An xinam «hayvonlar uyi»



Download 184,24 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi184,24 Kb.
#779765
Bog'liq
xayvonlar uyi

AN XINAM «HAYVONLAR UYI»

Xasanova Zulhumor

  • Koreys adabiyotining taniqli vakillaridan biri, mashhur yozuvchi va adabiy tanqidchi An Xinam mamlakatning eng qaynoq nuqtasida dunyoga kelib, uning butun ijodida ana shu hududning ijtimoiy hayoti, odamlarning nafasi ufurib terdi. An Xinam sinsosol janrining yetuk namoyondalaridan biri, mashhur yozuvchi, faol ma’rifatparvar olim, g‘arb ilmini tarjima orqali targ‘ib qilgan An Guk Sonning farzandidir.
  • Shunday mashhur insonning farzandi An Xinam avvalambor, o‘z ijodi orqali Koreyaning ijtimoiy holatini boricha ko‘rsatib bera olgan yozuvchidir. Barcha asarlarini yaratishda o‘zining boshqalarnikiga o‘xshamaydigan uslubi, mahorati bilan ajralib turuvchi yozuvchi ko‘pchilik adabiyotshunoslar «jonli hayotni jonli ko‘rsatib bera olgan adib», deb ta’kidlashdi.
  • 1927 yil maktabni tugatmagan An Xinam kechki payt kutubxonalarda o‘qib-o‘rganishda davom etdi. Qiyinchilik bilan o‘tayotgan kunlar, og‘ir judolik bo‘lajak yozuvchining irodasini bukа olmadi. Kechki payt o‘qish bilan shug‘ullangan adib bu mehnatlarning samarasini o‘z ijodida ko‘ra boshladi. An Xinam o‘zi yaratgan asarlarni turli adabiyo tanlovlarga taqdim etdi. Adabiy sohadagi bilimlarni chuqur va mukammal o‘zlashtirgan adib 1931 yil o‘zining ilk asari «Chig‘anoq» hikoyasini «Choson Ilbo» adabiyot va san’at jurnalida chop ettirishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan keyin uning adabiy sohadagi faoliyati boshlandi. Mazkur hikoya chop etilganidan so‘ng An Xinamni «Kebyuk» ma’naviy-ma’rifiy gazetasi nashriyoti jurnalist lavozimiga ishga taklif qildi. Jurnalistik faoliyati bilan o‘z ijodini davom ettirgan adib bir qator tanlovlarda o‘zining hikoyalari bilan ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egalladi.
  • An Xinam yaratgan asarlar bevosita uning shaxsiy hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Jurnalistik sohasida ishlab yurgan vaqtlarida kasbdoshlari, muxlislari adib ijodidan to‘xtamasligi istagida har doim unga dalda berib turishgan. Chunki bu vaqtga kelib u muxlislar qalbidan joy olishga ulgurgan edi. An Xinam butun umrini adabiy faoliyatga bag‘ishlashga ahd qilgan bo‘lib, hayotdagi to‘siqlar, qiyinchiliklar, moddiy yetishmovchiliklar, oilaviy majoralar uning ijodda davom etishiga to‘siq bo‘la olmdi.
  • Adabiy faoliyat bilan birga adib tanqidchilik bilan ham shug‘ullana boshladi. Bu sohada qator, xususan, «Mashhur yozuvchi Shia Piaron», «Yapon adibining san’atga oid nutqiy masalalari», «Yapon adabiyotida san’atning o‘rni», «Kisen adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari» maqolalari muxlislar tomonidan iliq kutib olindi, chunki har bir maqolada adib davrning jiddiy muammolarini ko‘tarib chiqqan edi.
  • 1938-yili «Hayvonlar uyi» asari o‘sha davr ijtimoiy muhitini o‘zida mukammal va batafsil aks ettira olgan asar, deya e’tirof etildi.
  • An Xinamning «Dehqonlar qayg‘usi» nomli hikoyasi avtobiografik xarakterga ega, yozuvchi bir vaqtlar oiladagi moddiy yetishmovchilik, qiyinchilik davrida oddiy dehqonlar bilan bir qatorda mehnat qilib ko‘rgan-kechirganlarini qog‘ozga tushirdi. Asarda ishsiz dehqonlarning holati qishloq aholisi hayoti, turmush-tarzi bilan uyg‘un holatda tavsirlangan. Davlatdagi porakandalik, ikkiga bo‘lingan millatning fojeasi, xususan, janubda qolgan dehqonlarning ocharchilik, yetishmovchilik, og‘ir jismoniy mehnati o‘ta ta’sirli tasvirlandi. Yapon anneksiyasi davrida ham, mustaqillikka erishgandan keyin ham dehqonlar hayotining o‘zgarishsiz qolgani asarda haqqoniy tasvirlandi. Asardagi personajlar jamiyatning quyi tabaqa vakillari, ammo aynan ularning yashash tarzi jamiyatning yuzini ko‘rsatdi.
  • An Xinam o‘z otasiga o‘xshab ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish maqsadida «Hayvonlar uyi» asarini yaratdi. «Xalq ham moddiy, ham ma’naviy qashshoq bo‘lib, uni tubdan isloh qilishning asosiy yo‘li ma’rifat edi». Aynan mana shu yo‘lda An Xinam ijodida xalqni ma’naviyatga, maorifga, bilim olishga chorlov kuchaydi. Hayot hali misli ko‘rilmagan miqyosda ijtimoiy muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi. An Xinam nasri ijtimoiy nasrga aylandi.

Download 184,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish