1-mavzu: Birjalarning iqtisodiy mohiyati


- mavzu: Birja bozorida kliring va hisob-kitoblar



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/62
Sana12.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#782978
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62
Bog'liq
2 5256097641594361499-конвертирован

9- mavzu: Birja bozorida kliring va hisob-kitoblar 
 
9.1. Kliring va hisob-kitoblarning mohiyati va funktsiyalari
9.2. Kliring va hisob-kitoblarning umumiy tavsifi 
9.3.Asosiy risk turlari
9.4. Qimmatli qog'ozlar bozorida kliring va hisob-kitoblar
9.5. Fyuchers shartnomalari bozorida kliring va hisob-kitoblar
9.6.Kliring va hisob-kitoblar tizimi rivojlanishining asosiy yo'nalishlari
 9.1. Kliring va hisob-kitoblarning mohiyati va funktsiyalari
Kliring bu – o'zaro talab va majburiyatlarni hisobga olishdir. Birja kliringi 
bu – birja savdosi qatnashchilari o'rtasida kim, nimani, kimga va qaysi muddatda 
qarzligini belgilashga asoslangan kliring.
Hisob-kitoblar bu – birja kliringi davomida aniqlangan, yakuniy natijasi 
odatda birja bitimi ob'ektini sotuvchidan xaridorga o'tkazish bo'lgan majburiyatlarni 
bajarish, shuningdek, xaridorning sotuvchi bilan shartnoma shartlari bo'yicha pul hisob-
kitobi jarayonidir. Kliring va hisob-kitoblar zarurati bozor savdosining zamonaviy 
tashkil qilishdan kelib chiqadi. 
Eng oddiy bozor operatsiyasi uchta tarkibiy qismdan iborat: sotuvchi va 
xaridor o'rtasida bitim tuzish (og'zaki yoki yozma shaklda); bitim bo'yicha hisob-
kitoblar (masalan, tovar narxini uning miqdoriga ko'paytirish va butu bitim narxini 
(bahosini) aniqlash); tovar va pul mablaag'larini bir-biriga berish yo'li bilan shartnomani 
ijro etish. Qoidaga ko'ra, faqat eng oddiy bitimni tuzishda sotuvchi va xaridor 
vositachilarsiz to'g'ridan-to'g'ri uchrashadi. Biroq zamonaviy birja (fond, fyuchers) 
bozorida sotuvchi va xaridor bitimlarni vositachilarsiz to'g'ridan-to'g'ri kamdan-kam 
hollarda tuzidilar. Ko'p hollarda ular bir-biridan vaqt va makon bo'yicha ajralgan bo'ladi. 


Birja tovarlari sotuvchi va xaridorlar o'rtasida bog'lovchi bo'g'in bo'lib odatda goh 
sotuvchi, goh xaridor rolida ishtirok etadigan birja vositachilari xizmat qiladi.
Shunday qilib, birja bozor bitimining barcha qismlari alohida bo'lib olishi ro'y 
beradi:
• (bitim) tuzish birlamchi sotuvchi va yakuniy xaridor o'rtasida emas, mijozlar va 
birja vositachilari o'rtasida amalga oshiriladi;
• bitim bo'yicha barcha hisob-kitoblar, unda ishtirok etgan tomonlarning 
majburiyatlarini aniqlash kliring jarayonida tashki etiladi; 
• bitimni ijro etish (bajarish) «hisob-kitoblar» deb nomlanadigan jarayonda bo'lib 
o'tadi.
Zamonaviy kliring va hisob-kitob birja tizimlari quyidagi shart-sharotlar tufayli 
vujudga keldi. Birinchidan, bu quyidagiar uchun mos keluvchi texnologik 
imkoniyatlarning mavjudligi: 
• makon omilini bartaraf qilish va axborot uzatish uchun vaqtni qisqartirish 
(masalan, global tez ilaydigan aloqa tizimlarining mavjudligi);
• katta hajmdagi birja massivlari va ularga yo'ldosh axborotlarni qayta ishlash 
(ma'lumotlar to'plamini saqlash va hisob-kitob elektron tizimlari yaratish);
• pul mablag'larini tez va bexato o'tkazish (milliy va halqaro bank hisob-kitob 
tizimlari).
Ikkinchidan, kliring va hisob-kitob uchun ixtisoslashgan tashkilotlar va birja 
strukturalari tashkil qilish: kliring (hisob-kitob) palatalari, fond-depozitariylar, reestr 
egalari va h.k.
Uchinchidan, kliring va hisob-kitob mexanizmlarini ishlab chiqish va muntazam 
takomillashtirib borish. Eng umumlashtirilgan ko'rinishda birja kliringi va hisob-
kitoblarining quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib ko'rsatish mumkin.
a) tuzilgan birja bitimlarini ro'yxatga olish jarayonini ta'minlash (bitimlar haqida 
axborot berish va olish, uni tekshirish va tasdiqlash, ro'yxatga olish va h.k.); 
b) ro'yxatga olingan bitimlar hisobini yuritish (bozor turlari, qatnashchilar, ijro 
muddati va hokazolar bo'yicha);
v) birja bozori qatnashchilarning o'zaro majburiyat va to'lovlarini hisobga olish;
g) birja bitimlarining kafolatli ta'minlanishi (turli shakllarda);
d) pul hisob-kitoblarnii tashkil qilish; 
e) tuzilgan birja bitimi bo'yicha birja tovarin etkazib berishni ta'minlash.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish