A ra la sh m a y pish arm i?
I k k i y o r g a к о ‘n gil bergan
H ech du n yoda yash arm i?
Hamzaning 30 dan ortiq she’ri xalq qo‘shiqlari kuyi asosida
yozilgan. «Sog‘inib» she’ri «Qora sochim» ashulasi ohangida,
128
«Salom ayting» she’ri «Savti chorgoh» ohangida, «Bir eshon
hazratlari aytalar ekan» she’ri «Voy zolim» nomli xalq ashulasi
ohangida yaratilgan.
H am za asarlari tilida xalq og‘zaki ijodi ta ’siri, ayniqsa,
ochiq-oydin k o ‘rin adi. Shoir o ‘z ijodida xalq m aqollari,
h ik m atli s o ‘zlari, o b razli ifo d a la ri, o ‘x sh a tish lari, s o ‘z
o ‘yinlaridan ko‘p foydalanadi. Keng xalq ommasi tushunishi
qiyin bo'lgan arabcha, forscha so‘zlar o‘rniga jonli xalq tilidagi
so‘z va iboralarni ishlatadi:
G uldir etib, bulut tarqab,
Y a lt-yu lt etib chaqm oq chaqdi,
Ishchi bobo seskansang-chi,
S h arqqa qu yosh chinlab chiqdi.
Bularning hammasi Hamza asarlarining tili xalqqa g‘oyat
yaqin va tushunarli boiganidan, binobarin, ular hozirgi zamon
o ‘zbek tilig a o ‘tish d a m u sta h k a m k o ‘p rik vazifasin i
bajarganligidan dalolat beradi.
T o ‘g ‘ri, H am zaning s h o ‘ro la r d a v rid a yozilgan b a ’zi
she’rlarida zam onasozlik, hukm ron m afkura bilan m urosa
q ilis h lik h o lla ri u c h ra y d i. S h u n g a q a ra m a y , H am za
she’riyati, um um an olganda, adabiyotim izning y u tu g ‘idir.
Hamza yangi o ‘zbek she’riyatining ilk nam unalarini yaratgan
ijodkorlardan biri sifatida tarixda qoldi. Shu bilan birga, u
y ang ich a m azm unni yangicha sh ak ld a ifo d a lash uch u n
kurashib, poetik shaklni m ukam m allashtirish, badiiy asar
tilin i jo n li x alq tilig a y a q in la s h tiris h b o r a s id a jid d iy
izlanishlar olib borgan shoirdir.
Hamza Hakimzoda dramaturgiya sohasida ham samarali
rav ish d a ijod q ild i va o ‘zbek d ra m a tu rg iy a sig a asos
soluvchilardan biri sifatida tanildi. Hamza «Boy ila xizmatchi»,
«Maysaraning ishi», «Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar
ishi», «Jahon sarmoyasining so‘nggi kunlari», «Muxtoriyat yoki
avtonomiya», «Tuhmatchilar jazosi», «Kim to ‘g‘ri», «Xorazm
inqilobi», «F arg‘ona fojiasi», «Loshmon fojiasi», «Istibdod
qurbonlari», «Toshkentga sayohat», «Saylov oldidan», «Eshon
129
o ‘pkasiga javob», «Burungi saylovlar», «Mart qurboni Oynisa»,
«Y er islo h oti» singari q irq q a yaqin k a tta -k ic h ik sahna
asarlarining muallifidir.
Ham/1 dastlab «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari», «Ilm
hidoyati», «M ulla N orm uham m ad domlaning kufr xatosi»
(1915), «Loshmon fojialari» (1916) kabi pyesalar yozdi. Bu
sahna asarlarida dram aturg qoloq aqidalar, nodonlik tufayli
og‘ir turm ush girdobiga tushib qolgan personajlar hayotini
ta ’sirli aks ettirishga urindi. Johil, m a’rifatsiz kishilarning
zo ‘ravon va insofsizligini fosh etdi. Oddiy xalqning og‘ir
ahvolini aks ettirib, unga hamdardlik bildirdi.
Eski tuzumni, xurofiy urf-odatlarni fosh etish, xalqparvarlik
va m a’rifatni targ'ib etish Hamza asarlarining asosiy g‘oyaviy
mazmunini tashkil etadi. «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari»
dramasida ijtimoiy tengsizlik, xotin-qizlarning ayanchli ahvoli
ochiq ko‘rsatilgan. 0 ‘qimishli boyvachcha Mahmudxon bilan
faqir kosib qizi M aryam xon bir-birlarini sevadilar. Lekin
mavjud ijtimoiy tartiblar va xurofiy urf-odatlar taqozosiga ko‘ra
bu yoshlar bir-birlariga yetisholmaydilar. Maryamxon Hazrat
eshonga yettinchi xotin qilib nikohlab beriladi. M aryamxon
bunday o ‘ta adolatsizlikka aslo rozi b o ‘lmaydi va zahar ichib
o ‘ladi. M ahmudxon esa sevgilisi Maryamxonsiz yashashdan
ko‘ra, o ‘limni afzal biladi: Maryamxonning qabri ustida o ‘zini-
o ‘zi o tib h alo k b o ‘ladi. D ra m a d a jo h il ru h o n iy la rn in g
vahshiyligi, vijdonsizligi, insofsizligi, ayollar huquqining oyoq
osti qilinganligi ochib tashlanadi.
Hamzaning dastlabki dram alarida turli badiiy nuqsonlar
mavjud. Monolog va dialoglarning ortiqcha cho‘zilib ketgani,
naturalistik epizodlarning uchrashi, b a ’zi hollarda voqea va
ziddiyatning sust rivojlanishi ana shu nuqsonlar jumlasidandir.
U m u m an o lg a n d a , H am za d ra m a tu rg iy a so h asid a ham
muayyan evolutsiyani kechirgan: asardan asarga o ‘sa borgan.
Shu ta riq a , u 1917-yildan keyingi d av rd a yangi o ‘zbek
dramaturgiyasining yaratilishida faol ishtirok etgan.
Hamza dramaturgiyaning deyarli barcha janrlarida qalam
tebratib, dram a («Boy ila xizmatchi»), tragediya («Paranji
sirlari») va komediya («M aysaraning ishi») janrining yetuk
130
namunalarini yaratdi. Bundan tashqari, Hamza «Qora soch»
nomli opera yaratish ustida ijodiy ish olib bordi.
H am zaning «Boy ila xizmatchi» (1918) dram asi o ‘zbek
adabiyoti tarixida muhim o ‘rin egallaydi. T o‘g‘ri, bu dramaning
to ‘liq va asl m atni bizgacha yetib kelm agan, y o ‘qolgan.
Dramaning hozirgi amaldagi matni esa K. Yashin tomonidan
1939-yilda tiklangan nusxadir.
«Boy ila xizmatchi» dram asining asosiy g ‘oyaviy-badiiy
xususiyatlari Hamza tomonidan belgilab berilgan. K. Yashin
esa asarni asl nusxaga tayangan va asoslangan holda, zamon
ta la b la rig a m os rav ish d a q a y ta ish la b k en g ay tirg an ,
p a rd o z la g a n , a sarg a sayqal b erg an . N a tija d a o ‘zbek
d ram atu rg iy asin in g yetuk, g o ‘zal nam unasi — «Boy ila
xizmatchi» dramasining mukammal varianti 1939-yilda yuzaga
kelgan. D em ak, «Boy ila xizm atchi» d ra m a si s o ‘nggi
variantining muallifi Hamza va Yashindir, deyilsa to ‘g‘ri va
adolatli boiadi. Darvoqe, XX asrning 30-yillarida shunday deb
yozilgan ham edi30.
«Boy ila xizmatchi» dramasida xalqimizning birinchi jahon
urushi arafasidagi hayoti qiziqarli sujet, keskin konflikt va
yorqin obrazlar vositasida m ahorat bilan k o ‘rsatilgan. 0 ‘sha
davrdagi hayot haqiqati — ijtimoiy adolatsizlik yaqqol aks
ettirilib, m anfaat bilan to ‘qnashuv dram a sujetiga mohirlik
bilan singdirib yuborilgan. Shu tariqa dram ada mehnatkash
omma siyosiy ongining uyg‘onishi, o ‘sishi tabiiy ifodalangan.
«Boy ila xizmatchi» pyesasi badiiy m ahorat e’tibori bilan
ham qimmatlidir. Asarda konflikt hayotiy, dramatizm kuchli
bo‘lganidek, qahramonlar xarakteri ham jonli va yorqin qilib
ishlangan. D ram ad a G ‘ofir, Jam ila, G u lbahor, Solihboy,
Q odirqul m ingboshi, X onzoda, qozi, imom, H ojiona kabi
personajlarning o ‘ziga xos individual belgilari ustalik bilan
gavdalantirilgan.
D ram ada konflikt rivojlangan va o ‘sgan sari o brazlar
x arak teri yaqqol nam oyon b o ‘la boradi. B oshqacha qilib
Do'stlaringiz bilan baham: |