Bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar



Download 140,5 Kb.
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi140,5 Kb.
#272002
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bola shaxsiga ta'sir etuvchi omillar


Bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar”

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Sog`lom avlod yili»ni e'lon qilar ekan: “Sog`lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo sog`lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi, fikri sog`lom, iymon-e'tiqodi butun bilimi, ma'naviyati yuksak mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman”, deb ta'kidladi.

Sog`lom avlod tarbiyasi oson ish emas, u har bir inson, har bir oila, butun jamiyatdan jiddiy e'tibor va uzluksiz mehnat talab qiladi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov fikrlarini davom ettirar ekanlar: “...hech shubha yo`q, sog`lom avlod orzusi ajdodlarmizdan bizga o`tib kelayotgan, qon-qonimizga singib ketgan muqaddas intilishdir. Agar ota-bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl-nasab, yetti pushtining tozaligiga, avlodning sog`ligiga juda katta e'tibor berganini ko`ramiz. Sog`lom bolaniig tug`ilishi, eng avvalo, onaning sog`ligiga bog`liq”, deb ta'kidlaydi.

Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o`rab olgan muhit ta'sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti faoliyati davomida muhit unga yo ijobiy yo salbiy ta'sir ko’rsatishi, rivojlayaish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo`q qilishi mumkin.

Muhit – bu shaxsga ta'sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar kompleksidir. Bular: tabiiy muhit (gyeografik, ekologik) ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat) oila muhiti va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya'ni shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun yaralgan imkoniyatlari muhim rol o`ynaydi. Mustaqil O`zbekistonimizda ta'lim tizimini islohotlar, kadrlar tayyorlash milliy dasturini qabul qilinishi barkamol avlodni yaratishdagi qadamlardir. Shaxs rivojlanishmga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.

Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta'sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqyealarning to`g`ri ijobiy ta'sirini amalga oshirish imkoni tug`iladi. Muhit beraolmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, xatto tarbiya tufayli shaxsda tug`ma kamchiliklarni ham o`zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta'siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo`lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uniig rivojlanishiga asos bo`ladi. Pedagogik jihatdan to`g`ri uyushtirilgan har qanday faoliyat xoh o`yin, mehnat, o`qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko`rsatadi. Shaxs ulg`aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o`zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa fasl turlari ham o`zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida o`yin, o`quvchi hayotda o`qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.

Bolaning shaxs sifatida shakllanishi ko’p jihatdan biz kattalarning bolaga berayotgan ta’lim-tarbiyamizga bog’liq ekan bu mavzuni atroflicha o’rganish maqsadida kurs ishi mavzusini “Bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar” deb nomladik.




Download 140,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish