118
savdo aylanmasi hajmi oz bo‘lishiga qaramay, uning miqdori o‘sish
tendensiyasiga ega. Zero, savdo aylanmasidagi aksiyalar hajmi izchil o‘sib
borayotganligiga qaramay, QQBning kapitalizatsiyasi YIMga nisbati,
Jahon
banki
rasmiy
ma’lumotlariga
ko‘ra
o‘zgarmay qolmoqda.
Tahlillar
ko‘rsatishicha, O‘zbekistonda QQBning milliy iqtisodiyotdagi roli hanuzgacha
sezilarli bo‘layotgani yo‘q. Demak, milliy QQBning holati davlatning
zamonaviy makroiqtisodiy siyosati asosida izchil amalga oshirilayotgan 2009-
2012-yillarda inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi, 2011-2015-yillarda
moliya-bank tizimini rivojlantirish va 2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish
dasturlari talablariga to‘liq javob bermayapti.
O‘zbekistonda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash
va texnik qayta
jihozlash, barqaror iqtisodiy o‘sishni katta miqyosdagi investitsiyalarni jalb
qilmasdan turib, investitsion loyihalarni faqat korxonalar mablag‘lari hisobiga
amalga oshirib bo‘lmaydi. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra, iqtisodiyotning real
sektoriga QQB orqali uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar
jalb qilish muhim
masala hisoblanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va innovatsion rivojlantirish sharoitida
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiyotda moliyaviy investitsiyalar
hamda milliy qimmatli qog‘ozlar bozorining rolini oshirish dolzarb masala
sanaladi.
Fond bozori mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishida, iqtisodiyotga
moliyaviy investitsiyalarni jalb etishda muhim o‘rinni egallaydi. Iqtisodiyotni
erkinlashtirish, investorlar huquq va manfaatlarini ta’minlash, investitsion
muhitni sog‘lomlashtrish qimmatli qog‘ozlar bozorini
samarali rivojlantirishda
investitsiyalar hajmini oshirish imkoniyatini yaratadi.
Qimmatli qog‘ozlar investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda muhim
o‘rinni egallaydi. Ular o‘zida mulkiy va nomulkiy munosabatlarni
mujassamlashtirgan holda, iqtisodiyotda resurslarni tarmoqlar o‘rtasida
taqsimlash, investitsiyalarni jalb etish, daromad olish imkoniyatini yaratadi.
Qimmatli qog‘ozlar moliyaviy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etishning
muhim vositalari hisoblanib, iqtisodiyotning xavfsizligi va raqobatbardoshligini
ta’minlaydi. Ulushga egalik qilishni tasdiqlovchi vositalar aksiyadorlik
kapitalini ko‘paytirish, samarali korporativ boshqaruvda
ishtirok etish va
belgilangan tartiblarga muvofiq dividendlar olish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiyotda portfel investitsiyalar hajmining oshishi chet el investor-
larining mablag‘larini investitsiya loyihalariga samarali jalb etish, bozorning
integratsiyalashuvini ta’minlashga hizmat qiladi.
Korporativ qog‘ozlar
bozorining rivojlantirish, aksiyalar va obligatsiyalar
emissiyasini takomillashtirish, kompaniyalarning moliyaviy imkoniyatlarini
119
oshirish orqali iqtisodiyotga xususiy investitsiyalar jalb qilinish hajmini oshirish,
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatini yaratib beradi.
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda aksiyadorlik kapitalidan
foydalanish, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi emission
va investitsion faoliyatni
va aksiyadorlik kapitali tarkibini kengaytirish investitsion faoliyatini
rivojlantirish, yirik sanaot korxonalari, tijorat banklarini xususiylashtirish,
emission faoliyatni va muomalaga chiqaradigan qimmatli qog‘ozlarni
rivojlantirish moliyaviy investitsiyalar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda bank sektori faoliyatini, jumladan, bank qimmatli qog‘ozlar
turlarini kengaytirish fond bozorini rivojlantirishda
va iqtisodiyotining real
sektoriga qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Moliyaviy investitsiyalar hajmini oshirish qimmatli qog‘ozlar bozori
muhitining yaxshilanish, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlashga
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: