 
loyihalarni 
moliyalashtirishning muhim vositasi hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish - 
moliyalashtirishning eng taraqqiy etgan zamonaviy shakllaridandir. Shunday 
ekan, loyihaviy moliyalashtirishning mazmuni nima? Unga qanday ta’rif berish 
mumkin? Masalan, Doyche bank (Germaniya)ning tarkibiy moliyalashtirish 
boshqarmasi xodimlarining fikricha, loyihaviy moliyalashtirish - loyiha bo‘yicha 
asosiy vositalarni sotib olish, tashkil etish yoki qurilishni moliyalashtirish bo‘lib, 
unda kreditor asosan quyidagilarga e’tibor beradi: 
-
kreditni qaytarish manbasi sifatida, loyihani tatbiq etish natijasi bo‘yicha 
olinadigan sof pul oqimiga (mablag‘larning qaytish darajasiga); 
-
loyihani moliyalashtirish uchun berilgan kreditning xavfsiz qaytishini 
ta’minlaydigan manbasiga, ya’ni mijozning qobiliyatiga, garov, kafolat va 
boshqa ta’minotlarga. 
Loyihaviy moliyalashtirish mazmunini o‘rganishda ba’zi iqtisodchi-
olimlarning fikr-mulohazalarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. 
Rossiyalik iqtisodchi-olim I.Mazurning “Управление проектами” 
kitobida: “
loyihaviy moliyalashtirish
 
- bu investitsion loyihalarni amalga 
oshirish maqsadida moliyaviy resurslarni kredit ko‘rinishida taqdim etishdir”
25

deb ta’rif berilgan. Bu yerda, kredit qarz oluvchiga nisbatan hech qanday 
regressiz, cheklangan yoki to‘liq regressli bo‘lishi mumkin, deb yozilgan. 
O‘zbekistonlik iqtisodchi olim D.G‘ozibekovning mulohazalariga ko‘ra, 

loyihaviy moliyalashtirish

o‘zining murakkab moliyaviy munosabatlari bilan 
(sindikatlashtirilgan kredit yoki qarz berishda ko‘p tomonlarning qatnashishi) 
kreditorga moddiy kafolatlar berish, loyihalar evaziga ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar asosida 
moliyalashtirishdir”
26
. Bundan tashqari, D.G‘ozibekov asarlarida loyihaga 
kiritilgan qarz mablag‘larining qoplanishi manbai loyiha ishga tushganidan 
so‘ng olinadigan daromadlar hisoblanishi ta’kidlab o‘tilgan. 
Loyihani amalga oshirish orqali ko‘rilgan qo‘shimcha daromad kreditni 
qaytarishning asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi. Agarda loyihani amalga 
oshirish orqali qo‘shimcha daromad olinmasa yoki loyiha bo‘yicha ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiyalash 
orqali 
iqtisodga 
erishilmasa, 
bunday 
25
Мазур И.И., Шапиро В.Д., Ольдерогге Н.Г.: Управление проектами: Учеб. пос. для вузов. М.: 
Экономика, 2001. 
26
G`ozibekov D.G`. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: Moliya,. 2003. 


121
moliyalashtirishni loyihaviy moliyalashtirish, deb bo‘lmaydi, u biznes-reja 
asosida amalga oshiriladigan moliyalashtirish hisoblanadi. 
Loyihaviy moliyalashtirishda aniq bir sof ta’minotning o‘zi bo‘lmaydi. 
Ammo bu loyihaviy moliyalashtirishda kredit bo‘yicha ta’minot talab etilmaydi, 
degani emas. Loyihaviy moliyalashtirishda aniq bir garovning bo‘lmasligi 
loyihalarni yirik miqdorda mablag‘ jalb etishi kerakli kafolat yoki garovni 
yig‘ish imkoniyatini bermaydi.
Umuman olganda, loyihaviy moliyalashtirish - investitsiya loyihalarini 
kreditlashtirishning bir turi bo‘lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan 
bog‘liq risklarni qisman yoki to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Agar banklarning 
oddiy kredit operatsiyalarida, eng avvalo, qarzdorning kreditga qobiliyatliligini 
o‘rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, barqarorligini, shuningdek, 
garov sifatida foydalanadigan mol-mulklarni baholashga asosiy ahamiyat 
berilsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy e’tibor 
qaratiladi. 
Xullas, loyihaviy moliyalashtirish – yirik investitsiya loyihalarini 
moliyalashtirishda bir qancha bank resurslarining birlashishi va risklarning 
loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishini anglatadi. 
Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai, loyihani 
amalga oshirish natijasida olingan daromad (foyda) hisoblanadi. Tijorat yoki 
investitsiya kreditida esa kreditning qaytarish manbasi bo‘lib, qarzdorning 
umumiy faoliyatidan olgan doromadi bo‘lishi mumkin. Kreditni qaytarishning 
asosiy manbayi loyihani hayotga tatbiq etishdan olingan sof foyda va pul 
oqimlari hisoblanadi.
Loyihaviy 
moliyalashtirishda 
investitsion 
loyihalarning 
ko‘plab 
xususiyatlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 

qiymati yuqori bo‘ladi (1 mln dollardan oshgan); 

loyiha ishtirokchilarining ko‘pligi;

ko‘pincha risklarning barcha turlari uchraydi (tizimli va tizimsiz); 

kapital talabi – bu kabi loyihalar moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan talab 
juda katta bo‘lib, unga aralash moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi; 

loyihalashtirish va qurilish ishlariga mehnat talabi katta bo‘ladi; 

ishga tushish muddati 5-7 yil va undan uzoq muddatlarda beriladi; 

loyiha ishga tushadigan joylarining ajratilishi va shu sababli 
infratuzilmani rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha xarajatlarning kiritilishi; 

davlat yoki mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy holatiga ta’siri. 
Yirik loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan quyidagi bir qator omillarni 
hisobga olish kerak bo‘ladi: 


122

loyihaning faoliyatini sifatli tekshirib turish maqsadida uni har xil 
bo‘limlarga bo‘lib o‘rganish kerak; 

loyiha amalga oshirilayotgan mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini 
to‘liq tahlildan o‘tkazish shart bo‘ladi; 

loyihaning fazalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish kerak bo‘ladi; 

rejani loyihalashtirish davomida doimiy yangilanishlarni tatbiq etib 
borish; 

loyihaning fazalaridagi ehtimoliy yo‘qotishlar va risklarni boshqarish 
uchun tezkor rejalarini ham rejalashtirish kerak bo‘ladi; 

loyihaning barcha rejalarini doimiy monitoring qilish; 

yirik loyihalarning takrorlanmasligini hisobga olgan bo‘lishi kerak. 
Yuqoridagi omillarda ko‘rsatilganidek, risklarning ko‘pligi yirik loyihalarni 
amalga oshirishda bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Risklarning ko‘p 
bo‘lishiga asosiy sabablardan yana biri, bu loyiha ishtirokchilarining ko‘pligidir. 
Shu o‘rinda loyihaning ishtirokchilari haqida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish 
mumkin: 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish