K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127
138
mohirona o‘tish”
 
ma’nosini bildiradi. Fransuzlardagi 
“risdoe”
so‘zi 
“tahdid”, 
“qoyani aylanib o‘tmoq
” ma’nosini beradi.
Hozirgi kunda loyiha risklari deganda, loyihani amalga oshirish natijasida 
ko‘zlangan daromadlarning pasayishiga sabab bo‘ladigan vaziyatlar majmuasi 
tushuniladi. Shu bilan birga, loyiha riski investitsion loyihani amalga oshirishga 
xalaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning 
yig‘indisini ham anglatadi. 
Riskni ma’lum bir qarorni qabul qilish natijasida zaxiralarni yo‘qotish 
imkoniyati, daromadlarni ola olmaslik yoki qo‘shimcha xarajatlar zarurati 
sifatida belgilash mumkin. 
Risk
-
bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy 
sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ola olmaslik yoki zararlarning 
paydo bo‘lib qolish ehtimolidir. Risk kutilishi mumkin bo‘lgan xatar bo‘lib, 
investitsiyadan 
mo‘ljallangan 
foydani 
olish 
jarayoniga 
xos 
bo‘lgan 
noumidsizlikdir. 
Risklarning paydo bo‘lish sabablari turlichadir. Masalan, ma’lumotlarning 
tanqisligi yoki to‘liq bo‘lmasligi, tashqi va ichki muhitdagi harakatlar 
(raqobatchilar, ishchilar holati, hukumat va boshqalarning harakatlari) va h.k. 
“Risk” tushunchasiga juda yaqin bo‘lgan “noaniqlik” tushunchasi riskning aniq 
turlarini tasniflash uchun sinonim sifatida qo‘llaniladi. Noaniqlik – investitsion 
loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari haqidagi ma’lumotlarning to‘liq yoki 
aniq emasligidir. Masalan, inflyatsiya haqidagi, texnika-texnologiyalardagi 
o‘zgarishlar haqidagi, loyiha quvvatining, obyektning qurilish va foydalanishga 
topshirish muddatlari, xarajat va natijalarning noto‘g‘ri hisob-kitob qilinishi kabi 
ma’lumotlarning to‘liq yoki aniq emasligi natijasida noaniqlik yuzaga keladi.
Loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog‘liq 
ko‘ngilsiz holatlar va oqibatlar risk tushunchasi bilan izohlanadi. 
Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr 
ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik 
esa bunday ehtimollik o‘tgan va kelasi davr ma’lumotlari yetishmasligi yoki 
to‘liq emasligi sababli subyektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. Har 
qanday holda ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, 
foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi v.b.) kelajakning 
ma’lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo‘lishi mumkin. 
Chunki o‘tgan davr ma’lumotlari asosida faqat noma’lum, kelajakda yuz berishi 
mumkin yoki bo‘lib o‘tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin. 
Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo‘qotish va 
zararlarga bog‘liq bo‘lganligi uchun ular bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda 
ifodalash maqsadga muvofiqdir. 


139
Investitsion loyihalar kelajakka qaratilganligi sababli, ularni amalga 
oshirish natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi 
mumkin bo‘lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. 
Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga ega bo‘lgan 
hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi. 
Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma’lumotlarga egamiz, balki 
ularni tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin 
tahlilni ham, risklar boshqaruvining ham birinchi bosqichi, ya’ni ya’ni risk turini 
aniqlashdir. 
Investitsiya risklarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin: 
1)
 
tarkibi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi: 
iqtisodiy risk; bozor 
riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; 
texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski
ilm-texnika riski; informatsion risk v.b.; 
2)
 
muddati bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi:
qisqa muddatli 
risklar; uzoq muddatli risklar; 
3)
 
olinadigan natijaga qarab risklar: 
spekulyativ risk - ular ta’sirida katta 
zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta’sirida nolga teng 
bo‘lgan zarar (foyda) ko‘rish mumkin; 
4)
 
loyihaga ta’sir etish darajasi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi: 
mumkin bo‘lgan risklar - ular ta’sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik 
risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - 
daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari. 
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi 
(fazasi) o‘ziga xos risklar bilan bog‘liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi 
fazasida) ko‘proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, 
informatsion va ijtimoiy risklarga ta’sirchan bo‘ladi. Investitsiya bosqichida 
ko‘proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy 
risklar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha 
ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va 
moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo‘lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, 
loyiha faoliyatida eng ko‘p uchraydigan risklar ham mavjud. Masalan, iqtisodiy 
qonunlarning va iqtisodiy holatning o‘zgarib turishi; investitsiyalash va 
foydadan foydalanish shartlari bilan bog‘liq risklar; savdo va mahsulot yetkazib 
berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning 
noaniqligi yoki hududdagi yoxud mamlakatdagi noma’qul ijtimoiy-siyosiy 
o‘zgarishlar, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-
texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarning to‘liq 
emasligi yoki noaniqligi, bozor kon’yunkturasining, ya’ni baho, valyuta kurslari, 


140
yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o‘zgarib turishi, tabiiy iqlim 
sharoitlarining o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik 
risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to‘xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari 
maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro‘si haqidagi 
ma’lumotlarning to‘liq emasligi v.b. 
Moliyaviy bozor eng yuqori riskka ega bo‘lgan soha hisoblanadi. Undagi 
risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi:
- tizimli risklar;
- tizimsiz risklar. 
Tizimli risklar 
(investitsiya portfeli risklari) - xatar ta’siriga ba’zi bir 
qimmatli qog‘ozlar emas, balki butun bozor, uning katta bir qismi risklarga 
uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra 
ko‘pchilik emitent va qimmatli qog‘ozlar egalari zarar ko‘rishlari mumkin. 
Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; 
siyosiy risklar. 
Tizimsiz risklar
- xatarga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar yoki ularning 
majmuasi uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog‘ozlari yoki 
tarmoqning qimmatli qog‘ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: 
tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski. 
Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda loyiha faoliyatidagi 
risklarning quyidagi guruhini keltirish mumkin: 
1)
loyiha ishtirokchilari riski; 
2)
loyiha smeta qiymatining oshish riski; 
3)
qurilishning o‘z vaqtida tugamaslik riski; 
4)
ish va obyekt sifatining pastligi riski; 
5)
konstruksion va texnik risklar; 
6)
ishlab chiqarish riski; 
7)
boshqaruv riski; 
8)
sotish riski; 
9)
moliyaviy risk; 
10)
ma’muriy risk; 
11)
huquqiy risk; 
12)
fors-major riski. 
Loyiha ishtirokchilari riski
– ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida 
o‘z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski.
Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga
 
quyidagilar sabab bo‘lishi 
mumkin: loyihalash jarayonidagi xatolar, pudratchilarning resurslardan samarali 
foydalanishni ta’minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarining 
o‘zgarishi v.b. 



Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish