1-mavzu: Birjalarning iqtisodiy mohiyati



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/62
Sana12.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#782978
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62
Bog'liq
2 5256097641594361499-конвертирован

9.3.Asosiy risk turlari
Birja bozorining hisob-kitob-kliring tizimi xizmatlaridan foydalanuvchi 
qatnashchilari bitimlarning bozor arakteri tufayli o'z kapitali yoki pul mablag'larini 
doimo riskka qo'yadi. Ko'rsatilgan riskning asosiy turlari qatoriga quyidagilarni kiritish 
mumkin.
Bozor riski bu - butun fond yoki fyuchers bozorida, masalan, bank foiz stavkasining 
o'zgarishi bilan bog'liq riskdir. Kliring-hisob-kitob jarayoni belgilangan vaqt davomida 
amalga oshiriladi. Shu sababli narxning o'zgarishi tufayli yo'qotishlarga uchrash 
ehtimoli mavjud. 
Bu riskning turlaridan biri xalqaro bozor riski hisoblanadi, u jahon qimmatli 
qog'ozlar 
va 
fyuchers 
shartnomalari 
bozorida 
hisob-kitoblar 
muddatining 
muvofiqlashtirilmaganligi natijasida vujudga keladi. Masalan, qimmatli qog'ozlarni 
boshqa mamlakatda sotib olgan broker mamlakatlarda hisob-kitob muddatlarining mos 
kelmasligi sababli uni o'z mamlakatida darhol sota olmaydi.
Kredit riski bu – kliring va hisob-kitob butun zanjirining bo'g'inlaridan birida hisob-
kitoblarning o'z vaqtida bo'lmaslik riskidir. Bu risk birja savdosi jarayoni vositachilari 
bo'lgan brokerlar o'tasida kamdan-kam uchraydi yoki eng kichik miqdorda bo'ladi, 
chunki rivojlangan birja bozori va uning infratuzilmasi sharoitlarida to'lovlarni 


kafolatlashning takolmillashgan tizimlari ishlab chiqilgan. Biroq broker va uning mijozi 
o'rtasidagi munosabatlarda mijozning brokerga to'lovni amalga oshirmaslik riski doimo 
bo'ladi.
Tizimli risk kompyuter tizimlari va aloqa tizimlarining faoliyat ko'rsatishi bilan 
bog'liq yo'qotishlar riskini ifodalaydi, masalan, elektr energiyamining kutilmaganda 
o'chib qolishi, kliring va hisob-kitob tizimi xizmatchilari yo'l qo'ygan xatolar. Hattoki 
firibgarlik, talon-taroj hollari ham ma'lum.
Hozirgi paytda birja tizimlarini ishlab chiquvchi va tashkilotchilari sanab o'tilgan 
risklarni minimallashtirishning yo'llarini ishlab chiqmoqdalar. Bu qatorga birinchi 
navbatda, quyidagilar kiradi:
Avvalo bu – birja jarayonining barcha qatnashchilari o'rtasida ishonch darajasining 
yuqoriligi. Hamkasblari orasida unga ishonchni yo'qotgan broker, qoidaga ko'ra, birja 
bitimlarida ishtirok etishga boshqa qo'yilmaydi. Bitim yozma ravishda va ishonch 
asosida og'zaki tuzilishi mumkinligi sababli ko'pincha «berilgan so'z(va'da)» birja 
savdosi qatnashchilari o'rtasidagi munosabatlarda hal qiluvchi sanaladi. Shu sababli 
ishonch darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, birja aylanmasi ham, demak, olinadigan foyda 
ham shunchalik katta bo'ladi. 
Boshqa yo'l – birja vositachilari hisobidan birja va kliring tashkilotlari qoshida yirik 
kafolat jamg'armalari tashkil qilishdir. Butun hisob-kitob zanjirining bironta qismida 
to'lov borasida uzilish ro'y bergan hollarda kafolat jamg'armalari bu holat birja 
jarayonining boshqa qatnashchilariga tarqalishiga yo'l qo'ymaslik uchun uni o'sha erning 
o'zidayoq hal qiladilar.
Kliring hisob-kitoblari texnologiyalarini takomillashtirish birja faoliyatining 
rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Butun kliring va hisob-kitob jarayonlarini 
kompyuterlashtirish rekvizitlarni tekshirish, hujjatlar aylanmasini rasmiylashtirish 
jarayonlarini tezlashtiradi, kutilmagan xatolardan himoya qiladi, axborot hisobi va 
saqlanishini yuritadi va h.k.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish