8
О‘zbekistonda
jismoniy
tarbiyani
rivojlanishiga
R.I.Ismailov,
O.A.Rixsiyeva, X.T.Rafiyevalar ham jismoniy tarbiya nazariyasini rivojlanishiga
о‘z hissalarini qо‘shganlar.
Ayniqsa О‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bо‘lgandan keyin
jismoniy tarbiya masalalariga qadriyatlarni tiklashga
va uni rivojlanishiga katta
e’tibor berildi. Shu bilan birga aholini sog‘lomlashtirish, xalq sog‘lig‘ini
mustahkamlash uchun jismoniy tarbiyaga va sportga katta e’tibor berilmoqda.
1992 yil 4 yanvarda «Jismoniy tarbiya va sport haqida qonun» qabul qilindi.
Shu orada Milliy Olimpiada Qо‘mitasi tuzilib, uni Xalqaro Olimpiada Qо‘mitasi
tan oldi. Respublika sport Federatsiyalarini Osiyo va jahon federatsiyalari tan olib,
о‘z tarkibiga a’zo qilib oldilar. Endi О‘zbekiston sportchilari jahon miqiyosida
bо‘layotgan musobaqalarda О‘zbekiston bayrog‘i ostida qatnashmoqdalar.
О‘zbekiston Respublikasining Ta’lim tо‘g‘risidagi Qonunida (1997,29
avgust) bolalar jismoniy tarbiyasini yanada yaxshilash zarurligi yana bir bor
ta’kidlandi.
Jamiyat yosh avlodni jismoniy jihatdan sog‘lom, baquvvat,
xushchaqchaq
bо‘lib, mehnatga, hayotga va Vatanni himoya qilishga tayyor bо‘lib о‘stirishdan
juda manfaatdordir.
Ushbu hujjatda jismoniy tarbiya uchun sharoit yaratish vazifasi ham
qо‘yilgan: sport zallari,
maydonchalarni qurish, ularni uskunalar, anjomlar bilan
jihozlash va boshqalar.
Respublikamizda «Umid nihollari», «Universiada» kabi sport musobaqalari
yoshlar о‘rtasida muntazam о‘tkazilib kelinmoqda.
Hozirgi
vaqtda
jismoniy
tayyorgarlik
«Salomatlik», «Alpomish»,
«Barchinoy» meyoriy tо‘plamlari asosida aniklanadi. Bu birlashgan davlatlar sport
tavsifining talablari hamda meyorlari bilan aniqlanuvchi harakat kо‘nikma,
malaka, jismoniy sifatlar saviyasidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun jismoniy
mashqlarni asosiy turlari
hamda ularni bajarishga oid talablar asosida meyoriy kо‘rsatkichlar «Ilk qadam»
dasturida kо‘rsatilgan.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi amaliyot bilan chambarchas
bog‘liq holda rivojlanib boradi. Rivojlanish manbai bо‘lib mamlakatimizda va
qardosh davlatlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ilg‘or tajribalar
hisoblanadi.
2000 yil «Sog‘lom avlod yili» deb e’lon qilindi. Bundan oldin «Sog‘lom
avlod uchun» ordeni ta’sis etildi va «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro jamg‘armasi
tuzildi.
«Sog‘lom avlod» dasturi ishlab chiqildi. Sog‘lom
avlod deganda, eng
avvolo, sog‘lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhi, fikri
sog‘lom, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak,
mard va jasur,
vatanparvar avlod tushuniladi.
«Sog‘lom avlod» dasturi»da quyidagi vazifalar belgilangan:
-
sog‘lom oilani shakllantirish va oilada yuksak ma’naviy-axloqiy muhitni
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni takomillashtirish;
9
-
davlat, jamiyat va oila tomonidan sog‘lom farzand tug‘ilishiga e’tibor va
g‘amxо‘rlikni kuchaytirish;
-
bolalarning salomatligini mustahkamlash, ta’lim olishi va har tomonlama kamol
topishi uchun shart-sharoitlarni yaxshilash;
-
«Mehribonlik»
uylarida, maktab-internatlarda va ixtisoslashtirilgan maktablarda
tarbiyalanayotgan bolalarga davlat tomonidan yordamni kuchaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: