№
|
Aniqlangan kamchiliklar
|
Bajarilgan ishlar
|
Belgilangan muddati
|
Belgilangan ma'sul ijrochi
|
1
|
Filialda asosiy shtatda 18 nafar, o‘rindosh sifatda 42 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda
|
Sirdaryo viloyati kesimida ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarni filialda faoliyat olib borishga jalb etish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida 7 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.
|
2021 yil 20 avgust
|
A.Jabborov
|
2
|
Filialda asosiy shtatda 18 nafar, o‘rindosh sifatda 42 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda
|
Toshkent shahri va respublikaning turdosh oliy ta'lim muassasalaridan yetuk 11 nafar professor-o‘qituvchilar dars jarayoniga jalb qilindi. Shundan, 6 nafari asosiy shtatda va 5 nafari o‘rindoshlik asosida.
|
2021 yil 15 avgust
|
A.Jabborov
|
3
|
Filialda dasr jarayonini tashkil etishda o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan yetarlicha ta’minlanmagan
|
Toshkent kimyo-texnologiya institutidan o‘quv jarayoni bilan bog'liq bo‘lgan o‘quv-me'yoriy hujjatlarning rasmiylashtirilgan tayyor qismi olingan hamda o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan.
|
2021/20222 o‘quv yilidan
|
A.Jabborov
|
4
|
Filialning o‘quv jarayoniga respublika xamda xorijiy oliy ta’lim muassasalarning professor-o‘qituvchilari jalb etilmagan
|
Hamkor oliy ta'lim muassasalarning yetuk, ilmiy salohiyatga ega professor-o‘qituvchilarni 0,5 va 0,25 shtat birligida (Onlayn Zoom) platformasi orqali dars o‘tish uchun kafedralar tomonidan takliflar berilgan.
|
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab
|
A.Jabborov
|
5
|
Filialda ta’lim tili bo‘yicha rus tilida dars olib boruvchi o‘qituvchilarning yetishmasligi mavjud
|
Professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilishda til bilish darajasi inobatga olingan va arizalarni o‘rganishda komissiya tomonidan amal qilingan.
|
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab
|
A.Jabborov
|
6
|
Filialning o‘quv jarayoniga respublika xamda xorijiy oliy ta’lim muassasalarning professor-o‘qituvchilari jalb etilmagan
|
Sohaga oid oliy ta'lim muassasalari bilan xamkorlikda ishlash chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan
|
2021 yil 25 avgust
|
A.Jabborov
|
7
|
Filialda ta’lim tili bo‘yicha rus tilida dars olib boruvchi o‘qituvchilarning yetishmasligi mavjud
|
Professor-o‘qituvchilar uchun rus tili, ingliz tili kurslari Zoom platformasi orqali tashkil qilindi va o‘tkazildi. O‘quv yili davomida tashkil etish uchun o‘qituvchilar G.Kuchmuradova va O.Ochilovalar tomonidan 24 va 22 nafar xodimlar uchun ingliz tili kursini o‘tkazish rejalashtirilgan.
|
2021/2022 o‘quv yili davomida
|
A.Jabborov
|
8
|
Filialda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi past
|
Yangi o‘quv yiliga qadar zamonaviy IT texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilinmagan.
|
2021 yil 10 sentyabr
|
A.Jabborov
|
9
|
O‘quv-me’yoriy hujjatlar amaldagi na’munalariga yetarlicha moslashtirilmagan
|
O‘quv bo‘limi faoliyati to‘liq qayta tashkil etilib, tegishli kadrlar bilan to‘ldirilgan.
|
2021 yil 5 avgust
|
A.Jabborov
|
10
|
O‘quv-me’yoriy hujjatlar amaldagi na’munalariga yetarlicha moslashtirilmagan
|
O‘quv me'yoriy hujjatlar (o‘quv rejalar, fan dasturlari, ishchi o‘quv reja va ishchi fan dasturlari) amaldagi namunaviy o‘quv rejalar va fan dasturlariga muvofiqlashtirilgan
|
2021 yil 15 avgust
|
B.Turdiyev
|
11
|
Professor-o‘qituvchilar yuritish zarur bo‘lgan o‘quv-me’yoriy hujjatlarining yuritilishida kamchiliklar mavjud
|
Respublika oliy ta'lim muassasalari va sohaning yetuk mutaxasislarini jalb qilgan holda kurslar tashkil qilish vaqtincha ta’minlanmagan.
|
2021 yil 6 avgust
|
A.Jabborov
|
12
|
Professor-o‘qituvchilar soxada bo‘layotgan o‘zgarishlardan bexabar
|
Respublika hamda Sirdaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan soha tashkilotlari, korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolanmoqda
|
2021/2022 o‘quv yili davomida
|
A.Jabborov
|
13
|
Professor-o‘qituvchilar yuritish zarur bo‘lgan o‘quv-me’yoriy hujjatlarining yuritilishida kamchiliklar mavjud
|
Professor-o‘qituvchilar o‘quv-me'yoriy hujjatlarining yuritilishi bo‘yicha o‘zaro tayyorgarlik ko‘rishi hamda o‘zini-o‘zi nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yish joriy qilinmagan.
|
2021 yil 6 avgust
|
X.Mamatova
|
14
|
Professor-o‘qituvchilar faoliyatini rag‘batlantirish tizimli yo‘lga qo‘yilmagan
|
Har semestr yakuni bo‘yicha professor-o‘qituvchilarni reytingi asosida rag'batlantirish joriy qilinmagan.
|
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab
|
X.Mamatova
|
15
|
Professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilishda belgilanmagan me’yorlarga amal qilingan
|
Filialda ta'lim sifatini oshirish komisiyasini tashkil etilmagan
|
2021/2022 o‘quv yili davomida
|
X.Mamatova
|